Geoinnovatsiya Markazi DUK
169 subscribers
1.08K photos
157 videos
8 files
489 links
📌Ushbu kanalda Siz Geoinnovatsiya markazi davlat unitar korxonasining faoliyati, dronlar haqida ma'lumotlar va sohadagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borishingiz mumkin.
加入频道
#prezident #Kadastr_agentligi

🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаровнинг таклифига биноан Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлисида иштирок этиш учун амалий ташрифи.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаровнинг таклифига биноан Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлисида иштирок этиш учун амалий ташриф билан Бишкек шаҳрига жўнаб кетди.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Бишкек шаҳрига келди.

🟢 Президент Шавкат Мирзиёев Бишкекдаги МДҲ саммитига келди.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бишкек шаҳрида ўтаётган МДҲ саммити доирасида Беларусь Республикаси Президенти Александр Лукашенко билан учрашув ўтказди.

🟢 Давлатимиз раҳбари Беларусь Президенти билан икки томонлама муносабатларни муҳокама қилди.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бишкек шаҳрида Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлисида иштирок этди.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги саммитида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевга дўстлик, яхши қўшничилик ва кўп қиррали ҳамкорлик муносабатларини мустаҳкамлашга қўшган улкан ҳиссаси учун ташкилотнинг олий мукофоти – МДҲ Фахрий нишонини тантанали топшириш маросими бўлиб ўтди.

На саммите СНГ состоялась торжественная церемония вручения Президенту Республики Узбекистан Шавкату Мирзиёеву высшей награды организации – Почетного знака СНГ за выдающийся вклад в укрепление отношений дружбы, добрососедства и многопланового сотрудничества.

#Mirziyoyev #sammit #mukofot #MDH

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Команда RediTech.gif
39.6 MB
#Geoinnovatsiya #quyosh_panel

Quyosh resurslaridan foydalanishni bir necha xil afzalliklari bor. Bular:

🔸Boshqa energiya manbalaridan farqli o’laroq, quyosh energiyasi tugamaydi. Quyosh panellarini o’rnatish va undan foydalanish elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish uchun ajoyib yechim bo’lib xizmat qiladi;

🔸Quyosh energiyasini potensiali o’ta yuqori darajada. Foydalanish uchun olinishi mumkin bo’lgan energiya manbai terravatlarda o’lchanadi. Bu esa talabdan ko’ra 20 baravar ko’proqdir. Undan, tashqari quyosh energiyasini isrof qilib tugatishning iloji yo’q, shu sababdan bu energiyadan kelajak avlod ham bemalol foydalanishi mumkin;

🔸Quyosh nurlari Yer sayyorasining istalgan nuqtasigacha yetib boradi, bu faqatgina ekvator atrofida joylashgan davlatlarga tegishli emas, hatto Shimoliy Qutbda ham quyosh energiyasidan bemalol foydalanish mumkin. Hozirda davlatlar orasida bu energiyada foydalanish bo’yicha Germaniya ustunlik qiladi;

🔸Ekologiya uchun xavfsiz. Hozirda foydalanilayotgan energiya manbalari atrof muhitga katta zarar yetkazibgina qolmasdan, ularni o’rnini qoplash ilojsizdir. Quyosh energiyasi esa bundan mustasno. Quyosh panellarini ishlab chiqarish, undan foydalanish ekologiya uchun mutlaqo xavfsizdir;

🔸Ishlab chiqarish va undan foydalanishda umuman shovqin bo’lmaydi;

🔸Ishlatish uchun kam xarajat talab etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бутунжаҳон туризм ташкилоти Бош Ассамблеяси 25-сессиясидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на 25-й сессии Генеральной Ассамблеи Всемирной туристской организации

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the 25th session of the General Assembly of the World Tourism Organization

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #dron_shou

⚡️Hozirgi vaqtda butun Dunyo nigohi qaratilgan Samarqandda DRONLAR SHOUsi bo'lib o'tdi.

⚜️Xabaringiz bor 16–20-oktabr kunlari Samarqanddagi «Silk Road Samarkand» sayyohlik majmuasida BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bundan tashqari 18-oktabr - "Samarqand shahri kuni" munosabati bilan Samarqand tumani hududida joylashgan Xalqaro turizm markazining «Boqiy shahar majmuasi» da o'tkazilayotgan madaniy tadbirlar davomida Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda "DRONLAR SHOUsi" boʻlib oʻtdi.

🔰Ushbu dronlar shousini shahrimiz aholisi va Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasida ishtirok etayotgan barcha mehmonlar katta qiziqish bilan tomosha qilishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt
#Geoinnovatsiya #ona_tilim_faxrim

Bugun Kadastr agentligi markaziy apparati va tizim tashkilot xodimlari uchun O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berilganliga 34 yil to'lgani munosabati bilan "Ona tilim-faxrim" shiori ostida tadbir o'tkazildi.

Tadbirga Iqtisodiyot va moliya vazirining maslahatchisi Obiddin Mahmudov, Oʻzbekiston milliy universiteti filologiya fanlar nomzodi Muzaffar Artikov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyoti sektori dotsenti, filologiya bo‘yicha falsafa doktori Yulduz Eshmatovalar mehmon sifatida taklif qilindi.

Tadbirda Kadastr agentligi xodimlari va tizim tashkilotlarda faoliyat olib boradigan xodimlar orasida "Geoinnovatsiya markazi" DUK xodimlari ham faol ishtirok etishdi. Sher va g'azallar o'qib bayram kayfiyatini yaratishdi. Taklif qilingan mehmonlarning mantiqiy savollariga to'g'ri javob bergan xodimlar kitoblar bilan taqdirlanishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt