Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#Xizmat_safari

Vazir Xorazmdagi oliygohlarning yangi oʻquv yilidagi faoliyati bilan tanishdi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulovning Xorazm viloyatidagi xizmat safarining keyingi manzili Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiallari hamda Xalqaro Binary universiteti boʻldi.

Vazir mazkur OTMda yangi oʻquv yili dars jarayonlari qay darajada olib borilayotganini koʻzdan kechirar ekan, talabalar turar-joylaridagi yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdi. Oliygohlarda olib borilayotgan oʻquv jarayoni borasidagi talabalarning fikrlari hamda ularning taʼlim tizimidagi yangilanish va islohotlarga boʻlgan munosabatlari bilan qiziqdi.

👉 Batafsil
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 38 kun qoldi.
—————
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось
38 дней.

👉🏻Тelegram - Facebook - Instagram - You Tube - Twitter
Shavkat Mirziyoyev taqdim etayotgan Yangi O‘zbekiston strategiyasida oliy ta’lim tizimidagi vazifalardan

________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekiston Respublikasi saylov kodeksi 64-moddasi:

🔷
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugaydi.

🔶 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Siyosiy partiyaning yuqori organi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bitta nomzod ko‘rsatishi mumkin.

‼️Saylov jarayonlarini ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy saylov komissiyasining quyidagi rasmiy sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin:

👉🏻
Тelegram - Facebook - Instagram - You Tube - Twitter
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021 |#Qoʻshma_dastur

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI ABITURIYENTLARNI QOʻSHMA TAʼLIM DASTURLARIDA OʻQISHGA TAKLIF QILADI

🔰Hozirda Urganch davlat universitetida bakalavriat bosqichi uchun 3 ta, magistratura mutaxassisliklari uchun esa 5 ta qoʻshma ta’lim dasturi mavjud.

2021—2022-oʻquv yilida Urganch davlat universitetida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari rasman tasdiqlangan.

🗓 Ushbu dasturlarga qabul jarayoni joriy yilning 15-sentabridan 5-oktabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

📌 Abituriyentlar quyidagi qoʻshma ta’lim dasturlariga ariza topshirib, tahsil olishlari mumkin boʻladi.

📚BAKALAVRIAT UCHUN:

➡️ Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 20 nafar: 2+2;

➡️ Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 50 nafar: 2+2;

➡️ Belorus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Arxitektura (turlari bo‘yicha)” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 25 nafar: 2,5+2

🎓MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI UCHUN:

➡️ Altay davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 6 nafar: 1+1;

➡️ Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bank ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 10 nafar: 1+1;

➡️ Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar bo‘yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 10 nafar: 1+1;

➡️ Mogilyev davlat oziq-ovqat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 20 nafar: 1+1;

➡️ Belorusiya davlat texnologik universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Kimyoviy texnologiyalar (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 10 nafar: 1+1;

❗️Eslatib oʻtamiz: Ushbu dasturlar bilan bogʻliq qoʻshimcha ma’lumotlarni universitetning Matbuot xizmati (@URDU_PRESSA) telegram kanali orqali e’lon qilib boriladi.

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlariga quyidagi havola orqali onlayn ariza topshirish mumkin: http://qtd.urdu.uz

Zarur hujjatlar:

1.
Passportning rus tiliga tarjimasi (notariusdan tasdiqlangan holda) ro‘yxatga olingan joyi nusxasi bilan (PDF shaklda);

2. Abituriyentning 3,5 x 4,5 sm formatdagi 6 ta rasmi (PDF shaklda);

3. Umumiy o‘rta (attestat) yoki o‘rta maxsus (diplom) ma’lumot bo‘yicha hujjatning rus tiliga tarjimasi (notariusdan tasdiqlangan holda) ilovasi bilan (PDF shaklda).

📞 Batafsil maʼlumot uchun Call-markaz telefon raqamlari:

+99862 224-66-04, +99862 224-66-18, +99862 224-66-19, +99862 224-66-35
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#iqtidorli_talabalar

ZARINA MADRAHIMOVA: FAQAT OLDINGA INTILISHNI XUSH KOʻRAMAN!

🧑🏻‍🎓Andijon davlat universiteti Chet tillari fakulteti talabasi, “Hokim stipendiyasi” sohibasi Zarina Madrahimova haqida daryo.uz internet nashri tomonidan maxsus lavha tayyorlandi.

Jismoniy imkoniyati cheklanganligiga qaramay matonatli Zarinaning erishgan yutuqlari va qiziqishlari haqida olingan maxsus koʻrsatuvni tomosha qilishni tavsiya etamiz.

Zero, Zarinadek qizlar koʻpchilik uchun ibrat namunasidir.

🎥 Videoni toʻliq youtube orqali tomosha qiling.
_____
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Saylov_2021

Talaba-yoshlar diqqatiga! Siz uchun yoshsaylovchi.uz platformasi ishga tushirildi

Joriy yil O‘zbekistonda muhim siyosiy jarayon — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Bunda
6 993 924 nafar saylovchi yoshlar ishtirok etadilar. Shundan 880 155 nafari ilk marta saylovda ishtirok etadigan yoshlardir.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini, elektoral madaniyatini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash maqsadida yoshsaylovchi.uz platformasi ishga tushirildi. Bu haqida Alisher Saʼdullayev maʼlum qilmoqda.

Mazkur platforma orqali saylov jarayoni haqida zarur maʼlumotlarni olish, saylov uchastkasini aniqlash mumkin. Shuningdek, saytdan ro‘yxatdan o‘tgan holda saylovda volontyor yoki trener sifatida ishtirok etish imkoni ham yaratilgan.

Prezident saylovi—kelajak tanlovi!
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021 |#Qoʻshma_dastur

⚡️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (TATU-BDIRU) abituriyentlarni qo‘shma axborot texnologiyalari fakultetiga 2+2 dasturi bo‘yicha to‘lov shartnomasi asosida o‘qishga qabul qilmoqda.

👨🏻‍💻Hujjatlarni qabul qilish ONLINE (butun kun davomida) amalga oshiriladi.
_____
⚡️Совместный факультет информационных технологий Ташкентского университета информационных технологий и Белорусского Государственного университета информатики и радиоэлектроники (СФИТ ТУИТ-БГУИР) проводит набор абитуриентов для обучения на платно-контрактной основе по схеме 2+2 по образовательным программам бакалавриата.

👨🏻‍💻Прием документов ведется в режиме ОНЛАЙН (круглосуточно).

👉 Batafsil: | Подробно:

📞Telefon: 71 238-65-01, 71 235-04-53
📱Telegram: https://yangx.top/pksf2021
🌐 Web-site: http://abitur.tuit.uz/
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jismoniy tarbiya va sport universitetining Fargʻona filiali o‘z faoliyatini boshladi

🔰2021/2022-oʻquv yili uchun filialda 4 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 150 nafar kunduzgi taʼlim shakliga, 75 nafar sirtqi taʼlim shakliga talabalar qabul qilindi.

✔️Eʼtiborlisi, filial ochilish marosimida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi Oksana Chusovitina ham ishtirok etgani barchaga unutilmas lahzalarni taqdim etdi.

🎥 Batafsil videolavhada 👆
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Qo'shma ta'lim dasturlari 2021-2022.pdf
1.1 MB
#Qabul_2021 |#Qoʻshma_dastur

⚡️ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

2021/2022-o‘quv yili qabuli uchun xorijiy OTM bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qabul ko‘rsatkichlari yuklanmoqda (faylni oching👆).

Fayl orqali 30 ta OTMda hamkor xorijiy OTM bilan yo‘lga qo‘yilgan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami 264 ta QOʻSHMA TAʼLIM DASTURIga oid maʼlumotlar bilan to‘liq tanishishingiz mumkin.

Bunda:

bakalavriat yo‘nalishlari – 192 ta (shundan 13 tasi sirtqi ta’lim shaklida);

magistratura mutaxassisliklari – 72 ta (kunduzgi).

Mazkur qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari soni – 6332 nafar bo‘lib, shundan:

bakalavriat yo‘nalishlari uchun – 5722 nafar (shundan 370 nafari sirtqi ta’lim shaklida);

magistratura mutaxassisliklari uchun – 610 nafar (kunduzgi) etib belgilangan.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 37 kun qoldi.
—————
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось
37 дней.

👉🏻Тelegram - Facebook - Instagram - You Tube - Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Yosh olim dunyoning nufuzli universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Vazirning navbatdagi qabuli: fuqarolarning murojaatlari yechim topdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning oliy va o‘rta maxsus ta’lim masalalariga oid fuqarolar murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha navbatdagi qabuli tashkil etildi.

Qabulda vazirga bildirilgan murojaatlar, jumladan, xorijiy va respublika OTMdan o‘qishni ko‘chirish, o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar masalasi, kadrlarga talab yuqori bo‘lgan ayrim yo‘nalishlar uchun qabul parametrlarini oshirish kabi aksariyat muammolar joyida hal etilgan holda qanoatlantirildi. Ayrim masalalar yuzasidan aniq tushuntirish va yo‘nalishlar berilib, mas’ullarga qat’iy nazoratga olinishi topshirildi.

E'tiborlisi shundaki, mazkur qabulda tadbirkorlar ham talabalar uchun turar-joylar qurishda OTM bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘z takliflari bilan ishtirok etishdi.

Vazir tadbirkorlar tomonidan berilgan takliflarni qisqa muddatda o‘rganib chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

👉Batafsil
________
👉 @eduuz