Edu.uz
142K subscribers
21.6K photos
4.67K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#Xushxabar

⚡️⚡️Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalariga maxsus “Verified” (tasdiqlangan) belgisiga ega boʻldi.

Telegram: @eduuz
Instagram: instagram.com/edu.uz
Facebook: facebook.com/eduuzrasmiy

❗️Sahifalarning nomidagi maxsus belgi orqali rasmiy manbani soxta profillardan oson ajratish hamda asossiz va yolgʻon xabarlar tarqalishining oldini olish mumkin.

✔️ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi faoliyati, shuningdek, oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylarda amalga oshirilayotgan islohotlarga doir yangiliklar, huquqiy sharhlarni vazirlikning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari orqali kuzatib boring!

➡️ @eduuz
ЎЗБЕКИСТОН-ТУРКИЯ: ОЛИЙ ТАЪЛИМ СОҲАСИДАГИ ҲАМКОРЛИК ЯНГИ БОСҚИЧДА

Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов ҳамда Туркия Республикаси Олий таълим кенгаши раиси Эрол Ўзвар бошчилигидаги делегация аъзолари ўртасида икки давлат олий таълим соҳасидаги ҳамкорлик алоқаларини кенгайтириш доирасида ишчи учрашув бўлиб ўтди.

Учрашув давомида Ўзбекистон ва Туркия олий таълим тизими раҳбарлари икки томонлама ҳамкорлик алоқаларнинг бугунги ҳолати ва уни янги босқичга кўтариш имкониятларини муҳокама этишди.

Жумладан, юртимизда ҳамкорликда университет ташкил этиш, ўзбекистонлик ўқувчи ва талабаларнинг Туркия олий таълим муассасаларида таълим олиш учун грантлар ажратиш, қишлоқ хўжалиги, тиббиёт, техника ва муҳандислик соҳаларида кадрлар тайёрлаш, математика, физика, химия, геология каби йўналишлардаги ҳамкорликни кучайтириш юзасидан фикр алмашилди.

👉 Батафсил

➡️ На русском
➡️ in English

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Адолатли ижтимоий сиёсат юритиш, инсон капиталини ривожлантириш йўналишида стратегияда белгиланган вазифалар:

- мактаб таълими сифатини ошириш, келгуси беш йилда мактабларда қўшимча 1,2 миллион ўқувчи ўрни яратиш ҳамда дарсликларни янгилаш;

- барча ҳудудларда мактабгача таълимнинг қамров даражасини 67 фоиздан 80 фоизга етказиш;

- камида 10 та олийгоҳнинг нуфузли халқаро рейтингларга киришини таъминлаш;

- хусусий шериклик асосида 100 минг ўринли талабалар
турар жойлари
ни барпо этиш;

- бюджетдан дори воситалари ва тиббий буюмларга ажратиладиган маблағларни 3 бараварга ошириш;

- бирламчи тиббиёт хизматлари сифатини ошириш, моддий-техник базасини мустаҳкамлаш, рақамли тиббиётни кенг жорий қилиш.

#Мирзиёев #видеоселектор #тараққиёт_стратегияси

Манба

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tanlov

Xabaringiz bor, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida onlayn maqolalar tanlovi e’lon qilingan edi.

Tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, iste’dodli yoshlarni aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratishda hamda oliy maqsadlarimizdan biri boʻlgan Uchinchi Renessans poydevorini qurishda yoshlarning ishtirokini ta’minlash va ularda daxldorlik fazilatlarini qaror toptirish, milliy qadriyatlarni tiklashdan iboratdir.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talaba yoshlar tomonidan joriy yilning 20-yanvar kuniga qadar 2500 dan ortiq maqola (ilmiy-ijodiy ish)lar qabul qilindi.

Hozirda tanlov shartlari va baholash mezonlari boʻyicha hakamlar hayʼati tomonidan tanlov nizomi va baholash mezonlari asosida xolis va shaffof tarzda gʻoliblarni aniqlash jarayonlari davom etmoqda.
___
👉 @eduuz
#Tanlov_2022

⚡️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorlikda talabalar (bakalavriat, magistratura) va yosh tadqiqotchilarning ilm-fan sohasidagi innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar respublika tanlovini e’lon qiladi.

📌Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-innovatsion ishlanmalar (qurilma, asbob-uskunalar va boshqalar) 2022-yilning 1-mart kuniga qadar qabul qilinadi:

👉 texnika va texnologiya;
👉 axborot texnologiyalari;
👉 tibbiyot;
👉 qishloq va suv xo‘jaligi;
👉 arxitektura va qurilish.

☝️Tanlovga 40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov g‘oliblari:

🥇-o‘rin uchun 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m;
🥈-o‘rin uchun 20 000 000 (yigirma million) so‘m;
🥉-o‘rin uchun 10 000 000 (o‘n million) so‘m pul mukofoti va maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

Batafsil 👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Халқаро_ҳамкорлик

КАЗГУУ иштирокида илмий ва инновация соҳаларда ҳамкорлик масаласи муҳокама қилинди

Олий ва ўрта махсус таълим вазири ўринбосари Рахимжон Хакимов ва М.С.Нарикбоев номидаги Қозоғистон гуманитар-юридик университети бошқаруви раиси Талгат Нарикбоев ўртасида учрашув бўлиб ўтди.

Учрашувда «КАЗГУУ» ва Ўзбекистоннинг юридик соҳада таълим берувчи олий таълим муассасалари ўртасидаги ҳамкорлик истиқболлари, хусусан, илмий ва инновация соҳаларда ҳамкорлик қилиш, қўшма таълим дастурларини ривожлантириш масалалари муҳокама қилинди.

– Ҳамкорлик борасида сўз юритадиган бўлсак, КАЗГУУ университети билан илмий ва инновация соҳаларда ҳамкорликни кенгайтириш, қўшма таълим дастурларини ривожлантириш томонлар ўртасидаги шериклик алоқаларини янги босқичга кўтаришга хизмат қилади, – деди Р.Хакимов.

➡️ Батафсил 👈

На русском 👉 https://edu.uz/ru/news/view/3439


🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шавкат Мирзиёев: Биргаликда ҳамма ҳаракат қилмаса натижа бўлмайди

Президентимиз Шавкат Мирзиёев раислигида Янги Ўзбекистоннинг 2022-2026 йилларга мўлжалланган тараққиёт стратегиясини белгилаш ҳамда уни жорий йилда амалга ошириш масалалари муҳокамаси юзасидан ўтказилган видеоселектор йиғилишида олий таълим тизимини ривожлантиришга доир аниқ топшириқлар берилди.

👉 @eduuz 👈
#Eʼlon
#Professional_taʼlim

❗️ Professional taʼlim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanmalar yaratish bo‘yicha tanlov muddati uzaytirildi

📖 Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi professional taʼlim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanmalarni yaratish bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.

📚 Professional taʼlim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanmalar yaratishga qo‘yiladigan umumiy talablar va tanlovda ishtirok etish bo‘yicha shartlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin 👉 edu.uz.

📌 Tanlovda ishtirok etish uchun tayyorlangan takliflar joriy yilning 5-fevral kuniga qadar Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutiga taqdim etiladi.

☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun telefon: 71-246-69-22

👉 Batafsil

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tavsiya

⚡️ Tanlov ishtirokchilari diqqatiga: test.argos.uz savollaridan namunalar eʼlon qilinmoqda!

🔷 Koʻpsonli tanlov ishtirokchilari — vakant lavozim uchun nomzodlar talabiga muvofiq, endilikda test.argos.uz — davlat xizmatchilarini sinovdan oʻtkazish modulidagi test savollaridan namunalar eʼlon qilib boriladi.

🔰 Bunda har kuni har bir yoʻnalishdan bittadan (jami 5 ta) savol viktorina shaklida berib boriladi. Siz savolga notoʻgʻri javob berganingizda ham toʻgʻri javobni bilish imkoniyatiga ega boʻlasiz!

❗️Eslatib oʻtamiz, eʼlon qilinadigan savollar namunalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan modulga qoʻshilgan boʻlib, umumiy savollar vaznining 50%ni tashkil etadi.

Oʻz bilimingizni sinovdan oʻtkazib boring!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Муносиб_эътироф

🎖Қуролли Кучлар тизимидаги олий таълим муассасаларида таълим жараёнини ташкил этишга қўшган ҳиссаси ва ўзаро ҳамкорликда амалга оширилган ислоҳотлардаги иштироки учун Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов “Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучларига 30 йил” эсдалик нишони билан тақдирланди.

💐Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги жамоаси Абдували Холиқовни ушбу юксак эътироф билан самимий муборакбод этиб, келгуси ишларига ривож тилайди!

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube