Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
🔰Kuni kecha Prezidentimizning tadbirkorlar bilan bo‘lgan uchrashuvidagi nutqi eduuz tomonidan kontent-tahlil qilinganda, undagi so‘zlar tasnifi-miqdorini quydagicha ko‘rishimiz mumkin.

✔️Tadbirkor va undan hosil bo‘lgan so‘zlar – 116 marotaba
✔️Davlat – 21
✔️Mamlakat –15
✔️Rahbar – 16
✔️Iqtisodiy – 15
✔️Biznes – 29
✔️Moliya – 19
✔️Valyuta – 15
✔️Soliq – 45
✔️Xususiy – 18
✔️Bank – 27
✔️Kredit – 27
✔️Eksport – 21
✔️Iqtisodiy zona – 7
✔️Sanoat – 9
✔️Mahsulot – 17
✔️Korxona – 47
✔️Tizim – 15
✔️Imkoniyat – 17
✔️Imtiyoz – 15
✔️Mablag‘ – 20
✔️Mulk – 13
✔️Resurs – 7
✔️Xomashyo – 10
✔️Muammo – 14
✔️Raqobat – 6

🔘Mazmun-tahliliy tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, nutqdagi mazkur so‘zlar tadbirkorlar faoliyatidagi muhim voqealarni qamrab oldi.
#talabaga_yengillik | #ta’lim_krediti

❗️Moliya vazirligi tomonidan 2021-2022-o‘quv yilida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar uchun ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari ro‘yxati e’lon qilindi.

✔️ Unga ko‘ra, talabalar yuqoridagi 11 ta tijorat banklari va ularning filiallariga ariza orqali murojaat qilgan holda kreditga ega bo‘lishlari mumkin (rasmni oching👆).
_______________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Audio
🎙Talabalar uchun imtiyozli taʼlim krediti mavzusiga bagʻishlangan ovozli chatimizning toʻliq audiofayli.

🗣 Spikerlar:

Djamshid Abruyev — moliya vaziri oʻrinbosari;

Sarvarxon Buzrukxonov — oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari;

Sanjar Nosirov — Markaziy bankning Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish metodologiyasi departamenti direktori;

Dilshod Qutliyev — Xalq banki raisi oʻrinbosari;

Sardor Abdullayev — Ipoteka bank Biznes bloki rahbari;

Adham Eshchanov — moliya vazirligi taʼlim, fan va madaniyat departamenti direktori.

Ⓜ️ @xushnudbek
___________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2021

TOSHKENTDA ILK RAQAMLI IT UNIVERSITET “JAPAN DIGITAL UNIVERSITY”GA QABUL DAVOM ETMOQDA

▪️JDU talabalariga yapon tili ta'limi, IT muhandisligi va Yaponiyada ishlashga oid bilimlar olish imkoniyatini beradi.

👨‍🎓Universitet bitiruvchilariga oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Yaponiya universitetlari hamda O‘zbekiston Respublikasining belgilangan namunadagi diplomlari beriladi.

➡️ Batafsil 👇

🌐 https://www.jdu.uz/enrollee
🔹 https://yangx.top/jduniversity_uz
🔹 https://www.facebook.com/jdu.uz
_______
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_yengillik |#Bilasizmi

Talabalar akademik taʼtilni sirtqi va kechki taʼlim shakliga oʻzgartirishi mumkin — A.Mamanazarov

Bu yengillik qaysi toifadagi talabalarga nisbatan qoʻllaniladi?

Kimga murojaat qilish kerak?

Qachondan boshlab bu tartib amalda qoʻllaniladi?

🔰Shu kabi savollar yuzasidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boʻlim boshligʻi Abdusamad Mamanazarov „Oʻzbekiston 24“ telekanaliga bergan intervyusida javob berdi.
___
👀 Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey

📍FOYDALI!

🔰Ma’lumki, joriy o‘quv yili akademik litseylarga kirish imtihonlarida test topshiriladigan fanlar majmuasida ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fandan tashqari o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test topshiriqlari ham mavjud.

✔️Quyida IQ ni aniqlash bo‘yicha test savollari tayyorlanadigan adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishing:

➡️ Drujinin V.N. Психология общих способностей. 3-е изд. - СПб.: Питер, 2007.

➡️ Ayzenk G. Новые IQ тесты. - М.: Изд-во Эксмо, 2003.

➡️ Ayzenk G. Классические IQ тесты. Перевод с англ. К.Савельева. Москва: Изд-во Эксмо, 2011.

➡️ Muxordova O.Ye., Шрейбер Т.В. Прогрессивные матрицы Равена: методические рекомендации. – Ижевск: Изд-во «Удмуртский университет», 2011.

➡️ Simon Martin. IQ: развитие интеллекта и подготовка к тестам: Пер. с нем. - СПб.: БХВ-Петербург, 2010.

➡️ www.testoteka.narod.ru

➡️
www.amthauer-ist.com/ru

➡️
www.treningmozga.com
____________
👉 @eduuz
#o‘qishni_ko‘chirish

‼️EDUUZ ESLATADI❗️

​​⚡️ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari ERTAGA boshlanadi.

📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23—25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda tashkil etiladi va 23-avgust kuni 2-smenada boshlanib, 25-avgust kuni 1-smenada yakunlanadi.

🔰 Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;

2️⃣-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkaziladi va talabgorlarga har bir mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 ta test topshirig‘i hamda ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida:

— to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball;

— birinchi mutaxassislik fani bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,2 balldan (jami 96 ball);

— ikkinchi mutaxassislik fani bo‘yicha esa 3,1 balldan (jami 93 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining transfer.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

❗️Shuningdek, alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlar test sinovida ishtirok etmaydi va ularga Davlat test markazi tomonidan ruxsatnoma berilmaydi. Ular uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.
___
👀 Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#So‘ragan_edingiz

104-SAVOL:
Assalomu alaykum, o‘qishga hujjat topshirdim. Bitta muammo diplom o‘ylantiryapti. O‘zbekistondagi xususiy unversitetlarni diplomi bizda o‘tadimi yoki yo‘qmi?

JAVOB:
Hozirgi kunda (2021-yil avgust holatiga ko‘ra) respublikada mavjud 9 ta OTM hukumat qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda ushbu OTM bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan (tan olinadigan) belgilangan namunadagi diplom beriladi.

✔️ Nodavlat (xususiy) OTM ro‘yxati:

🏛 Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti;

🏛 Akfa universiteti;

🏛 Qoʻqon universiteti;

🏛 Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universiteti;

🏛 «Tashkent International University» xalqaro universiteti;

🏛 TEAM universiteti;

🏛 Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti;

🏛 «Tashkent International University of Education» xalqaro universiteti;

🏛 Yaponiya raqamli universiteti.

105-SAVOL:
Xorijiy Top 1000 talikka kirgan OTM talabalari O‘zbekistonga o‘qishini
ko‘chirishda imtihonsiz qabul qilinadimi?


JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5157-son qaroriga binoan, talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishda
talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan.

Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

👉 Bugungacha berilgan savollarga javoblar bilan tanishing
____________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021 | #Imtiyoz

Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mandat.dtm.uz saytiga joylashtirildi

📌 Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun beriladigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

🔰 Mazkur imtiyozlardan biriga ega bo‘lgan abituriyent mandat.dtm.uz saytining “Imtiyozli” bo‘limidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rishi va imtiyoz doirasida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin.

🔸Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ko‘rsatiladi.

🔹Xotin-qizlar uchun beriladigan imtiyoz abituriyent qaysi oliy ta’lim muassasasiga topshirganidan qat’iy nazar uning doimiy ro‘yxatda turgan manzili asosida qo‘llaniladi va kunduzgi ta’lim shakli uchun o‘rinli hisoblanadi.

🧑‍🦽 Nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun beriladigan imtiyoz esa har bir ta’lim shakli uchun oliy ta’lim muassasasi kesimida qo‘llaniladi.

❇️ Imtiyoz doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ham ishtirok etadi.
___
👀 Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Dayjest

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘tgan hafta faoliyati to‘g‘risida INFOGRAFIKA

————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tashkil etildi

⚡️Prezidentning 2021-yil 23-avgustdagi PQ–5227-son qarori bilan Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tashkil etildi.

🔘Qarorga ko‘ra, Akademiya barcha ta’lim bosqichlarida faoliyat ko‘rsatadigan nodavlat ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

☝️Akademiyada quyidagi yo‘nalishlarda oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi:

xalqaro va milliy mehnat standartlari;
mehnat huquqi;
inson huquqlari;
mehnat tibbiyoti;
ijtimoiy himoya va mehnat muhofazasi.

🗓 Akademiyada ta’lim faoliyati 2022/2023-o‘quv yilidan boshlanadi.

▶️ Ta’lim o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Qabul parametrlari, abituriyentlarni qabul qilish tartibi, to‘lov-kontrakt qiymati hamda pedagog kadrlarning mehnatiga haq to‘lash miqdori O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Muassis) bilan kelishilgan holda Akademiya tomonidan tasdiqlanadi.

🧾 Akademiya bitiruvchilariga oliy ta’lim va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

☑️ Shuningdek, qarorga asosan, har yili 20 nafardan kam bo‘lmagan, Akademiyaga kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalarning farzandlari bepul (Muassis granti asosida) o‘qishga qabul qilinadi.

————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿Toshkent davlat stomatologiya institutining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

2021/2022-o‘quv yiliga oliy ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi mas’ul rahbarlari tomonidan joylarga chiqib o‘rganishlar davom etmoqda.

Vazir oʻrinbosari Raximjon Xakimov tomonidan bu safar Toshkent davlat stomatologiya institutining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

👉 Batafsil
————
🇷🇺 Изучено состояние подготовки Ташкентского государственного стоматологического института к новому учебному году

С целью изучения состояния подготовки вузов к 2021/2022 учебному году ответственные руководители Министерства высшего и среднего специального образования организуют выезды на места.

На этот раз заместитель министра Рахимжон Хакимов ознакомился с состоянием подготовки Ташкентского государственного стоматологического института к новому учебному году.

👉 Подробно
————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#E'LON

DIQQAT!!! O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari boshlandi

Bugundan butun respublika bo‘ylab o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari boshlandi. Mazkur test sinovlari 23—25-avgust kunlari 2-smenada — soat 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, quyidagi toifadagi talabalar o‘qishini ko‘chirish uchun test topshirishlari mumkin:

— Xorijiy OTMdan O‘zbekistondagi davlat OTMga ko‘chirish uchun;

— O‘zbekistondagi xorijiy oliygohlar, ularning filiallari hamda nodavlat xususiy OTMdan davlat OTMga ko‘chirish uchun.

Bir davlat oliy ta’lim muassasidan boshqasiga yoki bir oliy ta’lim muassasi ichida boshqa yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishda imtihon olinmaydi. Mos va turdosh yo‘nalish bo‘lsa, uzrli sabab bor bo‘lsa, bazaviy (oddiy) kontrakt asosida ko‘chiradi, uzrli sabab bo‘lmasa yoki yo‘nalish mos va turdosh bo‘lmasa, bir marta to‘lanadigan super-kontrakt asosida ko‘chiradi.

Talabgorlar test sinoviga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani DTMning transfer.dtm.uz saytidan yuklab olish mumkin.

___
👀 Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#E’LON

Talabalar uchun “EduOn - ta’lim granti” tanlovi

🇺🇿 Respublika miqyosida yoshlar orasida biznes, IT, zamonaviy kasblar, shaxsiy rivojlanish kabi bilimlarni yanada rivojlantirish maqsadida “Mfaktor” biznes maktabi, EduOn.uz ta’lim platformasi va OLIYGOH.UZ jamoasi hamkorligida e’lon qilingan umumiy qiymati 50 mln bo‘lgan maxsus yutuqlarga ega “EduOn - ta’lim granti” tanlovida ishtirok eting va maxsus mukofotlarga ega bo'ling.

📋 Grant o'rni - 100 ta.

Tanlovda barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

📝 Ro‘yxatdan o‘tish 27-avgustga qadar mana bu manzil orqali amalga oshiriladi:

👨🏻‍💻 TANLOVGA RO‘YXATDAN O‘TISH

🏆 Grant g‘oliblari maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar, I, II va III darajali QR-kodli diplom bilan taqdirlanadi.

✔️ Shuningdek tanlovda ishtirok etganlarning barchasiga maxsus sertifikatlar beriladi.

🔚 Final bosqichining mutlaq g‘oliblari “Mfaktor” biznes maktabining majlislar zalida bo‘lib o‘tadigan “Yoshlar forumi”da tantanali ravishda taqdirlanishadi.

❗️Qatnashing, bilimingizni sinovdan o‘tkazing va maxsus mukofotlarga ega bo‘ling!

🌐 BATAFSIL MA’LUMOT: https://oliygoh.uz/post/eduon-talim-granti-yoriqnoma
___
👀 Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk Britaniyaning nufuzli universiteti (QS TOP 50) Toshkentda

🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti London universiteti (University of London) va London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) bilan memorandum imzolab, hamkorlikda ISEF qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ydi.

📜 Qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va London universiteti diplomlariga ega bo‘ladilar.

✔️ Ta’lim jarayoni to‘liq ingliz tilida bo‘lib, o‘quv rejalari, fan dasturlari, o‘quv materiallari va yakuniy nazorat sinovlari ham London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) tomonidan tayyorlanadi va baholanadi.

📌 Bu kabi qo‘shma dasturlar jahon ta’lim makoni integratsiyasiga hamda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini dunyo standartlariga moslashtirgan holda xalqaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
#Taqdimot

«Yangi O‘zbekiston» kitob-albomining taqdimoti o‘tkazildi

Mazkur kitob-albom turli vazirlik va idoralar mutaxassislari, fotomuxbirlar hamda AOKA mas’ul xodimlaridan iborat ijodiy jamoa tomonidan nashrga tayyorlandi.

Unda istiqlol yillarida, ayniqsa, keyingi besh yilda yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo‘lida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ulkan ishlar haqida hikoya qilinadi.

👉 Batafsil
___
👀 Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube