Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 37 kun qoldi.
—————
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось
37 дней.

👉🏻Тelegram - Facebook - Instagram - You Tube - Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Yosh olim dunyoning nufuzli universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Vazirning navbatdagi qabuli: fuqarolarning murojaatlari yechim topdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning oliy va o‘rta maxsus ta’lim masalalariga oid fuqarolar murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha navbatdagi qabuli tashkil etildi.

Qabulda vazirga bildirilgan murojaatlar, jumladan, xorijiy va respublika OTMdan o‘qishni ko‘chirish, o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar masalasi, kadrlarga talab yuqori bo‘lgan ayrim yo‘nalishlar uchun qabul parametrlarini oshirish kabi aksariyat muammolar joyida hal etilgan holda qanoatlantirildi. Ayrim masalalar yuzasidan aniq tushuntirish va yo‘nalishlar berilib, mas’ullarga qat’iy nazoratga olinishi topshirildi.

E'tiborlisi shundaki, mazkur qabulda tadbirkorlar ham talabalar uchun turar-joylar qurishda OTM bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘z takliflari bilan ishtirok etishdi.

Vazir tadbirkorlar tomonidan berilgan takliflarni qisqa muddatda o‘rganib chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

👉Batafsil
________
👉 @eduuz
Toshkent davlat yuridik universitetining 30 yillik yubileyi munosabati bilan xalqaro konferensiya o‘tkazildi

Toshkent shahridagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “O‘zbekistonda yuridik ta’lim va fanning rivojlanish istiqbollari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

TDYUning 30 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro anjumanda davlat va jamoat arboblari, milliy va xorijiy mutaxassislar, malakali yurist va advokatlar, OAV vakillari va talabalar ishtirok etdi. Konferensiyaga Germaniya, Rossiya, Turkiya, Polsha, Qatar, Qirg‘izistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlarining ekspertlari hamda professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdi.

Yaqingacha ushbu universitetning rektori bo‘lgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari R.Xakimov ushbu dargohni so‘nggi yillardagi ulkan yutuqlari bilan tabriklab, xalqaro reytinglardagi ishtirokining faollashganini alohida qayd etdi.

Batafsil 👈

👉 На русском
__
👉 @eduuz