Edu.uz
142K subscribers
21.6K photos
4.67K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIDA OʻQUV SEMINAR OʻTKAZILDI

🔰Namangan davlat universitetida ijarada yashovchi talabalarning xavfsizligini taʼminlash, yashash sharoitlarini oʻrganish, ijara xonadonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, talabalarni is gazi, yongʻin xavfsizligi, elektr taʼminoti, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlarini nazorat qilish boʻyicha oʻquv seminar oʻtkazildi.

🔸Seminarda Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Namangan HETK AJ, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Namangan viloyati boshqarmasi, “Hududgaz” Namangan gaz taʼminoti filiali mutaxassislari, universitet rahbariyati hamda 76 nafar tyutorlar ishtirok etishdi.

✔️Seminar yakunlangach, hamkor tashkilotlar mutaxassislari va tyutorlar birgalikda ijara xonadonlariga tashrif buyurib, xonadon egalari bilan dalolatnomalar tuzildi. Bunday tadbirlarni haftaning chorshanba kuni oʻtkazishga kelishib olindi.

👉 Eduuzdan yiroqlashmang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_anjumani

EʼLON❗️

Bugun, 4-noyabr kuni soat 15:00da
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida oliy taʼlim muassasalari milliy reytingi eʼlon qilinishi munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkaziladi.

Anjumanda, shuningdek, quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha eng yuqori va eng past oʻrin olgan OTMlar eʼlon qilinadi:

🔹professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati

🔹taʼlim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi va ilmiy-tadqiqot ishlarining natijadorligi

🔹xorijiy talabalar va professor oʻqituvchilar ulushi

va boshqalar...

Mavzu yuzasidan qiziqish bildirgan barcha OAV vakillari taklif etiladi.

Manzil: Toshkent sh, Chilonzor t, Nurxon koʻchasi 21-uy, Taʼlim inspeksiyasi binosi

Telefon: +998 71 231-07-53 (1088)
_______
👉@eduuz
Ta’limni isloh qilish bo‘yicha xalqaro ekspert bilan uchrashuv

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Jahon bankining “Oliy ta’limni modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha vazir maslahatchisi sifatida faoliyat olib boradigan xalqaro ekspert Bastian Baumanni qabul qildi.

Ikki tomonlama bo‘lib o‘tgan muloqotda O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan asosiy o‘zgarishlar bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama etildi va fikr almashildi.

Jumladan, muloqot davomida xalqaro ekspert tomonidan loyihani amalga oshirish jarayonida oliy ta’lim tizimida sifatni ta’minlash bo‘yicha qator ijobiy natijalarga erishilayotganligi qayd etib o‘tildi.

Shuningdek, loyihada belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishda vazirlik jamoasining sa’y-harakatlari alohida ahamiyat kasb etayotganligini e’tirof etib o‘tdi.

Shu bilan birga, vazirlik tomonidan mutaxassis bilan birgalikda kelgusida oliy ta’lim tizimida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Ma’lumot o‘rnida, professor Bastian Bauman Yevropa, Yaqin Sharq, Lotin Amerikasi, Markaziy Osiyo va Afrikaning ko‘plab mamlakatlarida ishlagan, ta’limni isloh qilish bo‘yicha 20 yillik tajribaga ega. Turli xalqaro tashkilotlarda, jumladan, Yevropa Komissiyasi, Yevropa Kengashi, YUNESKO, Jahon banki, Yevropa ta’lim jamg‘armasida ekspert bo‘lib faoliyat yuritgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Live

⚡️ Ayni paytda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida oliy taʼlim muassasalari reytingini eʼlon qilishga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.

📌 Unda Respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarining

🔹professor-oʻqituvchilar ilmiy faoliyati
🔹 oʻquv-metodik ishlar va oʻqitish sifati
🔹 talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati
🔹 jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish

yoʻnalishlari boʻyicha faoliyatiga baho beriladi.

📹 Tadbirni quyidagi havola orqali real vaqt rejimida toʻgʻridan toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin: https://www.facebook.com/uztdi/

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Live

Ayni damda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida oliy ta’lim muassasalari milliy reytingini e’lon qilishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda

Unda Ta’lim inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Respublika oliy ta’lim kengashi mutasaddilari mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari milliy reytingi natijalari borasida so‘z yuritilmoqda hamda ularning nufuzli xalqaro reytinglardan o‘rin olishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berilmoqda.

Xususan, konsepsiyada respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan agentliklar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish belgilangan.

Oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqish va ularni xalqaro reytinglarga kirishiga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan so‘nggi to‘rt yilda oliy ta’lim muassasalarining Milliy reytingi e’lon qilib borilmoqda.

Xalqaro tajribalarga ko‘ra, dunyodagi nufuzli universitetlar faoliyatining asosiy bosh mezoni – bu akademik nufuzi, ilmiy tadqiqot faoliyatining natijadorligi va kadrlar sifatidir.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube