Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#Qonunchilik_yangiliklar

⚡️ Har yili hokimliklar 100 nafar, moliyaviy barqaror OTM 50 nafar xotin-qiz talabani bepul oʻqitishi mumkin

Hukumat qarori (585-son, 17.09.2021 y.) bilan Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollar oliy taʼlim olishlarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

🎓 Nizomga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2021/2022-oʻquv yilidan boshlab har yili oʻzlarining hududlaridan oʻqishga kirgan 25 nafardan hamda 2-4-kurslarda oʻqiyotgan 75 nafar (har bir kursdan – 25 nafardan), jami 100 nafar xotin-qizlar uchun toʻlov-kontrakt summasini toʻrt oʻquv yilining yakunlanishiga qadar toʻlab beradi.

☑️ Moliyaviy barqaror davlat OTM tomonidan ularning kengashlari qaroriga muvofiq, 50 nafargacha xotin-qizlar birinchi oʻquv yilida bepul oʻqitiladi.

❗️Bunda talabgorlarning keyingi oʻquv yillari uchun taʼlim kreditlari rasmiylashtiriladi. Hokimliklar oʻz hududlaridagi talabgorlar uchun uchinchi shaxs kafilligini beradi hamda oʻqishni tamomlagandan soʻng ularni ish joyi bilan taʼminlaydi.

🔰 Talabgorlarni tanlab olish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

— otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan muhtoj qizlar;

— boquvchisi yoʻq ehtiyojmand yolgʻiz ayollar.

✔️ Bunda yuqoridagi mezonlarga mos keluvchi xotin-qizlar test natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab ijtimoiy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani har yili 10 kun ichida OTM qabul komissiyasiga taqdim etadi.

📝 Davlat OTM 5 kun mobaynida roʻyxatni shakllantirib, hokimliklarga yozma ravishda maʼlumotlarni yuboradi.

🧾 Shunga koʻra, Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollar oliy taʼlim olishlarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash komissiyasi 15 kunda (lekin har oʻquv yilida 15-sentabrdan kech boʻlmagan muddatda) talabgorlar roʻyxatini hamda shartnomani imzolash boʻyicha xulosalarni davlat OTMga yozma ravishda kiritadi va belgilangan tartibda shartnomalarni rasmiylashtiradi.

📌 Mazkur tartib toʻlov-kontrakt asosida davlat OTM bakalavriatiga (kunduzgi, sirtqi, kechki taʼlim shaklidan qatʼi nazar) talabalikka tavsiya etilgan hamda 2-4 kurslarda tahsil olayotgan talabgorlarga qoʻllaniladi.

🚫 Quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim olish uchun tanlovda ishtirok etgan talabgorlarga;

Oʻzbekistonda joylashgan xorijiy OTM yoki ularning filiallari, nodavlat taʼlim xizmatlari bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga;

oliy harbiy taʼlim muassasalariga.

Talabgorlar joriy oʻquv yili davomida OTMni yoki taʼlim yoʻnalishini oʻzgartirsa yoxud talabalar safidan chetlashtirilsa mazkur imtiyozdan foydalanib boʻlmaydi.

Talabgorlarni tanlab olish natijalari “Aziz-ayol.uz” Yagona interaktiv milliy platformasi orqali eʼlon qilinadi.
__
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim, madaniyat va tibbiyot sohalaridagi bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Tadbirda “Yangi Oʻzbekiston” universiteti kampusi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻi hududida barpo etiladigan kutubxona, Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markazi yangi binosining asosiy jihatlari, yaratiladigan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией проектов по строительству объектов образования, культуры и здравоохранения.

На мероприятии представлена информация об основных аспектах проектов по строительству кампуса Университета «Новый Узбекистан», библиотеки на территории Национального парка Узбекистана имени Алишера Навои, нового здания Республиканского медицинского центра онкологии и радиологии, создаваемых в них условиях.

#Mirziyoyev #taqdimot #bunyodkorlik #loyihalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Feyk_xabar

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlari (MDH) va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro tanlovga maqolalar qabuli boshlandi” sarlavhali soxta xabarlar yuzasidan

📃 Xabarda tanlov g‘oliblari diplom, maqolalar jamlangan kitob, guvohnoma va turli boshqa sovgʻalar bilan taqdirlanishi aytiladi.

Ammo Yoshlar ishlari agentligining bunaqa tanlovlarga hech qanday aloqasi yoʻqligi ma’lum qilindi.

📛 Bu pul ishlash uchun ayrim kimsalar tomonidan o‘ylab topilgan yangi uydirma, firibgarlikning yana bir ko‘rinishi.

🚷 Iqtidorli yoshlarimizdan bunaqa firibgarlarning aldoviga ishonib qolmasliklarini soʻrab qolamiz!

☑️ Ishonchimiz komil, birovning yoki o‘zga tashkilot nomidan foydalanib, noqonuniy shaklda faoliyat yuritgan, yoshlarni aldagan shaxslar ustidan tegishli tashkilotlar tomonidan oʻrganish ishlari boshlab yuborilgan. Ularga, albatta, qonuniy chora ko'riladi.
__
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021|#Double_degree

🌐 Termiz davlat universiteti qoʻshma dasturi asosida talaba boʻling!

🇷🇺🇺🇿 Rossiya Federatsiyasining Vladimir davlat universiteti bilan mavjud hamkorlik doirasida

🏛 Bakalavriat bosqichida quyidagi yoʻnalishlarda tahsil olishingiz mumkin:

- turizm;
- filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili.

🎓 Oʻqishning birinchi 2 yili TerDUda, qolgan 2 yili Vladimir davlat universitetida tashkil etiladi.

Hujjatlar 2021-yil 1-oktabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

📂Talab qilinadigan hujjatlar:

- pasport nusxasi (PDF formatida);
- attestat yoki diplom nusxasi (ilovalari bilan birga, PDF formatida);
- oʻzingiz va maqsadlaringiz haqida rus tilida tayyorlangan 1 daqiqalik video-tanishtiruv.

📩 Roʻyxatdan oʻtish 👈

⚠️ Imtihonlar rus tilida boʻlib oʻtadi.

❗️Qoʻshma dastur asosida tahsil oladigan talabalarga stipendiya toʻlanmaydi.

📱Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
+99891 910-96-96
__
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

Pedagoglarga elektron shakldagi sertifikat berish tartibi joriy etiladi

"Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori (572-son, 17.09.2021-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan:

pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hamda ta’lim muassasalari miqyosidagi attestatsiya komissiyalarini tuzish va yigʻma jild orqali hujjat topshirish amaliyoti bekor qilinadi;

pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oʻquv fani boʻyicha malaka sinovini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi;

pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifasi (lavozim) berish boʻyicha hujjatlarni qabul qilish DXM yoki YAIDXP yoxud Ta’lim inspeksiyasi rasmiy veb-saytidagi maxsus portal orqali amalga oshiriladi;

pedagog kadrlarga qogʻoz shaklidagi attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikat berish amaliyoti bekor qilinib, elektron shakldagi sertifikat berish tartibi joriy etiladi;

pedagog kadrlarga bungacha berilgan sertifikatlar oʻz kuchida qoladi va amal qilish muddati tugagunga qadar sertifikatda koʻrsatilgan malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha bazaviy tarif stavkalari asosida haq toʻlashda hisobga olinadi.

🗓 2022-yil 1-yanvargacha pedkadr.tdi.uz platformasi ishlab chiqiladi.

💰 Pensiya yoshiga toʻlgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga jalb etilmaydi, attestatsiyadan oʻtganlik muddati tugashidan qat’i nazar ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) saqlab qolinadi hamda mazkur malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanadi.

☑️ Pensiya yoshiga toʻlgan pedagog kadrlar oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtib, malaka toifasi oshirilgan taqdirda, ularga yangi tasdiqlangan malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanadi.

📋 Qaror bilan shuningdek, Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ham tasdiqlandi.
__
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Dayjest

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘tgan hafta faoliyati haqida INFOGRAFIKA

————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021|#Double_degree

⚡️ Toshkent arxitektura-qurilish instituti qoʻshma taʼlim dasturlari asosida 2+2, 2+3 hamda 1+1 formatida oʻqishga taklif etadi

🔸 Bugungi kunda Toshkent arxitektura-qurilish instituti chet elning 5 ta nufuzli oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorlikda 8 ta taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻygan.

🔹 2021/2022-oʻquv yilida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari hamkor OTM bilan kelishilgan holda rasman tasdiqlandi.

🗓 Ushbu dasturlarga qabul jarayoni 2021-yilning 25-sentabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

📌 Abituriyentlar quyidagi qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:

👉 BAKALAVRIAT UCHUN:

➡️ Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Arxitektura (turlari bo‘yicha)”, “Iqtisodiyot (qurilish)”, “Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish”, “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha)”;

➡️ Moskva arxitektura instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Arxitektura (turlari bo‘yicha)”;

➡️ Kazan davlat arxitektura-qurilish universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarish”.

👉 MAGISTRATURA UCHUN:

➡️ Germaniyaning Anhalt amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash”;

➡️ Polshaning Belostok texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bino va muhandislik inshootlari konstruksiyalari”, “Atrof-muhit muhandisligi (suv ta’minoti va kanalizatsiya)”.

Murojaat uchun:
+998 97 477-00-46, +99898 308-09-50
__
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021|#Double_degree

JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI QOʻSHMA TAʼLIM DASTURLARI ASOSIDA ABITURIYENTLAR QABULINI E’LON QILADI

Hozirda Jizzax politexnika institutida bakalavriat bosqichi uchun 8 ta, magistratura mutaxassisliklari uchun esa 1 ta qoʻshma ta’lim dasturi mavjud.

2021/2022-oʻquv yilida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari rasman tasdiqlangan.

Ushbu dasturlarga qabul jarayoni joriy yilning 25-sentabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

Abituriyentlar quyidagi qoʻshma ta’lim dasturlariga ariza topshirib, tahsil olishlari mumkin boʻladi.

📚BAKALAVRIAT UCHUN:

Kazan Federal universiteti
bilan hamkorlikda tashkil etilgan:

👉 “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotasi – 20 nafar: 2+2;

👉 “Transport vositalari muhandisligi” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotasi – 20 nafar: 2+2;

👉 “Menejment” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotasi – 20 nafar: 2+2;

Don davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan:

👉 “Elektr energetikasi” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotasi – 20 nafar: 2+2;

“Moskva energetika instituti” milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan:

👉 “Radioelektron tizimlar va qurilmalar” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotasi – 20 nafar: 2+2;

👉 "Elektronika va asbobsozlik" ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotasi – 20 nafar: 2+2;

Ivanovo davlat kimyo-texnologiya universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan:

👉 “Kimyoviy texnologiya” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotasi – 30 nafar: 2+2;

👉 "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotasi – 20 nafar: 2+2;

🎓MAGISTRATURA UCHUN:

Don davlat texnika universiteti
bilan hamkorlikda tashkil etilgan:

👉 “Energiya tejamkorligi va energoaudit” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotasi – 10 nafar: 1+1;

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlariga hujjatlar onlayn tarzda qabul qilinadi.

Qoʻshimcha yangiliklarni institutning @jizpi_online rasmiy kanali orqali olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:
+99894 341-88-22, 99 355-16-10, 99 332-26-66
__
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 33 kun qoldi.
—————
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось 33 дня.

👉🏻Тelegram - Facebook - Instagram - You Tube - Twitter
#Super_kontrakt

ABITURIYENTLAR VA ULARNING OTA-ONALARI DIQQATIGA ❗️

⚡️Abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomalarini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

🔘 Xabar berganimizdek, 1-oktabr davlat OTMga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ariza topshirishning so‘nggi muddati etib belgilangan edi.

🔥 Joriy oʻquv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida onlayn shaklda ariza qoldirish hamda tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnomalarni onlayn olish imkonini beruvchi t-kontrakt.edu.uz axborot tizimi ishga tushirildi.

Ushbu tizim:

ortiqcha ovoragarchilik va suiiste'molchiliklarning oldini olish;

jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;

elektron arizalarni avtomatik shakllantirish;

toʻlov-shartnomalarni avtomatik rasmiylashtirish imkonini beradi.

‼️Endi abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga ovora bo‘lib, borib o‘tirishlari shart emas. Tizim yordamida ularning ma’lumotlari va toʻplagan bali Davlat test markazi bazasidan toʻgʻridan toʻgʻri olinib, elektron koʻrinishdagi ariza asosida elektron to‘lov-shartnoma avtomatik rasmiylashtiriladi.
____
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Супер_контракт

АБИТУРИЕНТЛАР ВА УЛАРНИНГ ОТА-ОНАЛАРИ ДИҚҚАТИГА ❗️

⚡️Абитуриентларга табақалаштирилган тўлов-шартномаларини онлайн расмийлаштириш имконияти яратилди

🔘 Хабар берганимиздек, 1 октябрь давлат ОТМга табақалаштирилган тўлов-шартнома асосида ўқишга қабул қилиш бўйича ариза топширишнинг сўнгги муддати этиб белгиланган эди.

🔥 Жорий ўқув йилида талабаликка тавсия этилмаган, бироқ табақалаштирилган (супер) тўлов-шартнома асосида ўқиш истагини билдирган абитуриентлар учун янада қулайлик яратиш мақсадида онлайн шаклда ариза қолдириш ҳамда табақалаштирилган тўлов-шартномаларни онлайн олиш имконини берувчи t-kontrakt.edu.uz ахборот тизими ишга туширилди.

Ушбу тизим:

ортиқча оворагарчилик ва суиистеъмолчиликларнинг олдини олиш;

жараёнларнинг очиқлиги ва шаффофлигини таъминлаш;

электрон аризаларни автоматик шакллантириш;

тўлов-шартномаларни автоматик расмийлаштириш имконини беради.

‼️Энди абитуриентлар олий таълим муассасасига овора бўлиб, бориб ўтиришлари шарт эмас. Тизим ёрдамида уларнинг маълумотлари ва тўплаган бали Давлат тест маркази базасидан тўғридан-тўғри олиниб, электрон кўринишдаги ариза асосида электрон тўлов-шартнома автоматик расмийлаштирилади.
__
Вазирликнинг расмий саҳифалари:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti huzuridagi bolalar klinikasini borib koʻrdi.
Davlatimiz rahbari bundan toʻrt yil oldin uning qurilishiga tamal toshi qoʻygan edi. Mazkur majmua shu oyda foydalanishga topshirildi.
Klinika statsionar sharoitda yiliga 3 ming 600 nafar, ambulator tarzda 22 ming 400 nafar bemorga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega.
Prezidentimiz bu yerda davolanayotgan bolalarni koʻrib, onalari bilan suhbatlashdi.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил детскую клинику при Каракалпакском медицинском институте.
Четыре года назад глава нашего государства заложил первый камень в фундамент учреждения. Комплекс сдан в эксплуатацию в этом месяце.
Клиника рассчитана на обслуживание стационарно 3,6 тысячи, амбулаторно - 22,4 тысячи больных.
Президент навестил лечащихся здесь детей, побеседовал с матерями.

#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #klinika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter