Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi
374 subscribers
15.1K photos
885 videos
23 files
2.63K links
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Namangan viloyati boshqarmasining rasmiy kanali

Murojaatlar uchun: @econam_bot
加入频道
“Daraxtlarga nafas bering” ommaviy tadbirlari davom etmoqda.

Tabiatni asrab-avaylash, ekologik musaffolikni taʼminlash, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muhim masalalardan biriga aylanib bormoqda.

Namangan viloyatining barcha hududlarida “Obodonlashtirish oyligi”ga hamohang tarzida daraxt va buta ko‘chatlarini parvarishlash, qurib qolishini oldini olish bo‘yicha “Daraxtlarga nafas bering” ommaviy tadbirlari ham o‘tkazilmoqda.

Tadbirda inspektorlar tomonidan viloyatimizning Kosonsoy, Uychi Yangi Namangan tumanlarida hamda Namangan shahrida korxona, tashkilotlar hududlaridagi va katta yo‘l bo‘ylari, piyodalar yo‘lagidagi manzarali daraxt va butalarning osti asfalt va beton qoplamalaridan xalos etildi va o‘rnatilgan turli chiroqlar, reklama bannerlaridan olib tashlanib, sug‘orish ishlari bajarildi.

Daraxt va butalarni shikastlantirish yoki qurib qolish darajasigacha zarar yetkazish bo‘yicha Yangi Namangan tumani inspektorlari tomonidan bir nafar shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi.

Tadbirda, obodonlashtirish bo‘limi va “Namanganyo‘lko‘kalam” unitar korxonasi ishchi xodimlari ham faol ishtirok etishdi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://yangx.top/eko_xabarlar
Namangan shahrida belgilanmagan hududlarga chiqindi tashlaganlarga qonuniy chora ko‘rildi

Prezidentimiz tomonidan joriy yil 31 mayda qabul qilingan «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmon hamda “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash bo‘yicha, Namangan viloyati prokuraturasi, Ekologiya va Ichki ishlar boshqarmalari hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida belgilanmagan joylarga chiqindilar tashlanishini oldini olish bo‘yicha tungi reyd tashkil etildli.

Namangan shahrining, Chorsu, Boburshoh, A.Xodjayev, Navoiy hamda Istiqlol ko‘chalarida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida fuqarolar tomonidan belgilanmagan hududga turli-xil chiqindilarni tashlanishini oldi olindi. Chiqindi tashlagan 20 nafardan ortiq fuqarolarga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-1-moddasi bilan tegishli tartibda jarima tayinlandi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://yangx.top/eko_xabarlar
Ijtimoiy tarmoq orqali To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan chiqindi pavilonidan chiqayotgan zaharli tutun atrof-muhitga jiddiy ziyon yetkazoyotgano yuzasidan qilingan murojaatga munosabat.

Murojaat Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi va “Musaffo iqlim” MCHJ tomonidan murojaatchilar ishtirokida joyiga borib o‘rganildi. O‘rganish chog‘ida yong‘inni bartaraf etish chorasini ko‘rilib, poligonni rekultivatsiya qilish bo`yicha tegishli ko`rsatma berildi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://yangx.top/eko_xabarlar
“Daraxtlarga nafas bering” ommaviy tadbirlari davom etmoqda

Norin tumanining barcha hududlarida “Obodonlashtirish oyligi”ga hamohang tarzida daraxt va buta ko‘chatlarini parvarishlash, qurib qolishini oldini olish bo‘yicha “Daraxtlarga nafas bering” ommaviy tadbirlari ham o‘tkazilmoqda.

Tadbirda inspektorlar tomonidan tumanimizning Toshloq mahalla hududidagi va katta yo‘l bo‘ylari, piyodalar yo‘lagidagi manzarali daraxt va butalarning osti asfalt va beton qoplamalaridan xalos etildi va o‘rnatilgan turli chiroqlar, reklama bannerlaridan olib tashlanib, sug‘orish ishlari bajarildi.Shu bilan birga “Daraxtlarga nafas bering” chelenji ham o‘tkazildi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://yangx.top/eko_xabarlar
Namanganda noqonuniy qum-shag‘al qazib olayotganlarga qat'iy choralar ko‘rilmoqda

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi Kosonsoy tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan noruda foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olinishining oldini olish bo‘yicha reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tumanning “Obodon” mahallasi hududida o‘tkazilgan reyd tadbirida shu hududdan oqib o‘tgan Xitoysoy o‘zanidan fuqaro D.A. tomonidan o‘zining boshqaruvidagi "Volvo" rusumli ekskavatorda qum-shag‘al qazib olib yuk mashinalariga yuklayotgani aniqlandi.

Holat bo‘yicha D.A.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 71-moddasi 1-qismiga ko‘ra bazaviy hisoblashning 30 barobari miqdorida 9 900 000 so`m jarima tayinlandi. Shuningdek, qum-shag‘al olingan hududda mutaxassislar tomonidan o‘lchov ishlari olib borilib, 4 600 000 so`m tabiatga yetkazilgan  zarar hisoblandi.

Viloyatda reyd tadbirlari davom etmoqda.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati