Geoinnovatsiya Markazi DUK
170 subscribers
1.07K photos
157 videos
8 files
488 links
📌Ushbu kanalda Siz Geoinnovatsiya markazi davlat unitar korxonasining faoliyati, dronlar haqida ma'lumotlar va sohadagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borishingiz mumkin.
加入频道
#Geoinnovatsiya #dron_shou

Bugun "Boysun bahori" festivalida dronlar shousi bo‘lib o‘tadi.

Dronlar shousi bugun soat 21.00 da Boysun tumanidagi so‘lim Padang qishlog‘ida “Boysun bahori” festivalida o‘tkaziladi.

📌Ushbu festivalga barcha yurtdoshlarimizni va Respublikamiz mehmonlarini taklif qilamiz.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #dron_shou

⚡️Ayni damda bugungi dron shou oldidan Surxondaryoning eng oldi baxshichilari dron operatorlari va "Geoinnovatsiya markazi" jamoasi a'zolarini kayfiyatini ko‘tarish maqsadida qo‘shiqlar kuylab berishmoqda.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun Boysun tumanidagi so‘lim Padang qishlog‘ida “Boysun bahori” ochiq folklor festivali munosabati bilan dronlar shousi bo'lib o'tdi.

🏢Surxondaryo viloyati hokimligi va “Geoinnovasiya markazi” hamkorligida tashkil etilgan tomosha davomida 500 dan ortiq dronlar osmonga uchirildi. Ular yordamida falakda turli shakllar aks ettirildi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
"Boysun bahori" xalqaro folklor festivali yakunida bo'lib o'tgan dronlar shousidan foto lavhalar

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#9may #Xotira #bayram

9 may – Xotira va Qadrlash kuni

🇺🇿Tinch va osoyishta kunlarimiz uchun jonini fido qilgan jasur yurtdoshlarimiz xotirasi oldida bosh egamiz!

🕊Bugungi dorilomon kunlarimiz uchun kurashgan nuroniylarimiz har qancha eʼzozga, har qancha ehtiromga loyiqdirlar.

Geoinnovatsiya markazi davlat unitar korxonasi jamoasi barcha vatandoshlarimizni bayram bilan muborakbod etadi.

Xotira bor ekan – millat barhayot

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
“Geoinnovatsiya markazi” DUKning asosiy vazifalari haqida bilasizmi?

📌Uchuvchisiz uchish apparatlarining funksional va texnik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish;

📌Iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz uchish apparatlarini qo‘llash va ulardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish;

📌Uchuvchisiz uchish apparatlar ma'lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘llash, tahlil qilish, qayta ishlash va saqlash;

📌Uchuvchisiz uchish apparatlari uchun konstruktiv elementlar ishlab chiqarishni va dasturiy ta'minotni ishlab chiqishni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish;

📌Uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishda va ulardan foydalanishda eng yangi texnologiyalarni va xorijiy tajribani joriy etish;

📌Uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish sohasida mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashish;

📌Uchuvchisiz uchish apparatlarini manfaatdor tashkilotlarga ijaraga berish;

📌Uchuvchisiz uchish apparatlarini ta'mirlash xizmatlari va texnik xizmat ko‘rsatish.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#geoinnovatsiya #dron #qiziqarli_malumot #bilasizmi

💠Skycatch dronlari turli qurilishlarda ishlatiladi. Ular qurilish mo’ljallanayotgan hududni tahlil qiladi va uni suratga tushiradi. Shundan so’ng ushbu surat tasvirlari 3D-xaritalarga aylantiriladi. Dronlar barcha ma'lumotlarni yuqori aniqlikda taqdim etadi.

🔹Qurilishda mashinalarni haydovchilar emas operatorlar boshqaradi. Tizim byudjetdan ortiqcha mablag' sarflamasdan, loyihalarni tezda qurishda yordam beradi va foydalanuvchiga sarmoya kiritishdan oldin loyihadagi xavflarni hisoblashda yordam beradi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
🔰Bugun "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi rahbari Abdullayev Abdushukur Hamidovich bilan TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITET magistr talabalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

💠Uchrashuvda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Bundan tashqari sohadagi eng so'nggi va qiziqarli ma'lumotlar bo'yicha fikr almashildi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#dron #geoinnovatsiya #qonun #huquqiy_bilim

❗️Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish— 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;
g) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

❗️O‘sha harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu harakatlar:

a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa — sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini o‘z ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

📌O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT KODEKSINING 244_4 -MODDASI

Telegram Instagram Facebook Web-sayt