Geoinnovatsiya Markazi DUK
168 subscribers
1.07K photos
157 videos
8 files
488 links
📌Ushbu kanalda Siz Geoinnovatsiya markazi davlat unitar korxonasining faoliyati, dronlar haqida ma'lumotlar va sohadagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borishingiz mumkin.
加入频道
⚡️“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi, «Navoiy KMK» AJ tasarrufidagi kon boshqarmalaridagi mavjud geodeziya marksheyderlik ishlarining samaradorligini oshirish hamda hamkorlik asosida ish yuritish maqsadida markaz mutaxassislari bilan birgalikda «Navoiy KMK» AJ hududdida ko‘rgazmali aerofotosyomka, dala ishlari hamda kameral qayta ishlash tartibi bilan tanishtiruv bo'yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#geoinnovatsiya #seminar

⚡️Kadastr xodimlarining o'quv mashg'ulotlari o'z nihoyasiga yetib qoldi.

🔰Avval xabar berganimizdek "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi ayni vaqtda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida faoliyat olib boradigan mutaxassislar uchun o'quv seminari tashkil qilingan. Bugun mazkur o'quv kursining so'nggi mashg'uloti bo'lib o'tmoqda.

🔹Ertaga ya'ni 20-may kuni Kadastr mutaxassislari Uchuvchisiz uchish apparatini boshqarish bo'yicha olgan bilimlarini nazariy va amaliy imtihonda sinovdan o'tkazadilar.

📝Bugun markazda o'tilgan barcha darslar bo'yicha takrorlash va bilimlarni mustahkamlash darsi bo'lib o'tdi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#geoinnovatsiya #imtihon

⚡️Bilimlar sinovdan o'tmoqda

🔰Ayni damda "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida faoliyat olib boradigan mutaxassislarning egallagan bilimlarini O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining Uchuvchisiz uchish apparatlari bo'limi boshlig'i Murod Husanov sinovdan o'tkazmoqda.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
⚡️"KARYERA KUNI"⚡️

💠 Bugun Poytaxtimizning Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetida bitiruvchi talabalari uchun “Karyera kuni” tashkil etildi. Unga vakant lavozimlari bilan qatnashish uchun taklif etilgan tashkilot va muassasalar qatorida "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi ham o‘zining takliflari bilan ishtirok etdi.

💠 Takliflarga qiziqqan yoshlar ko‘p bo‘ldi, ularga sohaga oid yangiliklar, tizimdagi mavjud vakant o‘rinlari haqida maʼlumotlar berildi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Audio
#geoinnovatsiya #dron #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🎙"Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi faoliyati, uchuvchisiz uchish apparatlari haqida ma'lumotlar "O'zbekiston 24" radiosining Radio intervyu sahifasi orqali keng yoritildi.📻

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#Geoinnovatsiya #uchrab_turadigan_savollar #dron

⁉️Savol: Uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish qanday qonunlar bilan tartibga solingan?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 31-avgustdagi 287-sonli “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan uchuvchisiz uchish apparatlari toifalangan, foydalanish tartiblari, ruxsatnomalar rasmiylashtirish, uchirish amaliyoti bo‘yicha tartiblar belgilangan.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
🌍🥳1 - iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng begʼubor va quvonchli bayramdir 🎉

👫Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

💐"Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi koʼzlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajonlarni eng kutilgan bayram bilan tabriklaydi🎊

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Президент Шавкат Мирзиёев фаолиятининг май ойидаги асосий тадбир ва воқеалари.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 KADASTR AGENTLIGI “YOSH NOVATORLAR” KO’RIK TANLOVIGA START BERADI.

Tanlov shartlari:
1️⃣ Innovatsion g’oyangiz yoki ishlanmangizni [email protected] pochta manziliga 23 iyunga qadar yuborishingiz kerak.
2️⃣ Kadastr agentligi tizim tashkiloti xodimi bo’lishingiz lozim.

Eng yaxshi yosh novatorlar komissiya tomonidan tanlab olinadi va final bosqichiga taqdimot qilish uchun chaqiriladi.

🎁 Tanlov g’oliblari
1-o’rin – 10 mln. so’m.
2-o’rin – 6 mln. so’m.
3-o’rin – 4 mln. so’m.
pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

📣 Shoshiling balki aynan sizning g’oyangiz sohani umuman yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.
#Geoinnovatsiya #ishga_taklif

⚡️AYNAN SIZ BIZNING SAFIMIZGA QO'SHILISHINGIZ MUMKIN.

📢 "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi sizni yordamchi xodim sifatida ishga taklif qiladi.

📌Buning uchun siz:

🔹Barcha turdagi topogeodeziya ishlarini bajarish;

🔹Topogeodeziya ishlarini bajarishda elektron taxeometr, nivelir, GPS asboblarida ishlash;

🔹Uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida bajarilgan aerofotosuratlarni AgiSoft dasturida qayta ishlash;

🔹AutoCAD, ArcGIS, Panarama dasturlarida ishlash kabi vazifalarni bajara olishingiz kerak bo'ladi.

🔰Agar siz bu yo'nalishda o'zingizga ishonsangiz faoliyatingizga oid ma'lumotlaringizni +998977122570 raqamiga yuborishingiz mumkin.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида бўлиб ўтган видеоселектор йиғилишида аҳолини касб-ҳунарга ўқитиш ва мономарказлар фаолиятини такомиллаштириш чора-тадбирлари муҳокама қилинди.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|Twitter