Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#Saylov_2021

Talaba-yoshlar diqqatiga! Siz uchun yoshsaylovchi.uz platformasi ishga tushirildi

Joriy yil O‘zbekistonda muhim siyosiy jarayon — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Bunda
6 993 924 nafar saylovchi yoshlar ishtirok etadilar. Shundan 880 155 nafari ilk marta saylovda ishtirok etadigan yoshlardir.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini, elektoral madaniyatini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash maqsadida yoshsaylovchi.uz platformasi ishga tushirildi. Bu haqida Alisher Saʼdullayev maʼlum qilmoqda.

Mazkur platforma orqali saylov jarayoni haqida zarur maʼlumotlarni olish, saylov uchastkasini aniqlash mumkin. Shuningdek, saytdan ro‘yxatdan o‘tgan holda saylovda volontyor yoki trener sifatida ishtirok etish imkoni ham yaratilgan.

Prezident saylovi—kelajak tanlovi!
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021 |#Qoʻshma_dastur

⚡️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (TATU-BDIRU) abituriyentlarni qo‘shma axborot texnologiyalari fakultetiga 2+2 dasturi bo‘yicha to‘lov shartnomasi asosida o‘qishga qabul qilmoqda.

👨🏻‍💻Hujjatlarni qabul qilish ONLINE (butun kun davomida) amalga oshiriladi.
_____
⚡️Совместный факультет информационных технологий Ташкентского университета информационных технологий и Белорусского Государственного университета информатики и радиоэлектроники (СФИТ ТУИТ-БГУИР) проводит набор абитуриентов для обучения на платно-контрактной основе по схеме 2+2 по образовательным программам бакалавриата.

👨🏻‍💻Прием документов ведется в режиме ОНЛАЙН (круглосуточно).

👉 Batafsil: | Подробно:

📞Telefon: 71 238-65-01, 71 235-04-53
📱Telegram: https://yangx.top/pksf2021
🌐 Web-site: http://abitur.tuit.uz/
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jismoniy tarbiya va sport universitetining Fargʻona filiali o‘z faoliyatini boshladi

🔰2021/2022-oʻquv yili uchun filialda 4 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 150 nafar kunduzgi taʼlim shakliga, 75 nafar sirtqi taʼlim shakliga talabalar qabul qilindi.

✔️Eʼtiborlisi, filial ochilish marosimida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi Oksana Chusovitina ham ishtirok etgani barchaga unutilmas lahzalarni taqdim etdi.

🎥 Batafsil videolavhada 👆
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Qo'shma ta'lim dasturlari 2021-2022.pdf
1.1 MB
#Qabul_2021 |#Qoʻshma_dastur

⚡️ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

2021/2022-o‘quv yili qabuli uchun xorijiy OTM bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qabul ko‘rsatkichlari yuklanmoqda (faylni oching👆).

Fayl orqali 30 ta OTMda hamkor xorijiy OTM bilan yo‘lga qo‘yilgan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami 264 ta QOʻSHMA TAʼLIM DASTURIga oid maʼlumotlar bilan to‘liq tanishishingiz mumkin.

Bunda:

bakalavriat yo‘nalishlari – 192 ta (shundan 13 tasi sirtqi ta’lim shaklida);

magistratura mutaxassisliklari – 72 ta (kunduzgi).

Mazkur qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari soni – 6332 nafar bo‘lib, shundan:

bakalavriat yo‘nalishlari uchun – 5722 nafar (shundan 370 nafari sirtqi ta’lim shaklida);

magistratura mutaxassisliklari uchun – 610 nafar (kunduzgi) etib belgilangan.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 37 kun qoldi.
—————
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось
37 дней.

👉🏻Тelegram - Facebook - Instagram - You Tube - Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Yosh olim dunyoning nufuzli universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Vazirning navbatdagi qabuli: fuqarolarning murojaatlari yechim topdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning oliy va o‘rta maxsus ta’lim masalalariga oid fuqarolar murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha navbatdagi qabuli tashkil etildi.

Qabulda vazirga bildirilgan murojaatlar, jumladan, xorijiy va respublika OTMdan o‘qishni ko‘chirish, o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar masalasi, kadrlarga talab yuqori bo‘lgan ayrim yo‘nalishlar uchun qabul parametrlarini oshirish kabi aksariyat muammolar joyida hal etilgan holda qanoatlantirildi. Ayrim masalalar yuzasidan aniq tushuntirish va yo‘nalishlar berilib, mas’ullarga qat’iy nazoratga olinishi topshirildi.

E'tiborlisi shundaki, mazkur qabulda tadbirkorlar ham talabalar uchun turar-joylar qurishda OTM bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘z takliflari bilan ishtirok etishdi.

Vazir tadbirkorlar tomonidan berilgan takliflarni qisqa muddatda o‘rganib chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

👉Batafsil
________
👉 @eduuz
Toshkent davlat yuridik universitetining 30 yillik yubileyi munosabati bilan xalqaro konferensiya o‘tkazildi

Toshkent shahridagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “O‘zbekistonda yuridik ta’lim va fanning rivojlanish istiqbollari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

TDYUning 30 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro anjumanda davlat va jamoat arboblari, milliy va xorijiy mutaxassislar, malakali yurist va advokatlar, OAV vakillari va talabalar ishtirok etdi. Konferensiyaga Germaniya, Rossiya, Turkiya, Polsha, Qatar, Qirg‘izistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlarining ekspertlari hamda professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdi.

Yaqingacha ushbu universitetning rektori bo‘lgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari R.Xakimov ushbu dargohni so‘nggi yillardagi ulkan yutuqlari bilan tabriklab, xalqaro reytinglardagi ishtirokining faollashganini alohida qayd etdi.

Batafsil 👈

👉 На русском
__
👉 @eduuz