Geoinnovatsiya Markazi DUK
170 subscribers
1.09K photos
158 videos
8 files
492 links
📌Ushbu kanalda Siz Geoinnovatsiya markazi davlat unitar korxonasining faoliyati, dronlar haqida ma'lumotlar va sohadagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borishingiz mumkin.
加入频道
#Geoinnovatsiya #dronlar_shousi #live

❤️‍🔥 Tayyorgarlik avjida! ❤️‍🔥

🟢 Bugun Xalqaro etnosport festivali ochilish marosimida 👌DRONLAR SHOUsi 🛸 bo‘lib o‘tadi.

➡️Xorazm viloyatining Xiva shahrida ilk Xalqaro etnosport festivali munosabati bilan Xiva shahridagi “Ichan qal'a” majmuasida “Geoinnovasiya markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan dronlar shousi boʻlib oʻtadi. Ayni paytda tayyorgarlik avjida.

📍Festivalning ochilish marosimi bugun Xiva shahridagi “Ichan qal'a” majmuasida bo‘lib o‘tadi.

📌Ushbu festivalga barcha yurtdoshlarimizni va Respublikamiz mehmonlarini taklif qilamiz.

✈️ Telegram |📹 Instagram |🌐 Facebook |🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Халқаро этноспорт фестивали иштирокчиларига табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева участникам Международного фестиваля этноспорта

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #etnofestival #dronlar_shousi #khiva2023

Xalqaro Etnosport festivalining tantanali ochilish marosimi munosabati bilan Xorazm viloyati, Xiva shahri "Ichan qal'a" majmuasida o'tkazilgan DRONLAR SHOUsi.

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #ijtimoiy_rolik #to_lovlar

🟢KADASTR XIZMATLARINI ONLAYN TO'LASH🟢

🌟Kadastr xizmatlari uchun to'lovlarni istalgan joyda turib 📲mobil dasturlar orqali to'lash imkoniyati mavjudligidan xabaringiz bormi?

📺 Mazkur video rolik orqali 5 ta qadam orqali to'lovlarni amalga oshirishni o'rganib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

🇺🇿Bugun kadastr sohasida o‘z o‘rniga ega, minglab shogirdlarga ustozlik qilgan rahbarimiz Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari – “Geoinnovatsiya markazi” DUK direktori Abdullayev Abdushukur Hamidovichni tavallud topgan kunlari.

💐Shu munosabat bilan“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi xodimlari nomidan sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog'lik, omad va oilaviy xotirjamlik tilaymiz.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#Geoinnovatsiya #foydali

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Uchuvchisiz uchish apparatlardan foydalanish ruxsatnomasiga ega korxonalardan quyidagi hujjatlar to‘plami talab etiladi:

🔷Radioto‘lqindan foydalanish uchun: Qaror, radioto‘lqin xarid qilish ruxsatnomasi va foydalanish ruxsatnomasi;

🔷Operatorlar sertifikati: maxsus kursni tamomlagani yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan o'qitilganligi;

🔷Korxona Uchuvchisiz uchish apparatdan foydalanish ruxsatnomasi;

🔷Uchuvchisiz uchish apparat ro‘yxatdan o‘tkazilganligi ro‘yxati;

🔷Uchish amaliyoti qo'llanma (RPP);

🔷Uchish amaliyoti yo'riqnomasi (IPP);

🔷Mudofaa vazirligi maxsus ruxsatnomasi;

🔷Uchish amaliyoti uchun "Uzaeronavigatsiya" dispecherlik markazi bilan shartnoma va uchish buyurtmasi (zayavka na polyot) berish imkoniyati.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IJTIMOIY SO'ROVNOMA.

KADASTR XIZMATLARIDAN FOYDALANISHDA QANDAY IMTIYOZLAR MAVJUD?

🎞 Yuqoridagi savol bilan yurtdoshlarimizga yuzlandik.

Batafsil ma'lumotlarni va to'liq javobni video orqali bilib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #foydali

250 grammgacha, avtonom boshqaruvga, foto va videokameraga ega bo‘lmagan uchuvchisiz uchadigan apparatlar o'yinchoq hisoblanadi va shaxsiy foydalanishda ro‘yxatdan o‘tkazish shart emas!!!

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#Geoinnovatsiya #foydali

🛸Uchuvchisiz uchadigan apparatlar aviatsiyada 2 turga bo'linadi:

🛸Fuqarolik aviatsiyasi: umumiy uchish vazni 25 kilogrammgacha bo'lganlar;

🛸 Davlat aviatsiyasi: 25 kilogrammdan yuqori va boshqa xarbiy maqsadda qo'llaniladigan.

✈️ Telegram |📹 Instagram |🌐 Facebook |🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 78-сессиясидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на 78-й сессии Генеральной Ассамблеи Организации Объединенных Наций

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the 78th session of the UN General Assembly

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Geoinnovatsiya #foydali

🇺🇿O‘zbekistonda dronlardan foydalanish bo‘yicha yangi qoida joriy qilindi.

🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqida"
gi Transport vaziri buyrug‘iga asosan dronlar parvozini bajarish vaqtida fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchadigan apparat operatorida ushbu apparatni uchishga tayyorlash va boshqarishga oid qo‘llanma bo‘lishi shart.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
2023-yil 1-oktabrdan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

⚜️Davlat xizmatlari joylarga chiqqan holda faoliyat ko‘rsatadi. Xizmatlaridan foydalanishga ariza yuborish uchun Toshkent shahrida BHMning 50 foizi, viloyat markazlarida BHMning 40 foizi, tuman (shahar)larda BHMning 30 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi. O‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi;

⚜️“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturiga muvofiq, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan taʼminlayotgan kichik tadbirkorlik subektlariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik yuqori stavkada 1,5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratiladi;

⚜️Issiqxona xo‘jaliklariga ajratilgan kreditlarda imtiyozli davr 5 yilga uzaytiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt
#Geoinnovatsiya #eslatma

⚡️2-oktabr — dushanba kuni ham dam olish kuni bo‘ladi

✔️Ishlanmaydigan bayram kuni. 1-oktabr — «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» 2023-yilda yakshanba, dam olish kuniga to‘g‘ri kelmoqda.

‼️Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq, ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktabr, dushanba kuniga ko‘chiriladi.

📌Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt
#kadastr_agentligi #delimitatsiya_demarkatsiya

🇺🇿O‘zbekiston-🇹🇯Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkatsiyasi muhokama qilindi

Kecha, 26-sentabr kuni Tojikistonning Xo‘jand shahrida O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi yakunlandi.

🟢Unga ko‘ra, 19-25-sentabr kunlari O‘zbekiston-Tojikiston davlatlararo chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tish masalalari muhokama qilindi.

🟢Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tgan.

❗️Ma’lumot uchun, avvalgi uchrashuv 21-28-avgust kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM