Vazirning navbatdagi qabuli: fuqarolarning murojaatlari yechim topdi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning oliy va o‘rta maxsus ta’lim masalalariga oid fuqarolar murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha navbatdagi qabuli tashkil etildi.
Qabulda vazirga bildirilgan murojaatlar, jumladan, xorijiy va respublika OTMdan o‘qishni ko‘chirish, o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar masalasi, kadrlarga talab yuqori bo‘lgan ayrim yo‘nalishlar uchun qabul parametrlarini oshirish kabi aksariyat muammolar joyida hal etilgan holda qanoatlantirildi. Ayrim masalalar yuzasidan aniq tushuntirish va yo‘nalishlar berilib, mas’ullarga qat’iy nazoratga olinishi topshirildi.
E'tiborlisi shundaki, mazkur qabulda tadbirkorlar ham talabalar uchun turar-joylar qurishda OTM bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘z takliflari bilan ishtirok etishdi.
Vazir tadbirkorlar tomonidan berilgan takliflarni qisqa muddatda o‘rganib chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
👉Batafsil
________
👉 @eduuz

Toshkent davlat yuridik universitetining 30 yillik yubileyi munosabati bilan xalqaro konferensiya o‘tkazildi
Toshkent shahridagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “O‘zbekistonda yuridik ta’lim va fanning rivojlanish istiqbollari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
TDYUning 30 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro anjumanda davlat va jamoat arboblari, milliy va xorijiy mutaxassislar, malakali yurist va advokatlar, OAV vakillari va talabalar ishtirok etdi. Konferensiyaga Germaniya, Rossiya, Turkiya, Polsha, Qatar, Qirg‘izistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlarining ekspertlari hamda professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdi.
Yaqingacha ushbu universitetning rektori bo‘lgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari R.Xakimov ushbu dargohni so‘nggi yillardagi ulkan yutuqlari bilan tabriklab, xalqaro reytinglardagi ishtirokining faollashganini alohida qayd etdi.
Batafsil 👈
👉 На русском
__

#Super_kontrakt
⚡️⚡️⚡️Abituriyentlar diqqatiga !!!
🔥2021/2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga tabaqalashtirilgan (super kontrakt) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirishning so‘nggi muddati 2021-yil 1-oktabr kuni etib belgilandi.
💥Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan (super kontrakt) to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan joriy yilning 1-oktabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishlari so‘raladi.
👉 Kontrakt miqdorlari
👉 Kontrakt miqdorlarining taqqoslama jadvali
__________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube