Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
Shavkat Mirziyoyev taqdim etayotgan Yangi O‘zbekiston strategiyasida oliy ta’lim tizimidagi vazifalardan

________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Professional_taʼlim

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

▪️Ushbu maslahatchi professional ta’limni rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani mustahkamlashda bevosita ishtirok etadi va xalqaro moliya institutlari bilan o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirish yo‘nalishlarida ham faoliyat ko‘rsatadi.

🤝Hamkor tashkilot Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ).

👉 Batafsil
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident paralimpiyachilarimiz jasorati haqida: “Mahorat maktabi, matonat maktabi bu!”

Президент о подвиге наших паралимпийцев: «Это школа мастерства, школа стойкости!»

©️Shavkat Mirziyoyev_press-service

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Qabul_2021

2021/2022-oʻquv yiliga oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida oʻtish bali nechchi boʻldi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 6-son bayonida respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilangan bo‘lib, mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi.

📌 Bunda oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan nogironligi bo‘lgan shaxslar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.
__
👉 @eduuz
🏅 OTM talabalari va bitiruvchilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

📝 Prezident farmoniga ko‘ra, Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan bir guruh sportchilar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular qatorda 12 nafar OTM talabalari va bitiruvchilari ham munosib mukofotlandi.

“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni

🥏 Boburjon Omonov (disk uloqtirish yo‘nalishi) – Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi
🥋Uchqun Quronboyev (dzyudo) – Urganch davlat universiteti talabasi
🥋Guljanoy Naimova (taekvondo) – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
🥏 Mohigul Hamdamova (disk uloqtirish) – Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni

🥋 Dovurxon Karomatov (dzyudo) – Qarshi davlat universiteti bitiruvchisi
🏋️ Ro‘za Qo‘ziyeva (pauerlifting) – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi
🎽 Asila Mirzayorova (uzunlikka sakrash) – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
🥋 Parvina Samandarova (dzyudo) – Samarqand davlat universiteti talabasi
〰️〰️〰️〰️〰️〰️
“Jasorat” medali

🥋 Sharif Halilov (dzyudo) – Buxoro davlat universiteti bitiruvchisi
🥏 Elbek Sultonov (yadro uloqtirish) – Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi
🏊 Islam Aslanov (suzish) – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi
🥋 Nafisa Sheripboyeva (dzyudo) – Urganch davlat universiteti talabasi
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayevga Toshkent davlat agrar universitetining rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimi ham yuklandi.
__________________
Согласно постановлению Кабинета министров Республики Узбекистан на министра сельского хозяйства Жамшида Ходжаева также возложена должность временно исполняющего обязанности ректора Ташкентского государственного аграрного университета.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_munosabat

10 foizli imtiyoz joriy oʻquv yilida oʻqishga kirganlarga taalluqli emasligi haqidagi asossiz xabarlar yuzasidan

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan talabalarga stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi berilishi yuzasidan, jumladan, imtiyoz joriy oʻquv yilida oʻqishga kirganlarga taalluqli emasligi haqidagi asossiz xabarlar koʻplab muhokama qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olib, 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan (ya’ni vaksina olgan) talabalarga stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi berilishi xabar qilingan edi.

Bayonga koʻra, 10 foiz chegirma bonusi infeksiyaga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan, toʻlov shartnoma asosida oʻqiyotgan kunduzgi ta’lim shakli bakalavriat va magistraturaning barcha bosqich talabalari uchun beriladi.

Unutmang, emlash talabalarning yaxshi bilim olishlari bilan bir qatorda o‘zlari hamda professor-o‘qituvchilarning ham sog‘-salomat bo‘lishini ta’minlaydi!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kontrakt | #Vaksina

OTMda kontrakt puli oshdimi? Vaksina olgan talabalarga haqiqatdan ham imtiyoz beriladimi?

Bu haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov tushuntirish berdi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusga qarshi vaksina bilan imkoni boricha tezroq emlanish bugun xastalikka qarshi eng muhim choradir!
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube