Edu.uz
142K subscribers
21.6K photos
4.66K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#Akademik_litsey

MANDAT!!!

2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarini topshirgan oʻquvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

Akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalar (mandat)ni:

— vazirlikning litsey.edu.uz rasmiy veb-sayti;

— OTM tasarrufidagi akademik litseylarning rasmiy veb-saytlari orqali aniqlash mumkin.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned a photo
#Akademik_litsey 👆👆👆👆

Xabaringiz bor, akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

Hozirda ko‘pchilik fuqarolar yakuniy natijalarni (mandat) litsey.edu.uz sayti orqali o‘z shaxsiy kabinetlaridan aniqlashga harakat qilishmoqda.

Natijalarni shaxsiy kabinetdan emas, balki litsey.edu.uz saytining asosiy oynasida biriktirilgan “MANDAT” menyusiga kirgan holda bilish mumkin. 👆👆👆
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tavsiya
#Bayram_muborak_aziz_ustozlar #Oddiy_muallimda_oddiy_muallim
#Albatta_koʻring

🗓 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni!

💐 Bayram munosabati bilan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi ijodkorlari bilan Qarshi davlat universiteti talabalari ishtirokida tayyorlangan video tabrik.
____
Bizdan yiroqlashmang:
👉 https://yangx.top/eduuz 👈
“Fan va taraqqiyot” ilmiy mussasasining faoliyat samaradoligi oʻrganildi

Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi “Fan va taraqqiyot” davlat unitar korxonasining tashkiliy tuzilmasi, kelgusida ilmiy faoliyat natijadorligi hamda samaradorligini oshirishdagi vazifa va mavjud muammolarni oʻrganishga qaratilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida ilmiy muassasada ilm-fanni rivojlantirish borasida olib borilayotgan innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishildi.

Batafsil 👈
_____
Bizdan yiroqlashmang:
👉 https://yangx.top/eduuz 👈
​​#Talabalar_turar_joyi

Talabalar turar-joyiga joylashishning qanday talablari, ijarada yashaydigan talabalar uchun OTMning qanday shartlari mavjud?

Bu haqida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ullari va soha mutaxassislari hamkorligida tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob olish mumkin.

Shuningdek, sohadagi mavjud muammolarning yechimi borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar beriladi.
"YOSHLAR VA SAYLOV" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI/КРУГЛЫЙ СТОЛ НА ТЕМУ "МОЛОДЁЖЬ И ВЫБОРЫ"

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zolari tashabbusi bilan TDSHUda "Yoshlar va saylov" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Suhbatda yoshlar huquqiy savodxonligini oshirdilar va saylov borasida o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

🇷🇺По инициативе членов Молодежного парламента при Сенате Олий Мажлиса Республики Узбекистан в ТГУВ состоялся круглый стол на тему "Молодежь и выборы". В ходе беседы молодые люди повысили юридическую грамотность и получили ответы на интересующие их вопросы касательно выборов.
———
Bizdan yiroqlashmang:
👉 https://yangx.top/eduuz 👈
#Soʻragan_edingiz

Talabalarga turar-joy ijarasi uchun 50 foizlik chegirma kimlarga qay tartibda beriladi?

10 foizli imtiyoz faqat joriy o‘quv yilida o‘qishga kirganlarga taalluqlimi?

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardor USMANOV tomonidan “Darakchi” gazetasi tahririyatiga fuqarolardan turar-joy ijarasi uchun 50 foizlik chegirma va 10 foizli imtiyoz boʻyicha kelib tushgan murojaatlar asosida batafsil ma’lumotlar berildi.

———
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!
#Tayinlov

📌 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Islomjon Ilxomjonovich Zokirov Farg‘ona davlat universitetining ilmiy ishlar
va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
i lavozimiga tayinlandi.

Islomjon Zokirov 1979-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2003-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.

Biologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.

Shu kunga qadar Farg‘ona davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti dekani lavozimida ishlagan.

———
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!
#Tayinlov

📌 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Akmaljon Axmadjonovich O‘rinov Farg‘ona davlat universitetining moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Akmaljon O‘rinov 1975-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1999-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

Shu kunga qadar Farg‘ona davlat universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan.

———
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!