Geoinnovatsiya Markazi DUK
170 subscribers
1.07K photos
157 videos
8 files
488 links
📌Ushbu kanalda Siz Geoinnovatsiya markazi davlat unitar korxonasining faoliyati, dronlar haqida ma'lumotlar va sohadagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borishingiz mumkin.
加入频道
Президент Шавкат Мирзиёев Кўксаройда мамлакатимиз мустақиллигининг 31 йиллиги муносабати билан тақдирланганларга давлат мукофотларини топширди.

Президент Шавкат Мирзиёев в резиденции "Куксарой" вручил государственные награды по случаю 31-й годовщины независимости нашей страны.

#Mirziyoyev #marosim #Mustaqillik #mukofotlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Aziz yurtdoshlar, qadrdonlar, kasbiga sodiq hamkasblar!

🇺🇿Sizni xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!

Mustaqillik bizga milliy o’ziga xosligimizni, or-nomus va g’ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimiz bilan faxrlanish tuyg'usini qaytargan bayram sifatida abadiy qoladi va jonajon Vatanimiz yilnomasiga oltin harflar bilan yoziladi.
Jonajon O‘zbekistonimiz nufuzi baland, xalqimiz farovon, osmonimiz doimo tinch va musaffo bo‘lsin!

💐Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

Hurmat bilan,
Kadastr agentligi direktor o'rinbosari, "Geoinnovatsiya markazi" DUK direktori Abdushukur Abdullayev

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз бир йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 31-й годовщине государственной независимости Республики Узбекистан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Aziz yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar!

Sizni va Siz orqali oila aʼzolaringizni, barcha yaqinlaringizni eng ulug‘, eng qutlug‘ bayram - istiqlolimizning 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.

Bu yillar davomida mamlakatimizni rivojlantirish, aholining turmush tarzini yaxshilash uchun butun xalqimiz mehnat qildi.

Bugun ana shu mehnatlarning samarasini bayram qiladigan kun. Bayramda hammaga yaxshi kayfiyat tilayman. Mustaqilligimizning 50-80 yilligini ham birgalikda nishonlash, ko‘plab hamkasblarimizni davlat mukofotlari bilan taqdirlash va tabriklash nasib qilsin.

Sizga va oila aʼzolaringizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt, xonadoningizga fayzu-baraka, tinchlik totuvlik tilayman!

Yurtimiz tinchligi, elimiz osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida mehnat qilib kelajagimizni birgalikda quramiz.

Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Kadastr agentligi direktori
Farrux Pulatov

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GEOINNOVATSIYA #DRON_SHOU #BACKSTAGE

DIQQAT E'LON

🇺🇿MUSTAQILLIGIMIZNING 31 YILLIGI MUNOSABATI BILAN MAGIC CITYDA DRON SHOU BO‘LIB O‘TADI!

📌BUGUN 1-SENTABR KECH SOAT 21:00 DA POYTAXTIMIZNING MAGIC CITY BOG‘IDA DRON SHOU BO‘LIB O‘TADI. BARCHA SHAHRIMIZ AHOLISINI TAKLIF QILAMIZ.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #mustaqillik_bayrami #31_yil #tabrik

💐Kadastr agentligi aziz yurtdoshlarimizni Mustaqilligimizning 31 yilligi bilan qutlaydi!

🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy, osmonimiz musaffo va xalqimiz omon bo‘lishini tilab qolamiz!

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GEOINNOVATSIYA #DRON_SHOU

🇺🇿Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan "MAGIC CITY" da DRON SHOU bo'lib o'tdi!

📹Jarayon qanday bo'lganini videorolikni tomosha qilib bilib olishingiz mumkin.

💐Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #xalqaro_hamkorlik

⚡️Saratovda dronlar shousi bo'lib o'tdi.

Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi boshqa davlatlarda ham dronlar shousini o'tkazishni boshladi. Joriy yilning 3-sentabr kuni Saratovdagi Volga daryosi ustiga 400 ta dron ishtirokida dronlar shousi o'tkazildi.

🔰Shou yerning birinchi kosmonavti Yuriy Gagarin xotirasiga bag'ishlandi.

🪐Tomoshabinlar sayyoralararo bo'shliqlarni zabt etuvchi quyosh tizimi, "Vostok" kosmik kemasi yodgorligi timsollarini dronlar yog'dusi orqali ko'rishdi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoa_tabrigi

Бугун Кадастр агентлиги директори ўринбосари – “Геоинновация маркази” ДУК директори Абдуллаев Абдушукур Хамидович Тошкент ахборот технологиялар университети ҳузуридаги илмий даражалар берувчи илмий кенгашда “Давлат ташкилотларининг архив фаолиятини ахборот-ҳужжатли ва метрологик таъминлаш усуллари, моделлари ва алгоритмлари” мавзуси бўйича техника фанлари доктори (DSc) диссертaциясини ҳимоя қилди.

Қарийб 3 соат давом этган ҳимоя жараёнида А.Абдуллаевнинг мавзуси Кенгаш аъзоларида катта қизиқиш уйғотди ва кенг муҳокама қилинди.

Кенгаш аъзолари бир овоздан А.Абдуллаевнинг ишини қўллаб-қувватладилар ва келгусида ушбу йўналишни давом эттириш ва шогирдлар етиштириш зарурлигини, бу йўналиш илм-фанда ҳам катта янгилик эканлигини таъкидладилар.

Устоз Абдушукур Хамидовични Кадастр агентлиги жамоаси ҳамда унинг тизимида фаолият олиб бораётган барча ҳамкасбларимиз номидан самимий қутлаймиз.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#tabrik

🇺🇿Bugun kadastr sohasida o‘z o‘rniga ega, minglab shogirdlarga ustozlik qilgan va kuni kecha Toshkent axborot texnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda “Davlat tashkilotlarining arxiv faoliyatini axborot-hujjatli va metrologik taʼminlash usullari, modellari va algoritmlari” mavzusi bo‘yicha texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan ustozimiz Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari – “Geoinnovatsiya markazi” DUK direktori Abdullayev Abdushukur Hamidovichni tavallud topgan kunlari.

💐Shu munosabat bilan“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi xodimlari nomidan ustozni muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog'lik tilaymiz.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#Geoinnovatsiya #taqdirlash

🇺🇿Bugun "Geoinnovatsiya markazi" DUK direktori Abdullayev Abdushukur Hamidovich Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan poytaxtimizning "MAGIC CITY" sayilgohida o'tkazilgan DRON SHOUda faol qatnashgan va mehnat qilgan bir nechta soha xodimlari hamda ko'ngilli volontyorlarni mukofotladilar.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Россия Федерацияси Президенти Владимир Путин 15 сентябрь куни ташриф билан мамлакатимизга келди.

Самарқанд халқаро аэропортида олий мартабали меҳмонни Ўзбекистон Бош вазири Абдулла Арипов кутиб олди.

Ташрифнинг биринчи кунида олий даражадаги музокаралар бўлиб ўтади, Ўзбекистон ва Россия ўртасидаги кўп қиррали ҳамкорликни янада ривожлантириш ва мустаҳкамлашнинг долзарб масалалари муҳокама қилинади.

Музокаралар якунида Ўзбекистон ва Россия ўртасидаги стратегик шериклик муносабатларини сифат жиҳатидан янги даражага кўтаришга қаратилган икки томонлама ҳужжатни имзолаш кўзда тутилган.

16 сентябрь куни Россия Президенти Владимир Путин Шанхай ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатлар раҳбарларининг навбатдаги саммитида иштирок этади.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇨🇳 Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпинни расмий кутиб олиш маросими

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
⚡️Бугун Самарқандда ШҲТнинг йирик саммити бўлиб ўтади

🔰Бугун, 15 сентябрь куни Самарқанд 14 давлат раҳбари иштирок этадиган йирик саммитга мезбон бўлади. Давлат раҳбарлари кенгаши мажлисида иштирок этиш учун Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон, Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедов, Россия Федерацияси Президенти Владимир Путин фахрий меҳмон сифатида иштирок этиш учун мамлакатимизга келди.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt