Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#Ikkinchi_mutaxassislik

DIQQAT! MUHIM!!!

⚡️Davlat oliy ta'lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlim olish istagida boʻlgan talabgorlar diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 4-son bayoni bilan 2021/2022-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlardan hujjat qabul qilish ikkinchitalim.edu.uz sayti orqali joriy yilning 25-sentabr kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshirilishi belgilandi.
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned a photo
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 47 kun qoldi.
—————
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось 47 дней.

👉🏻Телеграм - Фейсбук - Инстаграм - You Tube - Twitter
#Professional_ta'lim |#Qabul_2021

⚡️DIQQAT! ESLATMA‼️

❗️Kollejlar va texnikumlarga 2021/2022-o‘quv yili uchun 10-sentabrga qadar (shu kuni ham) o’qishga qabul qilish uchun ONLAYN ro‘yxatdan o’tkazish davom etmoqda.

👉 Kollejlar uchun elektron platformahttps://kollej.edu.uz.

✔️Abituriyentlar uchun 176 ta kollejda jami 170 dan ortiq kasblar va mutaxassisliklar mavjud.

👉 Texnikumlar uchun elektron platformawww.texnikum.edu.uz.

✔️Abituriyentlar uchun 197 ta texnikumda jami 138 dan ortiq mutaxassisliklar mavjud.

🔰Elektron platforma orqali quyidagi tartibda ro‘yxatdan o‘tiladi:

1️⃣ Elektron ariza to‘ldiriladi;

2️⃣ Umumta’lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi yuklanadi;

3️⃣ passport ma’lumotlar kiritiladi.
———
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021 |#Double_degree

Abituriyentlar diqqatiga‼️

O‘zbekiston milliy universiteti O‘zbek-Isroil qo’shma fakultetiga qabul jarayoni 15-sentabrga qadar DAVOM ETADI

🔷Hujjatlar 15-sentabrga qadar https://admission.nuuhit.uz/ internet manzili orqali quydagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha onlayn qabul qilinadi:

💻Kompyuter bilimlari (Computer Science) — kvota 30 ta, 2,5-1,5 dastur;

📊Texnologiyalar menejmenti (Technology Management) — kvota 30 ta, 3-2 dastur;

📈Muhandislik matematikasi (Engineering Mathematics) — kvota 30ta, 2,5-1,5 dastur.

👉Batafsil
〰️〰️〰️〰️
ВНИМАНИЕ, АБИТУРИЕНТЫ‼️

Продолжается приём документов на Узбекское-Израильский совместный факультет Национального университета Узбекистана до 15 сентября

🔷 Документы принимаются до 15 сентября (этот день включительно). Можно Зарегистрироваться в этот университет по ссылке https://admission.nuuhit.uz/ по нижеприведённым направлениям:

💻Компьютерные науки (Computer Science) — квота 30, 2,5-1,5 программа;

📊Менеджмент технологий (Technology Management) — квота 30, 3-2 программа;

📈Инженерная математика (Engineering Mathematics) — квота 30, 2,5-1,5 программа.

👉Подробно
〰️〰️〰️
ATTENTION TO APPLICANTS‼️

Admission for Uzbek-Israel joint faculty of National University of Uzbekistan continues until September 15

🔷Documents are accepted to September 15. You can register to this university using the link https://admission.nuuhit.uz/ to following courses:

💻Computer Science — 30 places, 2,5-1,5 program;

📊 Technology Management — 30 places, 3-2 program;

📈Engineering Mathematics — 30 places, 2,5-1,5 program.

Ma'lumot uchun: |Контакты: |Contacts:

🌐www.nuuhit.uz;📱t.me/uzbek_israel_joint_faculty; 📞+99894-605-34-83, +99890-910-06-03
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Glocals Bookshop
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu

– Yotoqxona bilan qamrab olinmagan talabalarga ijara haqining 50 foizi miqdorida Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish may oyidan boshlab yo‘lga qo‘yilgan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanovning "ZO‘R TV" telekanaliga bergan intervyusidan.

👉 Sardor Usmanov _ Global Edu Trends
#Millatimiz_faxrlari

Yurtimiz shaʼnini munosib himoya qilgan jasoratli Paralimpiyachilarimiz tantanali kutib olindi

▪️Tokio-2020 yozgi Paralimpiada musobaqalari yakunlandi va kuni kecha yurtimizga qaytgan terma jamoamiz tantanali kutib olindi.

🏆 Paralimpiyachilarimiz 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritishib, terma jamoamiz umumiy hisobda 19 ta medal bilan medallar jamg‘arish reytingida 16-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo bo‘yicha esa birinchi o‘rindamiz!

👫Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari orasida OTM talabalari va bitiruvchilari ham ishtirok etib, shohsupadan munosib joy egalladilar.

🥇 Oltin medal qo‘lga kiritganlar - 4 ta

🥏 Boburjon Omonov (disk uloqtirish yo‘nalishi) – Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi
🥋Uchqun Quronboyev (dzyudo) – Urganch davlat universiteti talabasi
🥋Guljanoy Naimova (taekvondo) – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
🥏 Mohigul Hamdamova (disk uloqtirish) – Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi

🥈 Kumush medal - 4 ta

🥋 Dovurxon Karomatov (dzyudo) – Qarshi davlat universiteti bitiruvchisi
🏋‍♀ Ro‘za Qo‘ziyeva (pauerlifting) – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi
🎽 Asila Mirzayorova (uzunlikka sakrash) – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
🥋 Parvina Samandarova (dzyudo) – Samarqand davlat universiteti talabasi

🥉 Bronza medal - 4 ta

🥋 Sharif Halilov (dzyudo) – Buxoro davlat universiteti bitiruvchisi
🥏 Elbek Sultonov (yadro uloqtirish) – Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi
🏊 Islam Aslanov (suzish) – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi
🥋 Nafisa Sheripboyeva (dzyudo) – Urganch davlat universiteti talabasi

Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlari gʻoliblariga Prezident sovgʻalari – oltin medal egalariga “Tahoe” avtomobili va Toshkent shahridan 3 xonali uy, kumush medal egasiga “Traverse” avtomobili va 2 xonali uy, shuningdek bronza medal egalariga “Trailblazer” avtomobili va 1 xonali uy kalitlari topshirildi.

💐 Millatimiz faxrlarini chin dildan tabriklaymiz, doimo Yangi O‘zbekistonning muzaffar yo‘lini yoritishda davom etavering!
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Munosabat

YURTBOSHIMIZ NUTQLARIDAN QALBLARIMIZ TO‘LQINLANDI

O‘tayotgan fayzli kunlarini yangiliklar, o‘zgarishlar bilan qarshi olayotgan, bugunidan ko‘ngli to‘q, ertasiga esa katta umid va ishonchlar bilan qarayotgan yurtdoshlarimiz yangi O‘zbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramini yangicha ruhda nishonladi.

Umid TURDIALIYEV,
Andijon mashinasozlik instituti rektori

👉Batafsil
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Toshkent davlat yuridik universitetining qoʻshma ta’lim dasturlariga hujjatlar qabul qilish boshlandi

Qoʻshma ta’lim dasturlari – bu:

TDYU va xorijiy hamkor OTMda bir vaqtning oʻzida ta’lim olish;
Oʻzbekiston va chet elda nostrifikatsiyasiz ishlash huquqini beruvchi ikkita diplom;
oʻqishga kirish va xalqaro darajada ta’lim olish uchun yana bir imkoniyat.

Hujjatlar faqat qabul2021.tsul.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.

Ikki diplomli dasturlar boʻyicha topshiriladigan hujjatlar roʻyxati bilan tanishing:

🇰🇿 M.Narikbayev nomidagi KAZGYU universiteti (Qozog‘iston, Nur-Sulton sh.) bilan dastur;

🇧🇾 Y.Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus, Grodno sh.) bilan dastur;

🇷🇺 N.Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod Milliy tadqiqot davlat universiteti (Rossiya, Nijniy Novgorod sh.) bilan dastur.

Hujjatlarni topshirishdan oldin, albatta, yoʻriqnoma bilan tanishing.

🔚 Hujjatlar 2021-yil 15-sentabrga qadar qabul qilinadi.

Imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

👉На русском
__
👉@eduuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2021 | #Professional_ta'lim

Abituriyentlar uchun eslatma!

Abituriyentlar kollej va texnikumlarga hujjat topshirib, kasb va mutaxassisliklarni egallashlari (bunda, dual taʼlim asosida ham oʻqib, ham ishlashi) mumkin:

👉 Kollejlar uchun elektron platformahttps://kollej.edu.uz.

👉 Texnikumlar uchun elektron platformawww.texnikum.edu.uz.

🔚 Kollej va texnikumlarga onlayn hujjat topshirish 10-sentabrga qadar davom etadi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kvota_texnikum_2021

Texnikumlarga DUAL ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi

Sirtqi ta’lim shakliga qabul kvotasi respublika bo‘yicha jami 2 586 nafar etib belgilandi.

Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

‼️Texnikumlarga onlayn hujjat topshirish 10-sentabrga qadar www.texnikum.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kvota_texnikum_2021

Texnikumlarga KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi

Kechki ta’lim shakliga qabul kvotasi respublika bo‘yicha jami 7 993 nafar etib belgilandi.

Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

‼️Texnikumlarga onlayn hujjat topshirish 10-sentabrga qadar www.texnikum.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube