Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
🇺🇿 DIQQАT, QABUL DAVOM ETMOQDA!

Hurmatli abituriyentlar!

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va “MIFI” Milliy yadroviy tadqiqot universiteti (Rossiya Federatsiyasi) o‘rtasidagi hamkorlik asosida “Iqtisodiy xavfsizlik” mutaxassisligi bo‘yicha “1+1qo‘shma magistratura dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda.

🗓 Hujjatlar joriy yilning 30-avgust kuniga qadar quyidagi rasmiy veb-sayt orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

🎓 Dastur haqida

Bitiruvchilarga ikkita bir xil kuchga ega bo‘lgan xalqaro (MIFI MYATU) va O‘zbekiston (TDIU) diplomlari beriladi;

Kirish imtihonlari MIFI MYATU va TDIU ning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan suhbat asosida tashkil etiladi;

Ta’lim berish jarayonlari 2021/2022 o‘quv yilida TDIU da (to‘lov-kontrakt asosida), 2022/2023 o‘quv yilida MIFI MYATU da (grant asosida) tashkil etiladi;

Kirish imtihonlari va ta’lim jarayonlari rus tilida olib boriladi;

MIFI MYATUda tahsil olish davomida talabalar yotoqxona bilan ta’minlanadi.

Qabul uchun topshiriladigan hujjatlar:

rasmiy tarjima qilingan va notarial idoralar orqali tasdiqlangan fuqarolik pasporti va bakalavr diplomi (ilovalari bilan).

MIFI MYATU OTMning xalqaro TOP-1000 reytingiga kirgan bo‘lib, bitiruvchilarga beriladigan diplom O‘zbekistonda to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi (nostrifikatsiya talab etilmaydi).

📳 Telegramdagi rasmiy kanalimiz: @mephi_tsue_21.

☎️ (+998) 97 775 58 09, (+998) 91 553 00 77

🌐 Sayt: https://org.mephi.ru/register/pupil
————————————————————

🇷🇺 ВНИМАНИЕ, ПРИЁМ ПРОДОЛЖАЕТСЯ!

Уважаемые абитуриенты!

▶️ На основе сотрудничества ТГЭУ и Национального исследовательского ядерного университета «МИФИ» (Российская Федерация) идет прием заявок на совместную магистерскую программу «1 + 1» по специальности «Экономическая безопасность».

🗓 До 30 августа текущего года заявки будут приниматься онлайн через официальный сайт.

👉 Регистрация

🎓 О программе

Выпускникам вручаются два равнозначимых диплома международного (НИЯУ МИФИ) и узбекского (ТГЭУ) образцов;
Вступительные экзамены организуются на основе собеседований ведущих профессоров НИЯУ МИФИ и ТГЭУ;
Учебный процесс будет организован в 2021/2022 учебном году в ТГЭУ (на платной основе), в 2022/2023 учебном году в НИЯУ МИФИ (на грантовой основе);
Вступительные экзамены и учебный процесс ведутся на русском языке;
Студентам предоставляются общежития на время обучения в НИЯУ МИФИ;
Документы для регистрации: официально переведенный и нотариально заверенный паспорт, и диплом бакалавра (с приложениями);
НИЯУ МИФИ входит в международный рейтинг вузов ТОП-1000, дипломы выпускников принимаются непосредственно в Узбекистане (нострификация не требуется);

📳 Наш официальный канал в Telegram: @mephi_tsue_21.

☎️ (+998) 97 775 58 09, (+998) 91 553 00 77

🌐 Сайт: https://org.mephi.ru/register/pupil
#Tayinlov

Toshkent arxitektura-qurilish institutiga yangi rektor tayinlandi

Hukumat qaroriga ko‘ra, shu kunga qadar Istanbul texnika universiteti professori sifatida faoliyat yuritib kelgan Ercan Kahya Qurilish vazirligi tasarrufidagi Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori etib tayinlandi.

Ercan Kahya bakalavriatura bosqichi bo‘yicha Turkiyadagi Istanbul texnika universitetini 1984-yilda, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha Nyu Yorkdagi Politexnika universitetini 1988-yilda tamomlagan.

1993-yilda Los Anjeles Kaliforniya universitetida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#So‘ragan_edingiz

112-SAVOL:
Bu yil litsey.edu.uz sayti orqali beshtagacha akademik litseylarga hujjat topshirish imkoniyati berildi. Test imtihonlari o‘tgandan so‘ng, to‘plagan balim ikkita akademik litsey uchun ham yetarli bo‘lsa, men xohlagan litseyimni tanlasam bo‘ladimi?

JAVOB:
Test imtihoni natijalari o‘quvchi tanlagan akademik litseylarning qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha o‘zi tanlagan ustuvorlik asosida chiqariladi. Bunda o‘quvchi to‘plagan ball tanlagan ustuvorlik ketma-ketligidagi akademik litseylardan birining o‘tish baliga to‘g‘ri kelsa, faqatgina shu akademik litseyga qabul qilishda inobatga olinadi.

Batafsil infografikada 👆🏻

👉🏻 Bugungacha berilgan savollarga javoblar
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#XUSHXABAR

💐TDIU talabasi kumush medal sohibasi boʻldi

🥈Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Asila Mirzayorova - Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlari kumush medalini qoʻlga kiritdi.

🔹T11 klassida ayollar oʻrtasida uzunlikka sakrash boʻyicha bahslarda ishtirok etgan Asila Mirzayorova delegatsiyamiz hisobiga ikkinchi medalni qoʻshtirib qoʻydi.

🔸A. Mirzayorova 4.91 metr natija koʻrsatgan holda 2-oʻrinni egalladi va kumush medalga sazovor boʻldi.

Olgʻa, Oʻzbekiston!
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#XUSHXABAR_2

Tokio-2020: Urganch davlat universiteti talabasi Uchqun Quranboyev Oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Hozirgina Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining dzyudo bo‘yicha final bellashuvida -66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Urganch davlat universiteti talabasi Uchqun Quranboyev raqibi ispaniyalik Sergio Ibanesni mag‘lub etib, OLTIN medalni qo‘lga kiritdi.

Yangi O‘zbekistonga yangi g‘alabalar muborak bo‘lsin!

Barakalla pahlavon👏👏👏👏
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tanlov

“Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli yilning eng yaxshi maqolasi tanlovining bu yilgi g‘oliblari taqdirlandi

🔰Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida mazkur tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazir Abduqodir Hamidovich Toshqulov, Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi Oqil Umurzoqovich Salimov ishtirok etdi.

👏Tadbirda “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi O.Salimov yosh izlanuvchilarni yutuqlari bilan qutlab, davlatimiz rahbari tomonidan so‘nggi yillarda ilm-fanga, xususan, oliy ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor, shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarni alohida tilga oldi. Vazir A.Toshqulov ham g‘oliblarga samimy tilaklar bildirib, bu kabi tadbirlar orqali iqtidorli izlanuvchan va tadqiqotchi talabalar har doim qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.

🔸Tanlov g‘oliblari maxsus diplom, vazirlikning uch million so‘mdan iborat pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

👉🏻 Batafsil
______________
👉🏻 @eduuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli yilning eng yaxshi maqolasi tanlovining bu yilgi g‘oliblari munosib taqdirlandi
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Faxrimiz

Prezident farmoniga binoan, mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti rektori, professor Gafurdjan Israilovich Muxamedov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Gafurdjan Muxamedov yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, ilm-fan ravnaqi yo‘lida olib borgan fidokorona mehnati hukumatimiz tomonidan munosib baholandi va eʼtirof etildi.

💐 Gafurdjan Muxamedovni ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganliklari bilan chin dildan muborakbod etamiz!
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Magistratura_2021

⚡️Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar chet tili imtihonida qatnashishi mumkin

🔰 2021/2022-oʻquv yili qabulida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha oʻqishga kirish uchun magistr.edu.uz platformasi orqali roʻyxatdan oʻtgan va birinchi bosqichda oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻtkazilgan mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlarida qatnashganlarga (toʻplagan balidan qatʼiy nazar) ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan chet tilidan test sinovlarida ishtirok etishlariga ruxsat etiladi.
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube