Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#Faxriy_professor

Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida “Intervolga-2021” xalqaro forumi o‘tkazildi

Mazkur forumda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlaridan nufuzli olimlar, madaniyat xodimlari, san’at vakillari ishtirok etishdi.

Forumga maxsus mehmon sifatida taklif etilgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinovga N.A. Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod davlat lingvistika universitetining faxriy professori unvoni tophirildi.

Tadbirda professor Shuhrat Sirojiddinovning ikki nufuzli universitetning xalqaro hamkorligini kengaytirishga, xususan, birgalikdagi taʼlim dasturlarini amalga oshirish, akademik almashinuvlarni va qoʼshma ilmiy loyihalarni kengaytirish, zamonaviy filologiyaning yangi yoʼnalishlarida hamda ilmiy tadqiqot sohasida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va doʼstlik aloqalarini rivojlantirishga qoʼshgan hissasi alohida eʼtirof etildi.

Batafsil 👈
_____
👉 @eduuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Talabalarni ovoz yozish audiostudiyasiga taklif qilamiz!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshida ovoz yozish audiostudiyasi faoliyat olib boradi.

🎓 Barcha talabalar ushbu ovoz yozish studiyasidan oʻqishdan boʻsh vaqtlarida, bepul foydalanishlari mumkin. Siz audiostudiyada sheʼr, qoʻshiq, hikoya va shu kabi ijod mahsullaringizni sifatli formatda yozish imkoniga ega boʻlasiz.

🌟 Oʻz iqtidoringizni biz bilan kashf qiling, keling, ijoddan zavqlaning va oʻzingizni namoyon qiling.

Qiziquvchan barcha talabalarni loyihaning chat guruhiga taklif qilamiz: https://yangx.top/joinchat/27rCZ3VNte9lY2Uy

Ha aytgancha, audiostudiyamiz Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Ziyo Forum binosi 2-qavatida joylashgan.
__

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Master-klass: Talabalarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirishda samarali ta’lim strategiyalari

Toshkent davlat pedagogika universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov ishtirokida master-klass bo‘lib o‘tdi.

Master-klassning original va zamon talabiga mos bo‘lgan “Talabalarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirishda samarali ta’lim strategiyalari” mavzusi uning qiziqarliligi va sohabopligini yanada oshirdi deyish mumkin.

Batafsil 👈
_
👉 @eduuz
#Munosabat

✍️ TARAQQIYOTNING ENG TO‘G‘RI YO‘LI ILMGA ASOSLANADI

…O‘zbekistonda bunday novatorlik harakati bugun uzluksizlik va ortga qaytmaslik xarakteriga ega. Bunga shubha yo‘q. Binobarin, Prezidentimizning yaqinda nashrdan chiqqan “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobida ham mazkur muhim yo‘nalishlarga alohida urg‘u berilgan.
Unda O‘zbekistonda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir vatandoshimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya etish, kafolatli daromad manbayi, tibbiy xizmatlar va uy-joy, sifatli ta’lim bilan ta’minlash ustuvor vazifa ekanligi e’tirof etilgan…

Batafsil: https://xs.uz/uzkr/post/taraqqiyotning-eng-togri-joli-ilmga-asoslanadi

Odil ABDURAHMONOV,
Toshkent davlat transport universiteti rektori
__
👉 @eduuz
#Ikkinchi_mutaxassislik

DIQQAT! MUHIM!!!

⚡️Davlat oliy ta'lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlim olish istagida boʻlgan talabgorlar diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 4-son bayoni bilan 2021/2022-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlardan hujjat qabul qilish ikkinchitalim.edu.uz sayti orqali joriy yilning 25-sentabr kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshirilishi belgilandi.
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Professional_ta’lim

Kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi

Ko‘p sonli abituriyentlar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olgan holda kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati 2021-yil 25-sentabrga (shu kuni ham) qadar uzaytirildi.

❗️Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish onlayn tarzda kollejlarga https://kollej.edu.uz va texnikumlarga www.texnikum.edu.uz elektron platformalari orqali amalga oshirilmoqda.

🔰Elektron platforma orqali quyidagi tartibda ro‘yxatdan o‘tiladi:

1️⃣ Elektron ariza to‘ldiriladi;

2️⃣ Umumta’lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi yuklanadi;

3️⃣ Pasport ma’lumotlar kiritiladi.

Izoh: Yuridik texnikumlar bundan mustasno.

Maʼlumot o‘rnida,
Prezidentning PQ-5241-son qarori bilan 2021/2022-oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalari huzurida 24 ta texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
__
👉 @eduuz
#Qonunchilik_yangiliklar

⚡️ Har yili hokimliklar 100 nafar, moliyaviy barqaror OTM 50 nafar xotin-qiz talabani bepul oʻqitishi mumkin

Hukumat qarori (585-son, 17.09.2021 y.) bilan Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollar oliy taʼlim olishlarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

🎓 Nizomga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2021/2022-oʻquv yilidan boshlab har yili oʻzlarining hududlaridan oʻqishga kirgan 25 nafardan hamda 2-4-kurslarda oʻqiyotgan 75 nafar (har bir kursdan – 25 nafardan), jami 100 nafar xotin-qizlar uchun toʻlov-kontrakt summasini toʻrt oʻquv yilining yakunlanishiga qadar toʻlab beradi.

☑️ Moliyaviy barqaror davlat OTM tomonidan ularning kengashlari qaroriga muvofiq, 50 nafargacha xotin-qizlar birinchi oʻquv yilida bepul oʻqitiladi.

❗️Bunda talabgorlarning keyingi oʻquv yillari uchun taʼlim kreditlari rasmiylashtiriladi. Hokimliklar oʻz hududlaridagi talabgorlar uchun uchinchi shaxs kafilligini beradi hamda oʻqishni tamomlagandan soʻng ularni ish joyi bilan taʼminlaydi.

🔰 Talabgorlarni tanlab olish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

— otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan muhtoj qizlar;

— boquvchisi yoʻq ehtiyojmand yolgʻiz ayollar.

✔️ Bunda yuqoridagi mezonlarga mos keluvchi xotin-qizlar test natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab ijtimoiy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani har yili 10 kun ichida OTM qabul komissiyasiga taqdim etadi.

📝 Davlat OTM 5 kun mobaynida roʻyxatni shakllantirib, hokimliklarga yozma ravishda maʼlumotlarni yuboradi.

🧾 Shunga koʻra, Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollar oliy taʼlim olishlarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash komissiyasi 15 kunda (lekin har oʻquv yilida 15-sentabrdan kech boʻlmagan muddatda) talabgorlar roʻyxatini hamda shartnomani imzolash boʻyicha xulosalarni davlat OTMga yozma ravishda kiritadi va belgilangan tartibda shartnomalarni rasmiylashtiradi.

📌 Mazkur tartib toʻlov-kontrakt asosida davlat OTM bakalavriatiga (kunduzgi, sirtqi, kechki taʼlim shaklidan qatʼi nazar) talabalikka tavsiya etilgan hamda 2-4 kurslarda tahsil olayotgan talabgorlarga qoʻllaniladi.

🚫 Quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim olish uchun tanlovda ishtirok etgan talabgorlarga;

Oʻzbekistonda joylashgan xorijiy OTM yoki ularning filiallari, nodavlat taʼlim xizmatlari bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga;

oliy harbiy taʼlim muassasalariga.

Talabgorlar joriy oʻquv yili davomida OTMni yoki taʼlim yoʻnalishini oʻzgartirsa yoxud talabalar safidan chetlashtirilsa mazkur imtiyozdan foydalanib boʻlmaydi.

Talabgorlarni tanlab olish natijalari “Aziz-ayol.uz” Yagona interaktiv milliy platformasi orqali eʼlon qilinadi.
__
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim, madaniyat va tibbiyot sohalaridagi bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Tadbirda “Yangi Oʻzbekiston” universiteti kampusi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻi hududida barpo etiladigan kutubxona, Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markazi yangi binosining asosiy jihatlari, yaratiladigan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией проектов по строительству объектов образования, культуры и здравоохранения.

На мероприятии представлена информация об основных аспектах проектов по строительству кампуса Университета «Новый Узбекистан», библиотеки на территории Национального парка Узбекистана имени Алишера Навои, нового здания Республиканского медицинского центра онкологии и радиологии, создаваемых в них условиях.

#Mirziyoyev #taqdimot #bunyodkorlik #loyihalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Feyk_xabar

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlari (MDH) va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro tanlovga maqolalar qabuli boshlandi” sarlavhali soxta xabarlar yuzasidan

📃 Xabarda tanlov g‘oliblari diplom, maqolalar jamlangan kitob, guvohnoma va turli boshqa sovgʻalar bilan taqdirlanishi aytiladi.

Ammo Yoshlar ishlari agentligining bunaqa tanlovlarga hech qanday aloqasi yoʻqligi ma’lum qilindi.

📛 Bu pul ishlash uchun ayrim kimsalar tomonidan o‘ylab topilgan yangi uydirma, firibgarlikning yana bir ko‘rinishi.

🚷 Iqtidorli yoshlarimizdan bunaqa firibgarlarning aldoviga ishonib qolmasliklarini soʻrab qolamiz!

☑️ Ishonchimiz komil, birovning yoki o‘zga tashkilot nomidan foydalanib, noqonuniy shaklda faoliyat yuritgan, yoshlarni aldagan shaxslar ustidan tegishli tashkilotlar tomonidan oʻrganish ishlari boshlab yuborilgan. Ularga, albatta, qonuniy chora ko'riladi.
__
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021|#Double_degree

🌐 Termiz davlat universiteti qoʻshma dasturi asosida talaba boʻling!

🇷🇺🇺🇿 Rossiya Federatsiyasining Vladimir davlat universiteti bilan mavjud hamkorlik doirasida

🏛 Bakalavriat bosqichida quyidagi yoʻnalishlarda tahsil olishingiz mumkin:

- turizm;
- filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili.

🎓 Oʻqishning birinchi 2 yili TerDUda, qolgan 2 yili Vladimir davlat universitetida tashkil etiladi.

Hujjatlar 2021-yil 1-oktabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

📂Talab qilinadigan hujjatlar:

- pasport nusxasi (PDF formatida);
- attestat yoki diplom nusxasi (ilovalari bilan birga, PDF formatida);
- oʻzingiz va maqsadlaringiz haqida rus tilida tayyorlangan 1 daqiqalik video-tanishtiruv.

📩 Roʻyxatdan oʻtish 👈

⚠️ Imtihonlar rus tilida boʻlib oʻtadi.

❗️Qoʻshma dastur asosida tahsil oladigan talabalarga stipendiya toʻlanmaydi.

📱Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
+99891 910-96-96
__
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube