Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
⚡️ Rasman magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari eʼlon qilindi

📌 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin.

1️⃣ magistr.dtm.uz sayti orqali:

magistr.dtm.uz saytiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Magistratura-2021” bo‘limidan talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (talabgorning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned «⚡️ Rasman magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari eʼlon qilindi 📌 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi. …»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan loyihaning navbatdagi qahramoni – Xalqaro press-klub raisi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja.

Герой очередного выпуска проекта, посвященного 30-летию независимости Республики – председатель Международного пресс-клуба, ректор Университета журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана Шерзодхон Кудратхужа.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Qabul_2021
#DoubleDegree

⚠️ Abituriyentlar uchun yana bir imkoniyat

👉 Qoraqalpoq davlat universitetining 2021/2022-oʻquv yili qabuli uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida qabul koʻrsatkichlari tasdiqlandi 👆🏻
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan loyihaning navbatdagi qahramoni – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, professor Shuhrat Sirojiddinov.

Очередной герой проекта, посвященного 30-летию независимости Республики Узбекистан – ректор Ташкентского государственного университета узбекского языка и литературы имени Алишера Навои, заслуженный наставник молодежи Узбекистана, профессор Шухрат Сирожиддинов.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Audio
#Oʻqishni_koʻchirish

🎙 So‘nggi vaqtlarda fuqarolarimiz tomonidan oʻqishni koʻchirish bilan bog‘liq ko‘plab savollar kelib tushganini inobatga olib, Xushnudbek.uz kanalida Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshligʻi Abduvali Xoliqov bilan oʻqishni koʻchirish mavzusida suhbat tashkil etildi.

🔘 Suhbatni eshita olmaganlar uchun ovozli fayl yuklandi.👆

Chat davomida asosan quyidagi masalalar haqida suhbatlashildi:

— xorijiy OTMdan Oʻzbekistonga oʻqishini koʻchirish;

— Oʻzbekistondagi bir davlat OTMdan boshqasiga oʻqishni koʻchirish;

— Oʻzbekistondagi nodavlat OTMdan davlat OTMga oʻqishni koʻchirish;

— ichki «perevod»lar;

— ta’lim shaklini oʻzgartirish (kunduzgidan sirtqiga, sirtqidan kunduzgiga va h.k.);

— oʻqishni koʻchirishdagi toʻlovlar, kontrakt narxlari va boshqa shu mavzuga oid masalalar va h.k.
_______
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey

DIQQAT! MUHIM EʼLON!!

2021-yil 30-avgust kuni oʻtkazilgan akademik litseylarga kirish test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning test natijalari eʼlon qilindi.

Natijalar bilan talabgorlar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining litsey.edu.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga oʻzining login va paroli bilan kirgan holda tanishishlari mumkin.
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#TOP_reyting

O‘zbekistonning 10 ta oliy ta’lim muassasasi Times Higher Education tomonidan e’tirof etildi

▪️Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting agentligi – Times Higher Education tomonidan dunyoning yetakchi universitetlari reytingi e’lon qilindi.

🔸Avvalgi reytinglardan farqli ravishda e’lon qilingan reytingga ilk bor yangi turdagi maqom — reporter'ga ega bo‘lgan 450 ta oliy ta’lim muassasalari ham kiritildi.

🔹E’tiborli jihati, mazkur maqomga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalariga o‘rinlar berilmadi va ularning ro‘yxati alfavit tartibida aks ettirildi.

🔸Mazkur ro‘yxatdan O‘zbekistonning 10 ta oliy ta’lim muassasasi ham joy oldi.

🔹Ro‘yxatdagi 10 ta oliy ta’lim muassasasi dunyoning nufuzli oliygohlariga kirish uchun nomzod sifatida tan olinib, mazkur yo‘nalishda Times Higher Education ularga yaqindan yordam berishga tayyor ekanligi bayon etildi.

👉Batafsil
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kun_dayjesti

Bugun barcha OTMda yangi o‘quv yili ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarida "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida bayram tadbiri va “Mustaqillik darslari” tashkil etilib, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlar OTM rahbariyati va professor-o‘qituvchilar tomonidan samimiy qutlandi.

🔸Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari ilk saboqlarini “Mustaqillik darslari”dan olishdi.

🔹Andijon davlat tibbiyot instituti ham ushbu bayram kunini o‘zgacha kayfiyat bilan qarshi oldi.

🔸O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida yangi o‘quv yili “Mustaqillik darslari”dan boshlandi.

🔹Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida yangi o'quv yilining boshlanishi hamda 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni tabriklash maqsadida tadbir tashkil qilindi.

🔸Buxoro davlat universitetida 2021/2022-oʻquv yiliga talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun tanishtiruv haftaligi boshlandi.

🔹Namangan muhandislik-texnologiya instituti rahbariyati tomonidan talabalikka qabul qilingan yoshlar samimiy qutlandi.

🔸Navoiy davlat konchilik institutida yangi o‘quv yili “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” mavzusida “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.

🔹Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida yangi 2021/2022-oʼquv yilining ilk kuni munosib kutib olindi.

🔸Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yangi o‘quv yili: suratlarda va nigohlarda...

🔹TIQXMMI Buxoro filialida talabalikka tavsiya etilganlar qutlanib, bir guruh yuqori ball to‘plab o'qishga kirgan yoshlar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

🔸Milliy rassomlik va dizayn institutida "Mustaqillik darslari" tashkil etilib, unda professor-o‘qituvchilar tomonidan mustaqillikning naqadar buyuk ne’mat ekanligi, uni asrab-avaylash, Vatanga sidqidildan xizmat qilish lozimligi haqida ma’ruzalar qilindi.

🔹Urganch davlat universitetida ham yangi o‘quv yilining ilk kuni o‘zgacha shukuh, bayramona kayfiyatda boshlandi.

🔸Transport universitetida “Mustaqillik darsi”da Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari qatnashdilar.

🔹Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov talabalikka qabul qilingan 1675 nafar yoshlarni samimiy qutlab, bilimlar kaliti, talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasini topshirdi.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️