Geoinnovatsiya Markazi DUK
169 subscribers
1.07K photos
157 videos
8 files
488 links
📌Ushbu kanalda Siz Geoinnovatsiya markazi davlat unitar korxonasining faoliyati, dronlar haqida ma'lumotlar va sohadagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borishingiz mumkin.
加入频道
#geoinnovatsiya #seminar

⚡️Kadastr xodimlari uchun o'quv seminar bo'lib o'tmoqda.

🔰"Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasining asosiy vazifalaridan biri Uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish sohasida mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashish bo'lgani uchun ayni vaqtda markazda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida faoliyat olib boradigan mutaxassislar uchun o'quv seminari tashkil qilingan.

🔹Ushbu seminarda uchuvchisiz uchish apparatlarini qo'llashda qanday qonun qoidalar borligi va ularni qanday boshqarish o'rgatiladi.

📝Bugun ham Uchuvchisiz uchish apparatlarni uchirish va ishlatish bo‘yicha normativ hujjatlar mavzusida o'quv seminari bo'lib o'tdi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
⚡️“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi, «Navoiy KMK» AJ tasarrufidagi kon boshqarmalaridagi mavjud geodeziya marksheyderlik ishlarining samaradorligini oshirish hamda hamkorlik asosida ish yuritish maqsadida markaz mutaxassislari bilan birgalikda «Navoiy KMK» AJ hududdida ko‘rgazmali aerofotosyomka, dala ishlari hamda kameral qayta ishlash tartibi bilan tanishtiruv bo'yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#geoinnovatsiya #seminar

⚡️Kadastr xodimlarining o'quv mashg'ulotlari o'z nihoyasiga yetib qoldi.

🔰Avval xabar berganimizdek "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi ayni vaqtda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida faoliyat olib boradigan mutaxassislar uchun o'quv seminari tashkil qilingan. Bugun mazkur o'quv kursining so'nggi mashg'uloti bo'lib o'tmoqda.

🔹Ertaga ya'ni 20-may kuni Kadastr mutaxassislari Uchuvchisiz uchish apparatini boshqarish bo'yicha olgan bilimlarini nazariy va amaliy imtihonda sinovdan o'tkazadilar.

📝Bugun markazda o'tilgan barcha darslar bo'yicha takrorlash va bilimlarni mustahkamlash darsi bo'lib o'tdi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#geoinnovatsiya #imtihon

⚡️Bilimlar sinovdan o'tmoqda

🔰Ayni damda "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida faoliyat olib boradigan mutaxassislarning egallagan bilimlarini O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining Uchuvchisiz uchish apparatlari bo'limi boshlig'i Murod Husanov sinovdan o'tkazmoqda.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
⚡️"KARYERA KUNI"⚡️

💠 Bugun Poytaxtimizning Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetida bitiruvchi talabalari uchun “Karyera kuni” tashkil etildi. Unga vakant lavozimlari bilan qatnashish uchun taklif etilgan tashkilot va muassasalar qatorida "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi ham o‘zining takliflari bilan ishtirok etdi.

💠 Takliflarga qiziqqan yoshlar ko‘p bo‘ldi, ularga sohaga oid yangiliklar, tizimdagi mavjud vakant o‘rinlari haqida maʼlumotlar berildi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Audio
#geoinnovatsiya #dron #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🎙"Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi faoliyati, uchuvchisiz uchish apparatlari haqida ma'lumotlar "O'zbekiston 24" radiosining Radio intervyu sahifasi orqali keng yoritildi.📻

Telegram Instagram Facebook Web-sayt