Geoinnovatsiya Markazi DUK
168 subscribers
1.07K photos
157 videos
8 files
488 links
📌Ushbu kanalda Siz Geoinnovatsiya markazi davlat unitar korxonasining faoliyati, dronlar haqida ma'lumotlar va sohadagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borishingiz mumkin.
加入频道
#geoinnovatsiya #seminar

⚡️Kadastr xodimlarining o'quv mashg'ulotlari o'z nihoyasiga yetib qoldi.

🔰Avval xabar berganimizdek "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi ayni vaqtda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida faoliyat olib boradigan mutaxassislar uchun o'quv seminari tashkil qilingan. Bugun mazkur o'quv kursining so'nggi mashg'uloti bo'lib o'tmoqda.

🔹Ertaga ya'ni 20-may kuni Kadastr mutaxassislari Uchuvchisiz uchish apparatini boshqarish bo'yicha olgan bilimlarini nazariy va amaliy imtihonda sinovdan o'tkazadilar.

📝Bugun markazda o'tilgan barcha darslar bo'yicha takrorlash va bilimlarni mustahkamlash darsi bo'lib o'tdi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#geoinnovatsiya #imtihon

⚡️Bilimlar sinovdan o'tmoqda

🔰Ayni damda "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida faoliyat olib boradigan mutaxassislarning egallagan bilimlarini O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining Uchuvchisiz uchish apparatlari bo'limi boshlig'i Murod Husanov sinovdan o'tkazmoqda.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
⚡️"KARYERA KUNI"⚡️

💠 Bugun Poytaxtimizning Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetida bitiruvchi talabalari uchun “Karyera kuni” tashkil etildi. Unga vakant lavozimlari bilan qatnashish uchun taklif etilgan tashkilot va muassasalar qatorida "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi ham o‘zining takliflari bilan ishtirok etdi.

💠 Takliflarga qiziqqan yoshlar ko‘p bo‘ldi, ularga sohaga oid yangiliklar, tizimdagi mavjud vakant o‘rinlari haqida maʼlumotlar berildi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Audio
#geoinnovatsiya #dron #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🎙"Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi faoliyati, uchuvchisiz uchish apparatlari haqida ma'lumotlar "O'zbekiston 24" radiosining Radio intervyu sahifasi orqali keng yoritildi.📻

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#Geoinnovatsiya #uchrab_turadigan_savollar #dron

⁉️Savol: Uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish qanday qonunlar bilan tartibga solingan?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 31-avgustdagi 287-sonli “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan uchuvchisiz uchish apparatlari toifalangan, foydalanish tartiblari, ruxsatnomalar rasmiylashtirish, uchirish amaliyoti bo‘yicha tartiblar belgilangan.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
🌍🥳1 - iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng begʼubor va quvonchli bayramdir 🎉

👫Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

💐"Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi koʼzlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajonlarni eng kutilgan bayram bilan tabriklaydi🎊

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Президент Шавкат Мирзиёев фаолиятининг май ойидаги асосий тадбир ва воқеалари.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 KADASTR AGENTLIGI “YOSH NOVATORLAR” KO’RIK TANLOVIGA START BERADI.

Tanlov shartlari:
1️⃣ Innovatsion g’oyangiz yoki ishlanmangizni [email protected] pochta manziliga 23 iyunga qadar yuborishingiz kerak.
2️⃣ Kadastr agentligi tizim tashkiloti xodimi bo’lishingiz lozim.

Eng yaxshi yosh novatorlar komissiya tomonidan tanlab olinadi va final bosqichiga taqdimot qilish uchun chaqiriladi.

🎁 Tanlov g’oliblari
1-o’rin – 10 mln. so’m.
2-o’rin – 6 mln. so’m.
3-o’rin – 4 mln. so’m.
pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

📣 Shoshiling balki aynan sizning g’oyangiz sohani umuman yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.
#Geoinnovatsiya #ishga_taklif

⚡️AYNAN SIZ BIZNING SAFIMIZGA QO'SHILISHINGIZ MUMKIN.

📢 "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi sizni yordamchi xodim sifatida ishga taklif qiladi.

📌Buning uchun siz:

🔹Barcha turdagi topogeodeziya ishlarini bajarish;

🔹Topogeodeziya ishlarini bajarishda elektron taxeometr, nivelir, GPS asboblarida ishlash;

🔹Uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida bajarilgan aerofotosuratlarni AgiSoft dasturida qayta ishlash;

🔹AutoCAD, ArcGIS, Panarama dasturlarida ishlash kabi vazifalarni bajara olishingiz kerak bo'ladi.

🔰Agar siz bu yo'nalishda o'zingizga ishonsangiz faoliyatingizga oid ma'lumotlaringizni +998977122570 raqamiga yuborishingiz mumkin.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида бўлиб ўтган видеоселектор йиғилишида аҳолини касб-ҳунарга ўқитиш ва мономарказлар фаолиятини такомиллаштириш чора-тадбирлари муҳокама қилинди.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|Twitter
⚡️Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

🔰 2022-yil 17-iyun kuni, soat 10:00da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni oshirish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Mazkur yig‘ilishda Konstitutsiyaviy Komissiya aʼzolari tomonidan takliflar birma-bir muhokama qilinib, asosli takliflar bo‘yicha aʼzolar o‘z xulosasini bildiradi.

📍 Bunday qizg‘in jarayonni Siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri “O‘zbekiston”, “UzReport”, “MY5”, “RenessansTV” telekanallari, shuningdek Konstitutsiyaviy komissiyaning Facebookdagi Bu mening konstitutsiyam rasmiy sahifasi orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

☝️ Konstitutsiyaviy Komissiya yig‘ilishidagi muhokamalar barcha hamyurtlarimiz uchun ochiq, shaffof holda o‘tkaziladi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 KADASTR AGENTLIGI “YOSH NOVATORLAR” KO’RIK TANLOVIGA START BERADI.

Tanlov shartlari:
1️⃣ Innovatsion g’oyangiz yoki ishlanmangizni [email protected] pochta manziliga 23 iyunga qadar yuborishingiz kerak.
2️⃣ Kadastr agentligi tizim tashkiloti xodimi bo’lishingiz lozim.

Eng yaxshi yosh novatorlar komissiya tomonidan tanlab olinadi va final bosqichiga taqdimot qilish uchun chaqiriladi.

🎁 Tanlov g’oliblari
1-o’rin – 10 mln. so’m.
2-o’rin – 6 mln. so’m.
3-o’rin – 4 mln. so’m.
pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

📣 Shoshiling balki aynan sizning g’oyangiz sohani umuman yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
💡“Yosh novatorlar” ko'rik tanlovining qabul jarayoni o'z nihoyasiga yetdi.

🌐 “30-iyun Yoshlar kuni” munosabati bilan Kadastr agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida Yosh novatorlar ko'rik tanlovi eʼlon qiligan edi.

💻Tanlovga 30 dan ortiq materiallar kelib tushdi.

Ayni paytda Agentlik buyrug‘iga muvofiq tuzilgan maxsus komissiya tomonidan kelib tushgan takliflar ko'rib chiqilmoqda.

💠Tanlov haqqoniy va ochiq bo'lishini inobatga olib siz ham quyidagi manzilga "Yosh novatorlar" kirib o'zingizga maqul kelgan taklifga ovoz berishingiz va fikrlaringizni qoldirishingiz mumkin.

❗️Unutmang siz ovoz bergan g'oya sohani rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.

📌Yaqin kunlarda ko‘rik tanlovning yakuniy bosqichi o‘tkaziladigan kun va uning ishtirokchilari to‘g‘risida batafsil maʼlumot beramiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🎉"Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi axborot sohasining barcha jonkuyarlari – jurnalistlar, axborot xizmati xodimlari, blogerlar, noshirlarni kasb bayrami - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklaydi.

🎤Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya qilish va bu borada qonun ustuvorligini ta'minlash yo‘lida tashlagan qadamlaringiz bardavom bo‘lsin.

💐Bayram muborak bo‘lsin!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муборак, қадрли ҳамкасблар!

С Днем работников печати и средств массовой информация, дорогие коллеги!

Facebook|Instagram|Twitter