Edu.uz
142K subscribers
21.6K photos
4.66K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
Toshkent davlat yuridik universitetining 30 yillik yubileyi munosabati bilan xalqaro konferensiya o‘tkazildi

Toshkent shahridagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “O‘zbekistonda yuridik ta’lim va fanning rivojlanish istiqbollari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

TDYUning 30 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro anjumanda davlat va jamoat arboblari, milliy va xorijiy mutaxassislar, malakali yurist va advokatlar, OAV vakillari va talabalar ishtirok etdi. Konferensiyaga Germaniya, Rossiya, Turkiya, Polsha, Qatar, Qirg‘izistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlarining ekspertlari hamda professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdi.

Yaqingacha ushbu universitetning rektori bo‘lgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari R.Xakimov ushbu dargohni so‘nggi yillardagi ulkan yutuqlari bilan tabriklab, xalqaro reytinglardagi ishtirokining faollashganini alohida qayd etdi.

Batafsil 👈

👉 На русском
__
👉 @eduuz
#Super_kontrakt

⚡️⚡️⚡️Abituriyentlar diqqatiga !!!

🔥2021/2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga tabaqalashtirilgan (super kontrakt) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirishning so‘nggi muddati 2021-yil 1-oktabr kuni etib belgilandi.

💥Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan (super kontrakt) to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan joriy yilning 1-oktabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishlari so‘raladi.

👉 Kontrakt miqdorlari
👉 Kontrakt miqdorlarining taqqoslama jadvali
__________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned a photo
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 36 kun qoldi.
—————
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось
36 дней.

👉🏻Тelegram - Facebook - Instagram - You Tube - Twitter
#Akademik_litsey

DIQQAT! MUHIM!!!

2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarini topshirgan oʻquvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

Akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) 2021-yil 22-sentabr kuni vazirlikning litsey.edu.uz va oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarning rasmiy veb-saytlari orqali eʼlon qilinadi.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nano_texnologiya

Oʻzbekistonda ilk bor koinotga nano SPUTNIK uchirildi

Oʻzbekistonda ilk bor Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan yaratilgan CubeSat (nano sun’iy yoʻldosh) stratosferaga uchirildi.

Vazni 2.5-3.0 kg boʻlgan, У-klasdagi ushbu apparat, kosmik tadqiqotlar olib borish uchun bir nechta modullardan tashkil topgan 10 sm kub hajmdagi sun’iy yoʻldosh hisoblanadi.

CubeSat bir qator sensor qurilmalardan tashkil topgan boʻlib, yerdan uzoqlashish balandligini, stratosferadagi havo namligi, shamol tezligi, havoning ifloslanish darajasi toʻgʻrisidagi va boshqa turdagi fizikaviy ma’lumotlarni onlayn tarzda universitetda joylashtirilgan ma’lumotlarni qabul qiluvchi stansiyaga uzatdi.

CubeSat uchishi davomida video tasvirlarni onlayn tarzda uzatdi, ushbu ma’lumotlar yordamida kelgusida geoaxborot tizimlari yoʻnalishidagi tadqiqotlarda foydalaniladi.

👉Batafsil
___
👉 @eduuz
#Супер_контракт

⚡️⚡️⚡️Абитуриентлар диққатига !!!

🔥 2021/2022-ўқув йили учун давлат олий таълим муассасаларига табақалаштирилган (супер контракт) тўлов-контракт асосида ўқишга қабул қилиш бўйича аризалар топширишнинг сўнгги муддати 2021-йил 1-октябрь куни этиб белгиланди.

💥Кириш имтиҳонлари натижаларига кўра табақалаштирилган (супер контракт) тўлов-контракт асосида ўқиш истагида бўлган абитуриентлардан жорий йилнинг 1-октябрига қадар тегишли олий таълим муассасалари қабул комиссияларига ариза топширишлари сўралади.

__________
Вазирликнинг расмий саҳифалари:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Soʻragan_edingiz

124-SAVOL:
2 oylik chaqologʻim bor. Oʻqishimni onlayn qilsam boʻladimi?

JAVOB:
Maʼlumki, Hukumat qarori bilan talabalarga akademik ta’til berishning yangicha tartibi o‘rnatilgan.

Unga koʻra OTM talabalariga bolalarni yoki oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun akademik ta’til berilishi mumkin.

Akademik ta’til beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra OTM rektori (direktori)ning buyrug‘iga muvofiq, uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga (agar OTMda bunday ta’limning shakllari mavjud bo‘lsa) o‘tkazilishi mumkin.

Bunda talaba OTMdan chetlashtirilgan hisoblanmaydi.

Yuqoridan kelib chiqib, Siz universitet rahbari nomiga akademik taʼtil olish uchun ariza bilan murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.

👉 Bungacha berilgan savollarga javoblar
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi koronavirusga qarshi yangi dorilar ustida ilmiy izlanmoqda

Yosh ixtirochi Akbar Qurbonov koronavirusga chalingan bemorlarni davolash boʻyicha yangi dorilar ustida ilmiy izlanish olib bormoqda

🎥 Batafsil videolavhada 👆
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Шанхай ҳамкорлик ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгаши мажлисидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств-членов Шанхайской организации сотрудничества

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Faxriy_professor

Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida “Intervolga-2021” xalqaro forumi o‘tkazildi

Mazkur forumda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlaridan nufuzli olimlar, madaniyat xodimlari, san’at vakillari ishtirok etishdi.

Forumga maxsus mehmon sifatida taklif etilgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinovga N.A. Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod davlat lingvistika universitetining faxriy professori unvoni tophirildi.

Tadbirda professor Shuhrat Sirojiddinovning ikki nufuzli universitetning xalqaro hamkorligini kengaytirishga, xususan, birgalikdagi taʼlim dasturlarini amalga oshirish, akademik almashinuvlarni va qoʼshma ilmiy loyihalarni kengaytirish, zamonaviy filologiyaning yangi yoʼnalishlarida hamda ilmiy tadqiqot sohasida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va doʼstlik aloqalarini rivojlantirishga qoʼshgan hissasi alohida eʼtirof etildi.

Batafsil 👈
_____
👉 @eduuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Talabalarni ovoz yozish audiostudiyasiga taklif qilamiz!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshida ovoz yozish audiostudiyasi faoliyat olib boradi.

🎓 Barcha talabalar ushbu ovoz yozish studiyasidan oʻqishdan boʻsh vaqtlarida, bepul foydalanishlari mumkin. Siz audiostudiyada sheʼr, qoʻshiq, hikoya va shu kabi ijod mahsullaringizni sifatli formatda yozish imkoniga ega boʻlasiz.

🌟 Oʻz iqtidoringizni biz bilan kashf qiling, keling, ijoddan zavqlaning va oʻzingizni namoyon qiling.

Qiziquvchan barcha talabalarni loyihaning chat guruhiga taklif qilamiz: https://yangx.top/joinchat/27rCZ3VNte9lY2Uy

Ha aytgancha, audiostudiyamiz Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Ziyo Forum binosi 2-qavatida joylashgan.
__

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Master-klass: Talabalarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirishda samarali ta’lim strategiyalari

Toshkent davlat pedagogika universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov ishtirokida master-klass bo‘lib o‘tdi.

Master-klassning original va zamon talabiga mos bo‘lgan “Talabalarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirishda samarali ta’lim strategiyalari” mavzusi uning qiziqarliligi va sohabopligini yanada oshirdi deyish mumkin.

Batafsil 👈
_
👉 @eduuz