Geoinnovatsiya Markazi DUK
169 subscribers
1.07K photos
157 videos
8 files
488 links
📌Ushbu kanalda Siz Geoinnovatsiya markazi davlat unitar korxonasining faoliyati, dronlar haqida ma'lumotlar va sohadagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borishingiz mumkin.
加入频道
Joriy yilning 25-27 aprel kunlari Toshkentda “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar markazi maydonida “INNOPROM” O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

👉 Ko‘rgazmada "Geoinnovatsiya markazi" DUK qoshidagi "BSHARKUZ" qo'shma korxonasi va Rossiyaning “GEOSCAN” korxonasi o‘rtasida muzokaralar olib borilib, kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida kelishib olindi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#Kadastr #hayriya

🌙Ramazon oyi munosabati bilan “Inson qadri uchun–100 maqsad” shoiri ostida "Geoinnovatsiya markazi" DUK direktori A.Abdullayev boshchiligida Kadastr agentligi jamoasi Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi keksa va nogironligi bo'lgan shaxslar uchun mo'ljallangan “Saxovat” uyiga borib ularning holidan xabar olishdi hamda Ramazon oyi munosabati bilan sovg‘alar taqdim qilishdi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#Dron #qiziqarli_malumot

🔰Syurix universitetida, o’rmonda adashib qolgan odamlarni topa oladigan dronlar ishlab chiqarilgan. U skanner yordamida o’rmonni tadqiq qilib inson qoldirgan izlarni topa oladi.
🔹Bu moslama neyron tarmoqlar asosida vujudga kelgan sun’iy intellekt asosida yaratilgan. Kvadrokopterda ikkita kamera o’rnatilgan bo'lib, ular tufayli dron daraxtlar bilan to’qnashib ketishdan o’zini saqlaydi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
⁉️Dron o'zi nima?

Dron - uchuvchisiz uchish apparati. U masofadan boshqariladigan yoki avtomatik parvozlarni amalga oshirishga qodir.

📌Parvoz paytida bir qator foydali harakatlar amalga oshiriladi:

🔹turli joylar yoki obyektlarni suratga olish;
🔹davlat parametrlarini yig'ish;
🔹yerdagi vaziyatni tahlil qilish;
🔹tovarlarni ma'lum bir joyga etkazib berish;
🔹qidiruv ishlari;
🔹yuqori sifatli foto / video materiallarni olish.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
⚡️Dunyodagi eng g’aroyib dronlar

Dronlardan vaqtichog’lik maqsadida yoki jiddiy ish bajarish uchun foydalansa bo’ladi. Yil sayin avvalgidan yanada ko’proq vazifalarni bajara oladigan yangi takomillashtirilgan kvadrokopterlar paydo bo’lib boryapti.

📌Sizlarga 5 nafar o’ziga xos noyob kvadrokopterlar to’g’risida ma’lumotlarni tayyorlaganmiz.

Batafsil o'qish uchun

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#Dron #qiziqarli_malumot

🔰Manchesterda yong’in paydo bo’lgan joylarni zudlik bilan aniqlash maqsadida shu joylarni izlovchi kvadrokopter ishlab chiqarilgan.

🔹U 40 daqiqada bir yarim kilometrga teng masofani uchib o’tadi va uch kilometr balandlikka ko’tarila oladi.

📌Apparat real vaqt rejimida ishlagan holda planshetga videotasvirlarni jo’natadi hamda shu planshetning o’zidan boshqariladi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#hashar2022

◻️Ulug‘ ayyom arafasida, Hukumat farmoyishiga (199–F, 26.04.2022 y.) ko'ra, “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o‘tkazish maqsadida bugun barcha yurtdoshlarimiz hasharga chiqishgan.

◻️"Geoinnovatsiya markazi" DUK jamoasi vakillari ham bino atroflarini tozalash, ustki va ichki ko‘rinishini ozodalashda faol qatnashdilar.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Aziz yurtdoshlar!

🌙Butun xalqimiz intiqlik bilan kutgan Ramazon hayit bayrami bilan siz azizlarni, yurtimizdagi barcha musulmon ummatini chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tamoyillarini har tomonlama barqaror etib kelayotgan bu qutlug‘ bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, "Geoinnovatsiya markazi" DUK jamoasi😊

Telegram Instagram Facebook Web-sayt