Edu.uz
142K subscribers
21.6K photos
4.67K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 46 kun qoldi.
—————
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось 46 дней.

👉🏻Телеграм - Фейсбук - Инстаграм - You Tube - Twitter
Talabalar turar-joylari tezkor o‘rganildi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoq va internet saytlari orqali talabalar turar-joylarida joylar cheklangani, oliy taʼlim muassasalari talabalarga sababsiz yotoqxonalardan joy berilmayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Ushbu holatlarni oʻrganish maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov boshchiligida vazirlik masʼul rahbarlaridan iborat tezkor guruh bir qator OTM yotoqxonalarida talabalarning qulay turmush tarzi uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

Jumladan, vazir A.Toshqulov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida boʻlib, universitetning umumiy sigʻimi 867 oʻringa moʻljallangan ikkita talabalar turar-joyidagi sharoitlar, 380 oʻrinli kapital taʼmirdan chiqarilayotgan va jihozlash ishlari olib borilayotgan turar-joy binosi bilan yaqindan tanishdi hamda hududlardan kelayotgan talabalarni yotoqxonalarga joylashtirish holatini oʻrgandi.

👉 Batafsil
👉 Читайте на русском
👉 Read in English
____
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Vazir o‘rinbosarlari ham bir qator OTMning yotoqxonalarini joyida oʻrgandi

Xabar berganimizdek, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri boshchiligida vazirlik masʼul rahbarlaridan iborat tezkor guruh tomonidan bir qator OTM yotoqxonalarida talabalarni joylashtirish holatini o‘rganish yo‘lga qo‘yildi.

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari K.Karimov, vazir o‘rinbosarlari – R.Xakimov va S.Buzrukxonovlar ham Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari, Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat hamda Toshkent pediatriya tibbiyot institutlarida boʻlib, uzoq hududlardan kelgan talabalarni joylashtirish qay darajada tashkil etilganini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida yotoqxonalarda qoʻshimcha joylar ajratishga doir zarur tadbirlarni amalga oshirish hamda sunʼiy toʻsiqlar yuzaga kelganda qatʼiy choralar koʻrish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

👉 Batafsil
👉 Читайте на русском
______
➡️ @eduuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan loyiha doirasida xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ham suhbatdoshimiz bo‘ldi. Ushbu sonda – Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Szyan Yan xonim.

В рамках проекта, посвященного 30-летию независимости страны, нашими собеседниками стали и главы дипломатических представительств иностранных государств в Узбекистане. В этом выпуске – Чрезвычайный и Полномочный посол Китайской Народной Республики госпожа Цзян Янь.

©️ https://yangx.top/Press_Secretary_Uz

Facebook|Instagram|Twitter
KOLLEJ_ KUNDUZGI QABUL KVOTASI.pdf
1.9 MB
#Kvota_kollej_2021

Kollejlarga KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi.

Kunduzgi ta’lim shakliga qabul kvotasi respublika bo‘yicha jami 53 452 nafar etib belgilandi.

Shundan:

Davlat granti asosida — 7 271 nafar;

To‘lov-kontrakt asosida — 46 181 nafar.

‼️Kollejlarga onlayn hujjat topshirish 10-sentabrga qadar https://kollej.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
KOLLEJ_ SIRTQI QABUL KVOTASI.pdf
1.4 MB
#Kvota_kollej_2021

🔰Kollejlarga SIRTQI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi

Sirtqi ta’lim shakliga qabul kvotasi respublika bo‘yicha jami 15 119 nafar etib belgilandi.

Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

‼️Kollejlarga onlayn hujjat topshirish 10-sentabrga qadar https://kollej.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kvota_kollej_2021

🔰Kollejlarga KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi

🔸Kechki ta’lim shakliga qabul kvotasi respublika bo‘yicha jami 7 775 nafar etib belgilandi.

🔹Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

‼️Kollejlarga onlayn hujjat topshirish 10-sentabrga qadar https://kollej.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube