Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#BILASIZMI? |#Foydali

Vazirlik "Call-center"iga eng ko‘p kelib tushayotgan savollardan

Men hozirda O‘zMUning 3-bosqich talabasiman. Ikkita fandan qarzdorligim bor. Qarzlarimni qachongacha topshirsam bo‘ladi? Shu haqida to‘liqroq ma'lumot bersangiz.

▪️OTMda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomga koʻra, yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʻyicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

🔸Talaba uzrli sabablarga koʻra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.

🔹Bitiruvchi kurs boʻlmagan talabalar kuzgi semestr natijalari boʻyicha
3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan hollarda talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari boʻyicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan talabaga tegishli fan (fanlar) boʻyicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi oʻquv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.

🔸Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari boʻyicha oʻzlashtirmagan fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat beriladi.

🔹Fanlardan akademik qarzdorligi
4 ta va undan koʻp boʻlgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi
va ular oliy taʼlim muassasasi rektorining (boshligʻining, filial direktorining) buyrugʻi bilan kursdan qoldiriladi.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

Hukumat qarori (571-son, 11.09.2021-y.)ga binoan Abdukamilov Shavkat Shuxratovich “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universiteti Toshkent shahridagi filialining ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

👉 Shu kungacha Sh.Abdukamilov “O‘zatom” agentligining Ilm-fan, innovatsiya va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Sh.Abdukamilov texnika fanlari nomzodi.

✔️Maʼlumot oʻrnida, "MMFI" MTYAU Toshkent shahridagi filial faoliyati Prezidentning 2018-yil 20-iyuldagi qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda filialda bakalavrlar kunduzgi ta’lim dasturi asosida “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi”, “Yadro fizikasi va texnologiyalar”, “Issiqlik energiyasi va issiqlik fizikasi” va “Elektr energetikasi va elektrotexnika” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil berilmoqda.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
DIQQAT! DTM ESLATADI‼️

Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni

📆 2021-yil 5-sentabr kuni OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.

Unga koʻra, 2021/2022-oʻquv yili kirish imtihonlarida ishtirok etib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarning apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar qabul qilnadi.

Shuningdek, magistratura mutaxassisliklarining ikkinchi bosqich imtihonlari, ya’ni chet tili fanidan test sinovi hamda talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat OTMga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish ham 14-sentabr kuni yakunlanadi.

📌 Shu sababli, mazkur test sinovlarida ishtirok etgan va o‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar bugun (14-sentabr) 23:59 ga qadar apellatsiya arizasi berishlari mumkin.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizalari DTMning apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinmoqda.
______________
👉@eduuz
#Master_klass

🇺🇿 Uch tilda master-klass: Global axborot makonda keng fikrlash strategiyalari

Agar global axborot makonida passiv kuzatuvchi emas, balki faol va ta’sirchan ishtirokchi boʻlish niyatingiz boʻlsa, strategik darajada fikrlab, zamon pulsini tushunish, katta axborot massivlari bilan ishlashni oʻrganishingiz kerak.

👉Batafsil
____
🇷🇺 Мастер-класс на трех языках: Стратегии масштабного мышления в глобальном информационном пространстве

Если вы намерены быть активным и влиятельным участником глобального информационного пространства, а не просто пассивным наблюдателем, вам необходимо обязательно научиться мыслить стратегически и выдвигать проактивные инициативы.

👉Подробно
____
🇬🇧 Master class in three languages:
Thinking strategically in the global information space

If you intend to be an active and influential actor upon the global information space, and not just a passive observer, you should surely learn to think strategically and bring forward proactive initiatives

👉Read more
_____
👉@eduuz
#Xizmat_safari

Vazir Abduqodir Toshqulov Urganch davlat universitetida bo‘lib, yotoqxonada talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun tashkil qilingan kovorking markazi, IT xonalari, zakovat xonasi, loyihalar fabrikasi, arxitektura va dizayn, rassomchilik hamda qizlar uchun tikuvchilik xonalarini ko‘zdan kechirib, to‘garak jarayonlarining guvohi bo‘ldi.

Batafsil
___
Министр Абдукодир Тошкулов посетил Ургенчский государственный университет и ознакомился с коворкинг-центром, IT-аудиториями, комнатой для интеллектуальных игр, фабрикой проектов, комнатами архитектуры и дизайна, а также швейными помещениями для девочек, созданных для содержательного времяпровождения студентов.

Подробно
___
Minister Abdukodir Toshkulov visited the Urgench State University and got acquainted with the coworking center, IT classrooms, a room for intellectual games, a project factory, architecture and design rooms, as well as sewing rooms for girls, created for meaningful pastime of students.

Read more
___
👉@eduuz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 39 kun qoldi.
—————
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось
39 дней.

👉🏻Тelegram - Facebook - Instagram - You Tube - Twitter
Shavkat Mirziyoyev taqdim etayotgan Yangi O‘zbekiston strategiyasida oliy ta’lim tizimidagi vazifalardan

________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Dayjest

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘tgan hafta faoliyati to‘g‘risidagi INFOGRAFIKA

————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Vazir oʻrinbosari Qoraqalpog‘istondagi OTMning talabalar turar-joylaridagi sharoitni o‘rgandi

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri oʻrinbosari Yusuf Absoatov Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Nukus davlat pedagogika institutida bo‘lib, dastlab oliygohlarning talabalar turar-joyida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Yotoqxonalarda talabalar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarni koʻzdan kechirib, talabalarni turar-joy bilan ta’minlash yuzasidan muammolarning qanday bartaraf etilayotganini atroflicha o‘rgandi.

👉 Batafsil
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Keyingi oʻquv yilidan OTMda o‘qitish bo‘yicha shartnomalar elektron shaklda tuziladi

“Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–6313-son, 14.09.2021-y.) qabul qilindi.

Unga koʻra, 2022/2023-oʻquv yilidan oliy taʼlim muassasalarida oʻqitish boʻyicha shartnomalar elektron shaklda tuziladi.
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekiston Respublikasi saylov kodeksi 64-moddasi:

🔷
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugaydi.

🔶 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Siyosiy partiyaning yuqori organi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bitta nomzod ko‘rsatishi mumkin.

‼️Saylov jarayonlarini ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy saylov komissiyasining quyidagi rasmiy sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin:

👉🏻
Тelegram - Facebook - Instagram - You Tube - Twitter
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube