Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#XUSHXABAR

⚡️Tokio-2020: O‘zDJTSU talabasi kumush medalini qoʻlga kiritdi

🥈O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Ro‘za Qo‘ziyeva terma jamoamiz hisobiga navbatdagi kumush medalni yozdirib qo‘ydi.

🏋‍♀ Pauerliftingda -61kg vazn toifasida qatnashgan Roʻza Qoʻziyeva 130 kg toshni koʻtargan holda kumush medalga sazovor boʻldi.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#XUSHXABAR

⚡️ Tokio-2020: Yana ikki talabamiz Paralimpiya o‘yinlari sovrindori bo‘lishdi

🥇Para yengil atletikaning disk uloqtirish turida F57 klassida Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi Mohigul Hamdamova oltin medalga sazovor boʻldi. Mohigul 31.46 metr natija bilan birinchi oʻrinni egalladi.

🥈Para-dzyudochimiz Samarqand davlat universiteti talabasi Parvina Samandarova ham delegatsiyamiz hisobiga yana bir kumush medalni taqdim qildi.

🔸 -57 kg vazn toifasida kurashgan vakilimiz finalda ozarbayjonlik Sevda Valiyevaga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz kechgan bahsda Samandarova kichik hisob bilan imkoniyatni boy berib, delegatsiyamiz hisobiga yana bir kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.

🔹 Shu tariqa Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlaridagi medallarimiz 4 ta oltin, 3 ta kumush, shuningdek, 2 ta bronza medalini tashkil etmoqda.

Biz yanada ko‘proq g‘alabalarni kutib qolamiz! Olg‘a O‘zbekiston!
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#XUSHXABAR

Tokio-2020: UrDU talabasi bronza medalini qo'lga kiritdi

💐Biz kutdik va natija:
Oʻzbekiston delegatsiyasining Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida qoʻlga kiritgan medallari soni 10 taga yetdi.

🥉Biroz avval para-dzyudochimiz Urganch davlat universiteti talabasi Nafisa Sheripboyeva -63 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Biz yanada ko‘proq g‘alabalarni kutib qolamiz! Olg‘a O‘zbekiston!
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#XUSHXABAR

Tokio-2020: Qarshi davlat universiteti bitiruvchisi kumush medal sohibi bo‘ldi

Para dzyudo bahslarida erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida hamyurtimiz Dovurxon Karomatov oltin medal uchun kechgan final bahsida ishtirok etdi.

Finalda unga ozarbayjonlik Xuseyn Raximli raqiblik qildi. “Oltin ochkolar”ga qadar davom etgan kurashda vakilimiz ippon bahosi bilan imkoniyatni boy berdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa medallarimiz soni 11 taga yetdi.

Olg‘a O‘zbekiston!
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#digital_OTM

2021/2022-o‘quv yilidan boshlab barcha davlat OTMda talabalar o‘quv varaqasi, guruh jurnali, reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma, dars jadvali, davomat va o‘zlashtirishga oid ma’lumotlar, to‘lov-kontrakt shartnomalari hamda aylanma varaqalari raqamlashtiriladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Raximjon Xakimov bilan intervyu.
Forwarded from Glocals Bookshop
#Intervyu

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardorbek Usmanov Kun.uz muxbiriga Prezidentimizning yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyalash borasidagi farmonida belgilangan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi vazifasi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.
____________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#E’tirof

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Musayev ijtimoiy soha vakillarining bir guruhini “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirladi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi rahbariyati vakillarining ham esdalik nishoni bilan taqdirlanganliklari barchamizni quvontiradi:

Karimov Komiljon Hamidovich —vazirning birinchi oʻrinbosari;

Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich — vazir oʻrinbosari;

Absoatov Yusuf Qodirovich — vazir oʻrinbosari;

Jamoldinova Odinaxon Rasulovna — vazir maslahatchisi.

Mazkur mukofotlar mamlakatimizda oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida sidqidildan qilingan mehnatlarning eʼtirofi deb bilamiz.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

🔰 Oʻzbekiston Milliy universiteti va Milliy tadqiqotlar Tomsk Davlat universitetlarining Axborot xavfsizligi yoʻnalishi boʻyicha qoʻshma ta’lim dasturiga 2021/2022-oʻquv yili uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish davom etmoqda.

🔚 Hujjatlar qabul qilish 1-sentabrga qadar amalga oshiriladi.

🇷🇺 Ta’lim jarayoni rus tilida olib boriladi.

👉 Roʻyxatdan quyidagi havola orqali oʻting: https://forms.gle/7oNavHW3S2sET8EM9

📱Murojaat uchun telefon: +998919674040

Batafsil ma'lumot:

🌐 Veb-sayt: uzmutomsk.nuu.uz 📧 E-mail: [email protected]
📲 Telegram: https://yangx.top/joinchat/Iqsxxpls7HJkZWJi
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned a photo
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey

⚡️ ESLATMA

Akademik litseylarga kirish test sinovlari 30-avgust kuni oʻtkaziladi


📆 2021-2022-o‘quv yili uchun Akademik litseylarga kirish test sinovlari 2021-yil 30-avgust kuni 2 smenada o‘tkaziladi.

🔰 Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 09:40 ga qadar;

2️⃣-smenada 18:00 dan 19:40 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

🖥 Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga o‘quvchilarning intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlashda foydalaniladigan test spetsifikatsiyasi va namunaviy test topshiriqlari joylashtirilgan bo‘lib, talabgorlar https://dtm.uz/page/iq_test sahifasi orqali ular bilan tanishishi mumkin.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 29-avgust kuni 09:00 dan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining litsey.edu.uz saytidan va akademik litseylardan olishlari mumkin bo‘ladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned «#Qabul_2021 |#Akademik_litsey ⚡️ ESLATMA Akademik litseylarga kirish test sinovlari 30-avgust kuni oʻtkaziladi 📆 2021-2022-o‘quv yili uchun Akademik litseylarga kirish test sinovlari 2021-yil 30-avgust kuni 2 smenada o‘tkaziladi. 🔰 Bunda test sinovlari:…»
#Soʻragan_edingiz

115-SAVOL:
Prezidentimizning farmoni bilan kvartirada turadigan talabalar uchun oylik ijara haqqining 50 foizi davlat tomonidan qoplab berilyapti. Men xorijiy universitetning Toshkentdagi filialida oʻqiyman va ijarada turaman. Oylik arendam uchun menga ham shu imtiyoz beriladimi?

JAVOB:
Joriy yil 20-aprel kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan farmon bilan ota-onasiga tegishli boʻlmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan talabalar toʻlaydigan oylik ijara toʻlovining 50 foizini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilish tizimi joriy qilingan.

Ammo hozirda bu imtiyoz faqat davlat oliy taʼlim muassasalarida tahsil oladigan talabalarga taalluqli.

116-SAVOL:
Ijara huquqi asosida yashaydigan talabalar tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50 foizini qoplab berish qaysi toifadagi talabalarga qoʻllaniladi?

JAVOB:
Bu imtiyoz asosan ehtiyojmand kam taʼminlangan oila farzandlari, yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, imkoniyati cheklangan shaxslar, universitetning akademik va jamoat hayotida oʻrnak koʻrsatgan talabalar uchun qoʻllaniladi. Imtiyozdan foydalanish uchun bir qator mezonlarga eʼtibor bering:

ariza beruvchi talabada ijara shartnomasi boʻlib, davlat soliq xizmati organlarida rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak;

murojaat qilayotgan paytida talaba aynan ijara shartnomasida koʻrsatilgan manzilda (!) yashayotgan boʻlishi kerak.

👉 Bungacha berilgan savollarga javoblar
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Mustaqillik_solnomasi

So‘nggi besh yilda o‘ttiz islohot:
2018-yilda amalga oshirilgan ishlar

Batafsil infografikada 👆🏻
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Faxrimiz

Prezident farmoniga binoan, mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, professor Shuhrat Samariddinovich Sirojiddinov “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” unvoni bilan taqdirlandi.

Shuhrat Sirojiddinov yoshlarning ilmiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ilm-fan ravnaqi yo‘lida olib borgan fidokorona mehnati hukumatimiz tomonidan munosib baholandi va eʼtirof etildi.

💐 Shuhrat Sirojiddinovni ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganliklari bilan chin dildan muborakbod etamiz!

___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#OTMda_islohotlar

Talabalar uchun yangi interaktiv xizmat

Samarqand davlat tibbiyot institutining axborot kommunikatsiyalar bo‘limi tomonidan institut xodimlari va talabalari uchun o‘zaro muloqotning raqamli ko‘rinishiga ega bo‘lgan yangi interaktiv xizmat ishlab chiqildi.

Batafsil 👇
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqilligimiz_30_yoshda

Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik

— Men Yangi O‘zbekistonning baxtli farzandi ekanligimdan faxrlanaman. Mustaqilligimizning o‘ttiz yilligi muborak bo‘lsin!

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
_______
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#XUSHXABAR

⚡️Tokio-2020: Buxorolik sportchi, BuxDU bitiruvchisi Paralimpiya o'yinlari sovrindori bo‘ldi

Paralimpiya o'yinlarining bugungi kunida buxorolik para-dzyudochi, BuxDU Jismoniy madaniyat fakulteti bitiruvchisi Sharif Halilov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

-100 kg vazn toifasida kurashgan Sharif Halilov bronza medali uchun kechgan kurashda braziliyalik Antonio da Silvadan ustun kelib, ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlarining medaliga sazovor bo‘lmoqda. U London-2012 Paralimpiadasida O'zbekistonga birinchi medalni (kumush 🥈) keltirgan sportchi hisoblanadi.

___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Digital_OTM

Oliy taʼlim jarayonlarini raqamlashtirish: Raqamli universitet loyihasining asosiy maqsadlari:

OTM faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;

oliy taʼlim tizimida oʻquv, ilmiy, maʼmuriy va moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish;

oliy taʼlim tizimida byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelishining oldini olish va moliyaviy xarajatlarni qisqartirish;

OTM, talaba va ish beruvchi tashkilotlar oʻrtasida uzviylikni taʼminlash v.b.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
❗️ Huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudayberdiyev oʻz telegram kanalida farzandini xorijga oʻqishga yubormoqchi boʻlayotgan ota-onalarga murojaat qildi!

Ayniqsa, keyingi yil Oʻzbekistonga “perevod” qilish ilinjida farzandini (yoki oʻzi) xorijga (ayniqsa, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikistonga) oʻqishga yubormoqchi boʻlayotganlar oxirigacha eshitishlarini iltimos qilar edim.

Balki bu yerda aytilgan gaplar kimlargadir yoqmas, balki koʻngliga tegar yoki oʻzimni aybdor qilishar, ammo buni aytmasam boʻlmasdi.

Aytgan fikrlarimdan kimlardir oʻzi uchun toʻgʻri xulosa chiqarsa, bundan xursand boʻlaman. 22 daqiqa vaqtingizga rozi boʻling.

👉 @xushnudbek 👈
#Qabul_2021

⚡️ Magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tilidan birinchi kun natijalari e’lon qilindi

2021-yil 28-avgust kuni magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tili fanidan o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 28-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ magistr.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz saytining “Magistratura-2021” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“Magistratura-2021” bo‘limidan):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot
________
➡️ @eduuz