Geoinnovatsiya Markazi DUK
169 subscribers
1.08K photos
157 videos
8 files
489 links
📌Ushbu kanalda Siz Geoinnovatsiya markazi davlat unitar korxonasining faoliyati, dronlar haqida ma'lumotlar va sohadagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borishingiz mumkin.
加入频道
#Geoinnovatsiya #quyosh_panellari

Toshkent viloyati kadastr binosiga ham quyosh panellari o'rnatilmoqda

🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining ma'muriy binosining tom qismiga har biri 550 watt elektr quvvatini beruvchi panellar o'rnatilmoqda. Ushbu panellar 40 kw energiya ishlab chiqarishga mo'ljallangan.

🟡 Qayd etish muhimki, bu jarayon hozirda barcha hududlarda bosqichma- bosqich amalga oshirilmoqda.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Умумий ўрта таълим мактабларининг битирувчи ёшларига табрик

Поздравление выпускникам общеобразовательных школ

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#kadastr #Qoraqalpogiston_Respublikasi #xatlov

🌟Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari A.Abdullaev boshchiligida ZOOM platformasi orqali yig'ilish o‘tkazildi.

Yig'ilishda 💫Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev hamda rais o'rinbosari R.Nishonov, ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi direktori A.Omonov, boshqarma va tumanlardan tegishli xodimlar ishtirok etdi.

🟢 Yig'ilishda xatlov jarayonlarini jadallashtirish va qisqa muddatda tugatish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar va ortda qolayotgan tumanlarga yordam berish yo‘llari muhokama qilindi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik #FIG_2023

Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 o’z ishini boshladi.

🇺🇸 AQShning Florida shtati Orlando shahrida Federetion Internationale des Geometres-FIG (Xalqaro geodezistlar federatsiyasi-XGF) tashabbusi bilan har yili o’tkazib kelinayotgan Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 o’z ishini boshladi.

🎉 Ochilish marosimida XGF Prezidenti Diane Dumashie hamda jamg’arma rahbari John Hohol, NSPS Prezidenti Robert Akins so’zga chiqib ishitrokchilarni samimiy qutlashdi.

➡️ 28 maydan 1 iyungacha bo’lgan ish haftalikda XGFning 10 ta komissiyasi tomonidan geodeziya, kadastr, fazoviy ma’lumotlar va ushbuga mansub boshqa yo’nalishlar bo’yicha dunyoning turli mamlakatlarida erishilgan yutuqlar va mukammal tajribalar hamda muammoli masalalar ko’rib chiqiladi.

Ushbu nufuzli tadbirda 🇺🇿O’zbekiston vakillari birinchi marta ishtirok etmoqda.
Rasman
🌟 Kadastr agentligi mas'ullari konferensiya ishtirokchilari hisoblanadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik #FIG_2023

Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 ochilish marosimi haqida qisqacha 🎬video lavha.

Federetion Internationale des Geometres haqida:

Xalqaro geodezistlar federatsiyaga 1878 yil 18-iyulda Parijda 7 ta milliy assotsiatsiya — Belgiya, Frantsiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya va Shveytsariya delegatlari tomonidan asos solingan va xalqaro geomatiklar federatsiyasi sifatida tanilgan.

XGF BMT tomonidan tan olingan tashkilot bo'lib, unga dunyoning 120 dan ortiq mamlakatlari a'zo bo’lgan.

XGF butun dunyo geodezistlari manfaatlarini himoya qiluvchi va o’zaro tajriba almashishni tashkil qilib beruvchi yetakchi xalqaro tashkilot hisoblanadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik #FIG_2023

🌐Xalqaro konferensiya doirasida FIG komissiyasining sessiyalariga start berildi.

1-Komissiya
- Professional amaliyot;
2-Komissiya - Kasb-hunar ta'limi;
3-Komissiya - Fazoviy ma'lumotlarni boshqarish;
4-Komissiya - Gidrografiya;
5-Komissiya - Joylashishni aniqlash va o'lchash;
6-Komissiya - Muhandislik tadqiqotlari;
7-Komissiya - Kadastr va yer tuzish;
8-Komissiya - Fazoviy rejalashtirish va rivojlantirish;
9-Komissiya - Mulkni baholash va boshqarish;
10-Komissiya - Qurilish iqtisodiyoti va boshqaruvi.

🌟 Kadastr agentligi mas’ullari 7-komissiya sessiyalarida hamda ESRI amaliy o’quv laboratoriyasi mashg’ulotlarida ishtirok etishdi.

7-komissiya sessiyalarida "Samarali yer resurslari boshqaruvi asoslari", "BMT-GGIM integratsiyalashgan geofazoviy ma'lumotlar bazasi va IGIFning olib borayotgan ishlari", "Yer resurslarini boshqarishni takomillashtirish", "FELA asosidagi geofazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi", "3D yer boshqaruvi", "3D kadastrni amalga oshirish" mavzularida ma'ruzalar qilindi shuningdek mutaxassislarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Eslatib o’tamiz AQShda Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 bo’lib o’tmoqda.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍🥳1 - iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng begʼubor va quvonchli bayramdir 🎉

👫Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

💐"Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi koʼzlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajonlarni eng kutilgan bayram bilan tabriklaydi🎊

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik #FIG_2023

🇺🇸 AQShning Florida shtati Orlando shahrida Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 doirasida geodezistlar ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda.

🎞 Batafsil videoda

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni

🟢 Bugun 🌟Kadastr agentligi binosida tizimdagi xodimlarning farzandlari uchun 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan katta tantana o‘tkazildi. Ushbu quvnoq bayram tadbirida tashkilot xodimlarining 100 dan ortiq farzandlari ishtirok etishdi.

Bolajonlar uchun tashkillashtirilgan tantanada bolajonlar uchun turli qiziqarli chiqishlar tashkillashtirildi. Jumladan osmon uzra turli ranglarga kirib uchayotgan 👌 dronlar bolalarga o‘zgacha taassurot va quvonch baxsh etdi. Shuningdek, ular kadastr yo‘nalishiga doir asbob-uskunalari bilan ham tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Bolalarni yoshlariga mos ravishda tuzilgan viktorina savollari, shaxmat-shashka o‘yinlari hamda Yer rasmini chizish bo‘yicha musobaqalar tashkillashtirilgani bugungi bayramni yana-da qiziqarli o‘tishiga zamin yasadi.

💐Tadbir so‘ngida topshirilgan esdalik sovg‘alari va multfilm qahramonlarining namoyishi bolajonlarning ko‘zlaridagi quvonchi va shodon kulgisining yana-da ortishiga sababchi bo‘ldi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM