GulDU.uz | Rasmiy kanal
5.3K subscribers
15.5K photos
1.32K videos
366 files
3.98K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: [email protected]
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
加入频道
“YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA MAHALLIY ARXEOLOGIK MATERIALLARNING ROLI” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi

2021-yil 24-aprel sanasida Guliston davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiy fakulteti Tarix kafedrasi tomonidan “YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA MAHALLIY ARXEOLOGIK MATERIALLARNING ROLI” mavzusida ilmiy konferentsiya tashkil etildi.
Batafsil: http://guldu.uz/uz/yangilik/18386-yoshlarni-vatanparvarlik-ruhida-tarbiyalashda-mahalliy-arxeologik-materiallarning-roli-mavzusida-respublika-ilmiy-amaliy-konferentsiya-bolib-otdi.html
DIQQAT E'LON!

Guliston davlat universiteti talabalari va ularning ota-onalari diqqatiga! O'zbekiston Respublikasiga Koronavirus infektsiyasining kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo'yicha tuzilgan Maxsus komissiya Qarorining tegishli bandlari va Sanitariya-epidemilogiya osoyishtalik agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi taqdimnomasiga binoan 27.04.2021-yil sanasidan boshlab Guliston davlat universitetida darslar 14 kunga to'liq masofaviy (onlayn) shaklda davom etadi!
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ТАНЛОВ

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги “Маърифат майдони” республика танловини эълон қилади

📌 Танлов 4 босқичда:
ОТМдаги факультетлараро, Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳрида жойлашган ОТМлар ўртасида, минтақавий ҳамда якуний финал республика миқёсида ўтказилади.

🔹Иштирок этувчи жамоалар “Адиб ҳаёти”, “Тезкор савол-жавоб” ва “Адиблар ҳаёти ва ижодидан театрлаштирилган композиция” шартлари бўйича ўзаро беллашишади.

🔸Танловнинг финал босқичида ғолибликни қўлга киритган жамоаларни қимматбаҳо совғалар ва пул мукофотлари кутмоқда.

🥇ўрин учун – 12 миллион сўм,
🥈ўрин учун – 8 миллион сўм,
🥉ўрин учун – 6 миллион сўм.

📝Иштирок этиш истагидагилар ўзлари таълим олаётган ОТМнинг Ёшлар билан ишлаш бўйича проректорларига мурожаат қилишлари мумкин.

Батафсил видеолавҳада👆

Вазирликнинг расмий саҳифалари:
Telegram | edu.uz | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz | Lotin
2021 yil 1 maydan boshlab ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Фармони тасдиқланди.

🔰Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 maydan boshlab:

🔹Professional ta’lim tashkilotlarining “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘quvchi-yoshlariga korxonalarda amaliyot o‘tgan vaqti uchun 6 oy davomida har oy bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning ikki baravari ( 490 ming so‘m) miqdorida Davlat byudjetidan subsidiya ajratiladi.

🔹Talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan talabalarining 60 foiziga oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi. Bunda ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (245 ming so‘m), qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravari (122 ming so‘m)dan oshmasligi lozim.

☝️Ushbu imkoniyat davlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan, faol talabalar uchun tatbiq etiladi.

🔰2021 yil 1 iyundan boshlab:

davlat oliy ta’lim muassasalariga 10 tagacha mahalla fuqarolar yig‘inlari biriktiriladi;
davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan biriktirilgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashaydigan uyushmagan yoshlari OTMda tashkil etilgan fan va sport to‘garaklariga bepul jalb qilinadi.
Forwarded from Edu.uz | Lotin
🇺🇿 Toshkent shahridagi Adju Universitetida 2021/2022 o‘quv yili uchun qabul boshlandi!

👨‍🎓 2021/2022 o‘quv yili uchun talabalar «Arxitektura», «Qurilish muhandisligi», «Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi» yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

📝 Kirish imtihonlari ingliz tili va matematika fanlaridan bo‘lib o‘tadi.

💰 Davlat subsidiyasi tufayli bu yil barcha qabul qilingan talabalar uchun shartnoma miqdori yiliga 8 200 000 so‘mgacha bo‘ladi.

🔚 Qabul jarayonining birinchi bosqichida hujjatlar 21 maygacha onlayn va offlayn shaklda qabul qilinadi.

🌐 Batafsil: www.ajou.uz

🇷🇺 Universitet Adju v gorode Tashkente nachal priyom na 2021-2022 uchebnыy god!

👨‍🎓 Na 2021-2022 uchebnыy god prinimayutsya studentы po napravleniyam «Arxitektura», «Stroitelnaya injeneriya», «Elektrotexnika i kompyuternaya injeneriya».

📝 Vstupitelnыye ekzamenы sostoyatsya po angliyskomu yazыku i matematike.

💰 Blagodarya gosudarstvennoy subsidii summa kontrakta dlya vsex postupivshix studentov sostavit do 8 200 000 sum v god.

🔚 Pervыy etap nabora dokumentov prodlitsya do 21 maya v rejime onlayn i offlayn.

🌐 Podrobno: www.ajou.uz

🇬🇧 The admission process for the 2021/2022 academic year is open at Ajou University in Tashkent!

👨‍🎓 For the academic year 2021-2022, students can apply for the departments of “Architecture”, “Civil Systems Engineering”, “Electrical and Computer Engineering”.

📝 Applicants should pass entrance exams in English and Maths.

💰 Due to the government subsidy, the tuition fee for all admitted students will make up to 8 200 000 soums per year.

🔚 The first stage of the application process will last until May 21 both online and offline.

🌐 More information: www.ajou.uz

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | edu.uz | Facebook | YouTube
“Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” loyihasi doirasidagi ishlar amalga oshirilmoqda

Guliston Davlat Universitetining Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan “Bir ziyoli-bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida Sardoba tumanidagi o‘n beshta mahalla fuqarolari yig‘inlarida o‘z faoliyatlarini olib borishmoqda.

Batafsil: http://guldu.uz/uz/yangilik/18388-bir-ziyoli-bir-mahallaga-manaviy-homiy-loyihasi-doirasidagi-ishlar-amalga-o.html