IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal
13.2K subscribers
76.3K photos
16K videos
1 file
21.5K links
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti

🏢Toshkent sh., Y.Radjabiy 1
☎️ 0(371)-231-36-36
👉t.me/iivjxduz
👉youtube.com/@JXDUZ
👉instagram.com/jamoat_xavfsizligi_departament
加入频道
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar rejimiga rioya etilishi hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish dolzarb masalalardan sanaladi. Ayni yoʻnlishda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan masʼul idoralar bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, “Aydar-Arnasoy” koʻllar tizimida maxsus profilaktik tadbirlar uyushtirildi.

@IIVJXDUZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida YPX inspektorlari tomonidan quvib kelingan transport vositasi daraxtga urildi” degan mazmunda tarqatilgan xabar yuzasidan
———————————————————-
Расмий муносабат: Ижтимоий тармоқларда “Хоразм вилоятининг Боғот туманида ЙПХ инспекторлари томонидан қувиб келинган транспорт воситаси дарахтга урилди” деган мазмунда тарқатилган хабар юзасидан

@IIVJXDUZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar rejimiga rioya etilishi hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish bugungi dolzarb masalalardan sanaladi. Ayni yoʻnlishda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan masʼul idoralar bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, “Aydar-Arnasoy” koʻllar tizimida maxsus profilaktik tadbirlar uyushtirilayapti.

@IIVJXDUZ
O‘zbekistonda «prava»ni sotib olishga qarshi reyd ishlari boshlandi

Sirdaryo viloyatida fuqaroga 15 kunda haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.

Avvalroq, prezident haydovchilik guvohnomasini o‘qimasdan olish oddiy holga aylanib qolganini aytib, avtomaktablar bo‘yicha topshiriqlar bergandi.

👉 https://kun.uz/19213849

@IIVJXDUZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ichki ishlar organlarining deyarli barcha boʻlinmalari elektroshoker qurilmalari bilan taʼminlandi.

@IIVJXDUZ
Shavkat Mirziyoyev Pekinga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 fevral kuni 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pekin shahriga tashrif buyurdi.

http://uza.uz/posts/343515

@IIVJXDUZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Reportaj 24 | Ekologiya: Yaqin va uzoq kelajakni oʻylab!

@IIVJXDUZ
Вилоят ички ишлар бошқармаси бошлиғи ёшлар билан учрашди

Бугун туман маданият марказида вилоят ички ишлар бошқармаси бошлиғи Адил Атаходжаевнинг ёшлар билан учрашуви кўтаринки руҳда ўтди. Тадбирда туман ҳокими Жўрабек Нурматов, туман ИИБ бошлиғи Умаржон Абдувалиев иштирок этдилар. Учрашувдан кўзланган мақсад, ёшларнинг муаммоларига ечим топиб, таклифларини қўллаб-қувватлашдан иборат бўлди.

Учрашувда "Камалак юлдузлари" болалар ижодиёт фестивалининг республика босқичи лауреатлари эсдалик совғалари ва диплом билан тағдирландилар.

Фуқаролиги бўлмаган 3 нафар шахсга Ўзбекистон Республикаси фуқаролик паспорти берилди ҳамда 16 ёшга тўлган 5 нафар ёшга фуқаролик паспорти ва контракт-тўлов асосида таҳсил олаётган 10 нафар ёшга тўлов-контракт шартномасининг уч миллион сўмдан тўлаш тўғрисидаги сертификатлар топширилди.

Учрашувда ечими маълум муддат вақт талаб қиладиган масалалар назоратга олинди.

@IIVJXDUZ
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda Haydovchilik guvohnomasi olish uchun o'tkaziladigan imtihonlar haqida tarqalgan turli xil ma'lumotlar yuzasidan RASMIY BILDIRISH

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi «Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan 2021-yil 1-apreldan boshlab avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik sub’yektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqi berilgan edi.

‼️Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi «Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi VMQ 272-son qarori tasdiqlandi.

👆Yuqoridagi qarorlar asosida haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lish uchun tadbirkorlik sub’yektlari zimmasiga ma’lum bir talablar belgilab qo‘yilgan. Bunda eng avvalo imtihonlar inson omilisiz, to‘liq avtomatlashtirilgan holda amalga oshirilishi, zamonaviy avtodrom mavjudligi, maxsus himoyalangan dasturiy ta’minotlar kompleksiga egaligi hamda imtihonlar jarayonida olingan ma’lumotlarga hamda imtihon natijalariga o‘zgartirish kiritish imkoniyatining cheklanganligi va boshqa shu kabi talablar o‘rnatilgan.

🔰Ushbu talablarga to‘laqonli javob beradigan imtihon tizimi uchun sarmoya kiritgan istalgan tadbirkorlik sub’yekti litsenziya olish uchun ariza topshirishi mumkin. Bunda hech bir tadbirkorlik sub’yektiga cheklov yoki to‘siq yo‘qligini ma’lum qilamiz.

@IIVJXDUZ
❗️Samarqand viloyati IIB PPX va JTSB PPXB, Milliy gvardiya hamda Ekologiya va atrof - muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan, hududlarda reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda.

@IIVJXDUZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xiva shahri sudi binosida o'tkazilgan sayyor sud majlisi

@IIVJXDUZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuzatuv kameralari jarima to'latish uchun emas, fuqarolarni tartibga chaqirish uchun.

@IIVJXDUZ