Edu.uz
142K subscribers
21.6K photos
4.66K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#Live

⚡️ Ayni paytda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida oliy taʼlim muassasalari reytingini eʼlon qilishga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.

📌 Unda Respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarining

🔹professor-oʻqituvchilar ilmiy faoliyati
🔹 oʻquv-metodik ishlar va oʻqitish sifati
🔹 talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati
🔹 jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish

yoʻnalishlari boʻyicha faoliyatiga baho beriladi.

📹 Tadbirni quyidagi havola orqali real vaqt rejimida toʻgʻridan toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin: https://www.facebook.com/uztdi/

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Live

Ayni damda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida oliy ta’lim muassasalari milliy reytingini e’lon qilishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda

Unda Ta’lim inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Respublika oliy ta’lim kengashi mutasaddilari mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari milliy reytingi natijalari borasida so‘z yuritilmoqda hamda ularning nufuzli xalqaro reytinglardan o‘rin olishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berilmoqda.

Xususan, konsepsiyada respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan agentliklar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish belgilangan.

Oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqish va ularni xalqaro reytinglarga kirishiga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan so‘nggi to‘rt yilda oliy ta’lim muassasalarining Milliy reytingi e’lon qilib borilmoqda.

Xalqaro tajribalarga ko‘ra, dunyodagi nufuzli universitetlar faoliyatining asosiy bosh mezoni – bu akademik nufuzi, ilmiy tadqiqot faoliyatining natijadorligi va kadrlar sifatidir.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Matbuot_anjumani

Ta’lim inspeksiyasi tomonidan 2020 yil yakunlari bo‘yicha ham milliy reyting tayyorlandi.

Milliy reyting doirasida bitiruvchilari mavjud 62 ta (27 ta filiallari bilan jami 89 ta) oliy ta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligiga 4 ta yo‘nalishda 20 ta indikatorlar asosida baho berildi:

ilmiy-tadqiqot faoliyati va ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi;
o‘quv-metodik ishlar faoliyati va o‘qitish sifati;
talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati;
sportni rivojlantirish.

U.Tashkenbayev, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Matbuot_anjumani

Milliy reyting natijalari oliy ta’lim muassasalari sohaviy mansubligidan kelib chiqqan holda quyidagilar bo‘yicha tayyorlandi:

1️⃣ Ijtimoiy-gumanitar soha OTM – 29 ta;

2️⃣ Texnika va qishloq xo‘jaligi sohasi OTMlari – 19 ta;

3️⃣ Meditsina sohasi OTMlari – 9 ta;

4️⃣ Madaniyat, san’at va sport sohasi OTMlari – 5 ta.


Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Matbuot_anjumani

UMUMIY REYTING E'LON QILINDI

Yetakchi o‘rinlarni:

1-o‘rin –
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;

2-o‘rin – O‘zbekiston milliy universiteti;

3-o‘rin – Toshkent tibbiyot akademiyasi egalladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Matbuot_anjumani

Milliy reytingda so‘nggi o‘rinlarni quyidagi oliy ta'lim muassasalari egalladi:

— Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

— Navoiy davlat pedagogika instituti,

— Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti;

— Nukus davlat pedagogika instituti;

— Qo‘qon davlat pedagogika instituti.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#TOP_10

UMUMIY MILLIY REYTINGDA TOP-10 OTM

1️⃣
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

2️⃣ O‘zbekiston milliy universiteti

3️⃣ Toshkent tibbiyot akademiyasi

4️⃣ Samarqand davlat universiteti

5️⃣ Toshkent moliya instituti

6️⃣ Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

7️⃣ O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

8️⃣ Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

9️⃣ Navoiy davlat konchilik instituti

🔟 Buxoro davlat tibbiyot universiteti


Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Reyting_filial

Ilk bor oliy ta'lim muassasalari filiallarining reytingi tuzildi

Unga ko‘ra, eng yuqori 5 talik oʻrinlarni:

1.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaoligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali;

2. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali;

3. Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filiali;

4. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali;

5. Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali egalladi.

Soʻnggi 5 talik oʻrinlarni:

23.
Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti Yangiyer filiali;

24. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali;

25. Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali;

26. Toshkent davlat pedagogika universiteti Shaxrisabz filiali;

27. Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali egalladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Matbuot_anjumani

Ijtimoiy-gumanitar soha boʻyicha OTMlar reytingi

Eng yuqori 5 talik
:

🔝Oʻzbekiston milliy universiteti
🔝Samarqand davlat universiteti
🔝Toshkent moliya instituti
🔝Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
🔝Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

Eng quyi 5 talik:

🔻 Navoiy davlat pedagogika instituti
🔻 Nukus davlat pedagogika instituti
🔻 Qoʻqon davlat pedagogika instituti
🔻Jizzax davlat pedagogika instituti

Maʼlumot oʻrnida, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan 29 ta OTMning koʻrsatkichlari natijasiga koʻra reyting aniqlangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Milliy_reyting

Texnika va qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha OTMlar reytingi

Eng yuqori 5 talik
:
🔝Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
🔝Navoiy davlat konchilik instituti
🔝Toshkent axborot texnologiyalar universiteti
🔝Toshkent davlat agrar universiteti
🔝Namangan muhandislik texnologiya instituti

Eng quyi 5 talik:
🔻 Namangan muhandislik qurilish instituti
🔻 Toshkent kimyo texnologiyalar instituti
🔻 Samarqand veterinariya tibbiyot instituti
🔻 Fargʻona politexnika instituti
🔻 Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti

Maʼlumot oʻrnida, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan 19 ta OTMning koʻrsatkichlari natijasiga koʻra reyting aniqlangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Milliy_reyting

Tibbiyot sohasi boʻyicha OTMlar reytingi

Eng
yuqori 3 talik:

🔝Toshkent tibbiyot akademiyasi
🔝Buxoro davlat tibbiyot instituti
🔝Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

Eng quyi 3 talik:

🔻 Andijon davlat tibbiyot instituti
🔻Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti
🔻Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

Maʼlumot oʻrnida, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan 9 ta OTMning koʻrsatkichlari natijasiga koʻra reyting aniqlangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Milliy_reyting

Sanʼat, madaniyat va sport sohalari boʻyicha oliy taʼlim muassasalari reytingi

🔝Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
🔝Milliy rassomchilik va dizayn instituti
🔝Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi

🔻Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
🔻Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
.

Maʼlumot oʻrnida, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan 5 ta OTMning koʻrsatkichlari natijasiga koʻra reyting aniqlangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tyutorlar

Tyutor – talabalar uchun eng yaqin maslahatchi!

Oliy taʼlim tizimida yangi joriy etilgan "tyutor" shtat birligi boʻyicha Andijon davlat universitetida 79 nafar mutaxassis saralab olindi.

Oliygohda har bir tyutorga 130 nafardan talabalar biriktirilgan.


Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
DOKTORANTURA_2022.pdf
7 MB
#Doktorantura_2022

DIQQAT! MUHIM XABAR!!

🔰 2022-yildan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura)da oʻqish uchun OTMda oʻtkaziladigan imtihon sanalari aniq boʻldi.

🗓 Ilova orqali OTMda oʻtkaziladigan imtihon sanalari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin.

📽 Shuningdek, imtihon jarayonlarini ilovada keltirilgan manzillar orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Britaniya hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Oliy ta’lim sohasida Buyuk Britaniya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama etish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimovning Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Timoti Torlou (Timothy Torlot) bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida bo‘lib o‘tgan suhbat oliy ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning umumiy masalalariga bag‘ishlandi.

Shuningdek, tomonlar elchi taklifiga binoan Britaniya Kengashi va ikki mamlakat oliy ta'lim muassasalari ishtirokida davra suhbati tashkil etish g‘oyasi bo‘yicha fikr almashdilar.

Batafsil: 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3163

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube