Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#Mustaqillik_solnomasi

So‘nggi besh yilda o‘ttiz islohot:
2019-yilda amalga oshirilgan ishlar

Batafsil infografikada 👆🏻
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tokio_2020


Xushxabar! O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining yana bir talabasi xalqimizga oltin medal hadya qildi!!!

Yaponiyaning Tokio shahrida davom etayotgan XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarining oltinchi kungi bahslari ham vakillarimiz uchun omadli boshlandi.

Biroz avval para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.

Quvonarlisi, hamyurtimiz Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Boburjon Omonov Paralimpiya rekordini yangilagan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Boburjon yadroni 14.06 metr masofaga uloqtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ta’kidlash kerak, bu borada jahon rekordi ham aynan Omonovga tegishli. Boburjon BAAda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 14.31 metr natija qayd etgan holda rekord o‘rnatgan edi.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan loyihaning bugungi qahramoni - “Ulug‘bek” iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi rahbari Oqil Salimov. Suhbatdoshimiz o‘tmish va bugun, yangi O‘zbekistonning shiddati haqidagi fikrlari bilan bo‘lishadi.

Герой очередного выпуска проекта, посвященного 30-летию независимости Республики Узбекистан - руководитель фонда по поддержке одаренной молодежи "Улугбек" Окил Салимов. Наш собеседник делится размышлениями о прошлом и настоящем, а также динамичности нового Узбекистана.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#digital_OTM

OTMda qog‘oz ko‘rinishida yuritiladigan hujjatlar bekor qilinishi hisobiga bir o‘quv yilida o‘rtacha 90 mln. so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ iqtisod qilinadi

2021-yil 1-sentabrdan boshlab oliy ta’lim muassasasi strukturasi, talabalar kontingenti va ularning harakati, professor-o‘qituvchilar tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritish hamda hisobotlarni tayyorlash ham raqamlashtiriladi.

___________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik _yangiliklari

Jizzaxda Qozon Federal universiteti filiali tashkil etildi

Prezident qarori (PQ–5237-son, 28.08.2021-y.) bilan Jizzax shahrida Qozon Federal universiteti filiali faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

🔰 Qarorga ko‘ra, Filialda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

geologiya;
dasturiy injiniring;
iqtisodiyot;
mashinasozlik;
davolash ishi;
stomatologiya;
farmatsiya;
tibbiy biokimyo.

Filial Qozon Federal universitetining (Rossiya Federatsiyasi) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

🎓 Kadrlar tayyorlash kunduzgi, sirtqi va boshqa ta’lim shakllarida olib boriladi.

🗓 Filialda ta’lim faoliyati 2022/2023-o‘quv yilidan boshlanadi.

💼 Talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunda, davlat granti asosida ta’lim olgan Filial bitiruvchilari 3 yildan kam bo‘lmagan muddat majburiy ishlab berish sharti bilan O‘zbekistonning davlat organlari va tashkilotlariga taqsimlanadi.

🧾 Bitiruvchilarga O‘zbekiston va Rossiyada oliy ma’lumot sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

☑️ Qarorga ko‘ra, 2021/2022-o‘quv yilidan Universitet O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali bilan hamkorlikda “Dasturiy injiniring”, “Farmatsiya” va “Axborot tizimlari va texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni boshlaydi hamda mazkur yo‘nalishlarda o‘qishga qabul qilingan talabalar kelgusida o‘qishlarini Filialda davom ettiradi.

🔬 2022-yil yakunigacha Filial tarkibida OpenLab ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi.
___________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

Toshkentda kinematografiya sohasida xorijiy OTM filiali faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Prezident qarori (PQ–5238-son, 28.08.2021-y.) bilan Toshkent shahrida “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etildi.

🏢 Qarorga ko‘ra, Filial “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) (BDKI) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida tarkibiy bo‘linmasi – oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

🗓 Filialda ta’lim faoliyati 2021/2022-o‘quv yilidan boshlanadi.

☑️ Ta’lim jarayoni Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda BDKI tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va dasturlar asosida rus tilida olib boriladi, shu bilan birga unda o‘zbek tili va O‘zbekiston tarixi o‘qitiladi.

🔰 Quyidagilar Filialning asosiy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hisoblanadi:

Dramaturgiya;
Prodyuserlik (turlari bo‘yicha).

Ta’lim kunduzgi, sirtqi shaklda hamda masofaviy tarzda yo‘lga qo‘yiladi.

🧾 Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot sifatida tan olinadigan Rossiya Federatsiyasi davlat namunasidagi BDKI diplomi beriladi.

💼 Filialda davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchilar 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan kinokompaniyalar, teleradiokompaniyalar yoki kino va televideniye sohasidagi tashkilotlarga taqsimlanadi.

___________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Dayjest

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘tgan hafta faoliyati to‘g‘risidagi INFOGRAFIKA

————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021

⚡️ Magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tilidan ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

2021-yil 29-avgust kuni magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tili fanidan o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 29-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ magistr.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz saytining “Magistratura-2021” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“Magistratura-2021” bo‘limidan):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot
___________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#E'tirof

• Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” koʻkrak nishoniga munosib deb topilgan vazirlik masʼul rahbar va xodimlari hamda oliy taʼlim muassasalarining bir qator rektorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

👉🏻 Batafsil

• В Министерстве высшего и среднего специального образования прошла церемония награждения официальных лиц и сотрудников, а также ряда ректоров высших учебных заведений, награжденных памятным знаком «Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi».

👉🏻 Подробно

• The Ministry of higher and secondary specialized education hosted a solemn ceremony of awarding its officials and employees, as well as a number of university rectors who were awarded with a a memorable sign “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi”.

👉🏻 Read more
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Mustaqillik_solnomasi

So‘nggi besh yilda o‘ttiz islohot:
2020-yilda amalga oshirilgan ishlar

Batafsil infografikada 👆🏻
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

XALQARO HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali Hindistonning Karnataka Surathkal milliy texnologiya instituti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Shartnoma doirasida oliy taʼlim sohasida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish, tajriba almashish, o‘qituvchilar, xodimlar, doktorantlar va magistrantlar uchun qisqa muddatli ilmiy-o‘quv amaliyotlari va malaka oshirishni tashkil etish, ilmiy anjumanlar hamda boshqa tadbirlar to‘g‘risida maʼlumot almashish kabi bir qator vazifalar belgilab olingan.

Batafsil 👈

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Mustaqilligimiz_30_yoshda

Oliy taʼlim islohotlari: muammolar, yechimlar, yutuqlar

"Har qanday yutuqning garovi — bu tinchlikdir.

... taʼlim erkinlikni sevadi.

Oliy taʼlim islohotlarining mahsuli sifatida mamlakatimizda oliy maʼlumot olmoqchi boʻlgan har qanday fuqaro uchun imkoniyatlar eshigi ochildi. Aniqroq aytganda, yoshidan qatʼi nazar, oliy maʼlumotni kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shaklida olishga sharoit yaratildi".
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqilligimiz_30_yoshda

Yangi O‘zbekistonning mustaqil yoshlarimiz. Yurtimiz mustaqilligi abadiy bo‘lsin!

Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti.

_______________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube