Geoinnovatsiya Markazi DUK
168 subscribers
1.07K photos
157 videos
8 files
488 links
📌Ushbu kanalda Siz Geoinnovatsiya markazi davlat unitar korxonasining faoliyati, dronlar haqida ma'lumotlar va sohadagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borishingiz mumkin.
加入频道
#yosh_novatorlar

🌱Ayni dam, Kadastr agentligi tizimidagi tashkilot, muassasa va korxonalarda faoliyat olib borayotgan iqtidorli xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus, g‘oya va istaklarini ro‘yobga chiqarish maqsadida “Yosh novatorlar” ko‘rik tanlovining yakuniy bosqichi O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida o‘tkazilmoqda.

💠 Mazkur tanlovda 30 yoshgacha bo‘lgan yakka yoki 4 kishidan oshmagan holda guruh bo’lib Agentlik tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan yoshlar ishtirok etishmoqda.

Uni onlayn kuzatib boring: https://youtu.be/Hu_VYnerPv8

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Geoinnovatsiya #yosh_novatorlar

🇺🇿Bugun O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “Yosh novatorlar” ko'rik tanlovining Final bosqichi bo'lib o'tdi.

🌱Unda "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi xodimi Sardorbek Razzoqov qatnashib faxrli 2-o'rinni egalladi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#Kadastr #yosh_novatorlar

🇺🇿Bugun O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniosh vazirligida “Yosh novatorlar” ko'rik tanlovining Final bosqichi bo'lib o'tdi.

📝Finalda loyihalarni Kadastr agentligi tomonidan tayinlangan soha mutaxassislari baholab berishdi.

🏆Natijalar quyidagicha:

🥇1-o'rin -
Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari - Paraxat Ajimuratov, Muxiddin Habibullayev, Azamat Usenov.
🥈2-o'rin -
"Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar koroxnasi xodimi - Sardorbek Razzoqov.
🥉3-o'rin -
"Kartografiya" davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi xodimi - Nizomxo'ja Nozimov.

🎉Bu o'rinlardan tashqari;

"Tanlov kashfiyoti",
"Eng kreativ g‘oya",
"Muammo va yechim",
"Eng yaxshi novator",
"Eng faol guruh"
nominatsiyalari ham o'z egalarini topdi va qimmatbaho sovg'alar bilan birgalikda ishtirokchilarga topshirildi.

🗂Ko‘rik tanlovga sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan 30 dan ortiq taklif va materiallar kelib tushdi. Ularning ichidan yakuniy bosqich uchun eng munosib 8 ta loyihani maxsus komissiya a’zolari saralab berdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
⚜️Malaka oshirgan matbuot xodimlariga SERTIFIKAT topshirildi⚜️

🔰Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy va tizim tashkilotlarining matbuot kotiblari uchun malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi.

💠Bosqichlarga bo‘linib tashkil etilgan mazkur o‘quv kurslarida matbuot kotiblari guruhga bo‘lingan holda malaka oshirish darslarida faol qatnashdilar.

💠O‘quv kurslari davomida xodimlarga Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati mutaxassislari sohaga oid bilim va ko‘nikmalar berishdi.

💠Bugun Kadastr agentligi markaziy apparatida malaka oshirish kurslarida faol va belgilangan test savollaridan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarga Direktorning birinchi o‘rinbosari A.Allaberganov Sertifikat topshirdi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt