Geoinnovatsiya Markazi DUK
170 subscribers
1.07K photos
157 videos
8 files
488 links
📌Ushbu kanalda Siz Geoinnovatsiya markazi davlat unitar korxonasining faoliyati, dronlar haqida ma'lumotlar va sohadagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borishingiz mumkin.
加入频道
#Geoinnovatsiya #dron_shou

Bugun "Boysun bahori" festivalida dronlar shousi bo‘lib o‘tadi.

Dronlar shousi bugun soat 21.00 da Boysun tumanidagi so‘lim Padang qishlog‘ida “Boysun bahori” festivalida o‘tkaziladi.

📌Ushbu festivalga barcha yurtdoshlarimizni va Respublikamiz mehmonlarini taklif qilamiz.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #dron_shou

⚡️Ayni damda bugungi dron shou oldidan Surxondaryoning eng oldi baxshichilari dron operatorlari va "Geoinnovatsiya markazi" jamoasi a'zolarini kayfiyatini ko‘tarish maqsadida qo‘shiqlar kuylab berishmoqda.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun Boysun tumanidagi so‘lim Padang qishlog‘ida “Boysun bahori” ochiq folklor festivali munosabati bilan dronlar shousi bo'lib o'tdi.

🏢Surxondaryo viloyati hokimligi va “Geoinnovasiya markazi” hamkorligida tashkil etilgan tomosha davomida 500 dan ortiq dronlar osmonga uchirildi. Ular yordamida falakda turli shakllar aks ettirildi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
"Boysun bahori" xalqaro folklor festivali yakunida bo'lib o'tgan dronlar shousidan foto lavhalar

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#9may #Xotira #bayram

9 may – Xotira va Qadrlash kuni

🇺🇿Tinch va osoyishta kunlarimiz uchun jonini fido qilgan jasur yurtdoshlarimiz xotirasi oldida bosh egamiz!

🕊Bugungi dorilomon kunlarimiz uchun kurashgan nuroniylarimiz har qancha eʼzozga, har qancha ehtiromga loyiqdirlar.

Geoinnovatsiya markazi davlat unitar korxonasi jamoasi barcha vatandoshlarimizni bayram bilan muborakbod etadi.

Xotira bor ekan – millat barhayot

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
“Geoinnovatsiya markazi” DUKning asosiy vazifalari haqida bilasizmi?

📌Uchuvchisiz uchish apparatlarining funksional va texnik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish;

📌Iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz uchish apparatlarini qo‘llash va ulardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish;

📌Uchuvchisiz uchish apparatlar ma'lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘llash, tahlil qilish, qayta ishlash va saqlash;

📌Uchuvchisiz uchish apparatlari uchun konstruktiv elementlar ishlab chiqarishni va dasturiy ta'minotni ishlab chiqishni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish;

📌Uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishda va ulardan foydalanishda eng yangi texnologiyalarni va xorijiy tajribani joriy etish;

📌Uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish sohasida mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashish;

📌Uchuvchisiz uchish apparatlarini manfaatdor tashkilotlarga ijaraga berish;

📌Uchuvchisiz uchish apparatlarini ta'mirlash xizmatlari va texnik xizmat ko‘rsatish.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#geoinnovatsiya #dron #qiziqarli_malumot #bilasizmi

💠Skycatch dronlari turli qurilishlarda ishlatiladi. Ular qurilish mo’ljallanayotgan hududni tahlil qiladi va uni suratga tushiradi. Shundan so’ng ushbu surat tasvirlari 3D-xaritalarga aylantiriladi. Dronlar barcha ma'lumotlarni yuqori aniqlikda taqdim etadi.

🔹Qurilishda mashinalarni haydovchilar emas operatorlar boshqaradi. Tizim byudjetdan ortiqcha mablag' sarflamasdan, loyihalarni tezda qurishda yordam beradi va foydalanuvchiga sarmoya kiritishdan oldin loyihadagi xavflarni hisoblashda yordam beradi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
🔰Bugun "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi rahbari Abdullayev Abdushukur Hamidovich bilan TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITET magistr talabalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

💠Uchrashuvda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Bundan tashqari sohadagi eng so'nggi va qiziqarli ma'lumotlar bo'yicha fikr almashildi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#dron #geoinnovatsiya #qonun #huquqiy_bilim

❗️Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish— 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;
g) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

❗️O‘sha harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu harakatlar:

a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa — sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini o‘z ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

📌O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT KODEKSINING 244_4 -MODDASI

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#geoinnovatsiya #topografiya #bilasizmi

🔰"Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasining Topografiya, fotogrammetriya va geofazoviy ma‘lumotlar bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilar:

🔹Uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida olingan aerofotosuratlarning birlamchi materiallari Agisoft Metashape, PIX4D, DJI Termal Analisis Tool 2.1, TermoConverter, QGIS dasturiy ta’minotlaridan foydalanilgan holda qayta ishlash;
🔹koordinatalar bo‘yicha bog‘lash;
🔹suratlarni bir-biriga ulash ishlari olib borilib, yakuniy natijada ortofotoplan holatiga keltiriladi.

💠Ortofoplanlar ArkGIS, Panorama dasturiy ta’minotlariga, meta ma’lumotlarni to‘ldirish hamda kartografik ma’lumotlar shakllantirish maqsadida kiritiladi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#geoinnovatsiya #seminar

⚡️Kadastr xodimlari uchun o'quv seminar bo'lib o'tmoqda.

🔰"Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasining asosiy vazifalaridan biri Uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish sohasida mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashish bo'lgani uchun ayni vaqtda markazda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida faoliyat olib boradigan mutaxassislar uchun o'quv seminari tashkil qilingan.

🔹Ushbu seminarda uchuvchisiz uchish apparatlarini qo'llashda qanday qonun qoidalar borligi va ularni qanday boshqarish o'rgatiladi.

📝Bugun ham Uchuvchisiz uchish apparatlarni uchirish va ishlatish bo‘yicha normativ hujjatlar mavzusida o'quv seminari bo'lib o'tdi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt