Geoinnovatsiya Markazi DUK
169 subscribers
1.08K photos
157 videos
8 files
489 links
📌Ushbu kanalda Siz Geoinnovatsiya markazi davlat unitar korxonasining faoliyati, dronlar haqida ma'lumotlar va sohadagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borishingiz mumkin.
加入频道
#Xalqaro_hamkorlik #FIG_2023

🌐Xalqaro konferensiya doirasida FIG komissiyasining sessiyalariga start berildi.

1-Komissiya
- Professional amaliyot;
2-Komissiya - Kasb-hunar ta'limi;
3-Komissiya - Fazoviy ma'lumotlarni boshqarish;
4-Komissiya - Gidrografiya;
5-Komissiya - Joylashishni aniqlash va o'lchash;
6-Komissiya - Muhandislik tadqiqotlari;
7-Komissiya - Kadastr va yer tuzish;
8-Komissiya - Fazoviy rejalashtirish va rivojlantirish;
9-Komissiya - Mulkni baholash va boshqarish;
10-Komissiya - Qurilish iqtisodiyoti va boshqaruvi.

🌟 Kadastr agentligi mas’ullari 7-komissiya sessiyalarida hamda ESRI amaliy o’quv laboratoriyasi mashg’ulotlarida ishtirok etishdi.

7-komissiya sessiyalarida "Samarali yer resurslari boshqaruvi asoslari", "BMT-GGIM integratsiyalashgan geofazoviy ma'lumotlar bazasi va IGIFning olib borayotgan ishlari", "Yer resurslarini boshqarishni takomillashtirish", "FELA asosidagi geofazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi", "3D yer boshqaruvi", "3D kadastrni amalga oshirish" mavzularida ma'ruzalar qilindi shuningdek mutaxassislarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Eslatib o’tamiz AQShda Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 bo’lib o’tmoqda.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍🥳1 - iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng begʼubor va quvonchli bayramdir 🎉

👫Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

💐"Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi koʼzlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajonlarni eng kutilgan bayram bilan tabriklaydi🎊

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik #FIG_2023

🇺🇸 AQShning Florida shtati Orlando shahrida Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 doirasida geodezistlar ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda.

🎞 Batafsil videoda

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni

🟢 Bugun 🌟Kadastr agentligi binosida tizimdagi xodimlarning farzandlari uchun 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan katta tantana o‘tkazildi. Ushbu quvnoq bayram tadbirida tashkilot xodimlarining 100 dan ortiq farzandlari ishtirok etishdi.

Bolajonlar uchun tashkillashtirilgan tantanada bolajonlar uchun turli qiziqarli chiqishlar tashkillashtirildi. Jumladan osmon uzra turli ranglarga kirib uchayotgan 👌 dronlar bolalarga o‘zgacha taassurot va quvonch baxsh etdi. Shuningdek, ular kadastr yo‘nalishiga doir asbob-uskunalari bilan ham tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Bolalarni yoshlariga mos ravishda tuzilgan viktorina savollari, shaxmat-shashka o‘yinlari hamda Yer rasmini chizish bo‘yicha musobaqalar tashkillashtirilgani bugungi bayramni yana-da qiziqarli o‘tishiga zamin yasadi.

💐Tadbir so‘ngida topshirilgan esdalik sovg‘alari va multfilm qahramonlarining namoyishi bolajonlarning ko‘zlaridagi quvonchi va shodon kulgisining yana-da ortishiga sababchi bo‘ldi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг май ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Чўлпонотада Европа Кенгаши Президенти Шарль Мишель билан музокара ўтказди ҳамда Марказий Осиё мамлакатлари ва Европа Иттифоқи етакчилари учрашувида муҳим ташаббусларни илгари сурди

Президент Шавкат Мирзиёев провел переговоры с Президентом Европейского Совета Шарлем Мишелем и выступил с важными инициативами на встрече лидеров Центральной Азии и Европейского Союза в Чолпон-Ате

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🟢 FIG PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI.

🌍 Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 doirasida 🇺🇿O’zbekiston nomidan ishtirok etgan 🌟Kadastr agentligi vakillari hamda FIG Prezidenti Diane Dumashie xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Diane Dumashie xonim Xalqaro geodezistlar haftaligida O’zbekiston vakillari ishtirok etayotgani uchun alohida minnatdorlik bildirdi va ushbu ishtirok global hamkorlik yo’lidagi muhim qadam ekanligini alohida ta'kidladi.

➡️Muzokara doirasida FIG komissiyasi sessiyalarida ishtirok etib dunyo mamlakatlarining yer resurslarini samarali boshqarish, geoaxborot tizimlarini qo'llash sohalarini kengaytirish, so'ngi texnologiyalarni qo'llanilishi va ilg'or tajribalarni o'rganish yurtimizda sohani yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shuningdek Kadastr agentligi vakillarida “Yer boshqaruvi va kadastr” yo‘nalishidagi 7-komissiyaning sessiyalari, ESRI kompaniyasining maxsus labaratoriyasidagi amaliy mashg‘ulotlar hamda ko’rgazmadagi geodeziya va kartografiya sohasidagi zamonaviy smart o‘lchov texnologiyalari katta qiziqish uyg’otgani aytib o’tildi.

🌍 Xalqaro geodezistlar federatsiyasi (FIG) bilan hamkorlikni faollashtirish, FIGning “Yosh geodezistlar salohiyatini oshirish”da O‘zbekiston vakillari ishtirokini oshirish, akademik davra imkoniyatlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Dumashie xonim 🌟Kadastr agentligiga FIGning navbatdagi sessiyalarida yer ma’muriyatchiligi, geodeziya va kartografiya yo‘nalishida 🇺🇿O‘zbekiston tajribasi bilan o’rtoqlashilishidan umidvor ekanligini bildirdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #quyosh_panellari

Kadastr agentligi markaziy apparat binosiga 120 KW quyosh panellari o'rnatildi

💬Xabaringiz bor, 🌟Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" DUK Xitoy xalq Respublikasining LONGi korxonasi bilan 600 kw quyosh panellari yetkazib berishga shartnoma imzolagan edi.

🌟Kadastr agentligi markaziy apparat ma'muriy binosining tom qismiga 220 ta panel o'rnatildi. Ushbu panellar 120 KW energiya ishlab chiqarishga mo'ljallangan.

🟡 Qayd etish muhimki, bu jarayon hozirda barcha hududlarda bosqichma- bosqich amalga oshirilmoqda.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #xalqaro_uchrashuv

🟢Bugundan 🇰🇷 Korea Respublikasining 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi  Tijoriy hamkorlik masalalari bo‘yicha bo‘linmasi (KOTRA), Korea Yer, infrastruktura va transport vazirligi hamda 🌟Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi hamkorligida “Drone Show” ilmiy-amaliy seminari o'z ishini boshladi.

🗣Ayni damda Koreadan tashrif buyurgan mehmonlar "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasining  Dronlar ishlab chiqarish,  ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash zavodiga tashrif buyurishdi.
🌟Kadastr  agentligi direktori o‘rinbosari,  "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasining rahbari  A. Abdullayev mehmonlarni markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirmoqda.

🌐 Telegram    🌐 Instagram   🌐 Facebook   🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM