Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
Edu.uz
#Qabul_2021 Tana harorati 37º C dan yuqoriligi aniqlangan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari qachon o‘tkaziladi? Ma’lumki, 2021-2022-o‘quv yili uchun OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari 2021-yil 5-avgustdan 16-avgustga…
#Qabul_2021

Davlat test markazi tomonidan qo‘shimcha ma’lumot

🔰 Yuqoridagi xabarda qayd etilganidek, test sinoviga kelgan vaqtda 110 nafar abituriyentning tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlanganligi sababli boshqa abituriyentlarning salomatligini o‘ylagan holda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, test sinovlariga kiritilmagan. Ular uchun 30-avgustga qadar qo‘shimcha test sinovlari tashkil etish rejalashtirilgan.

✔️ Bundan tashqari mazkur test sinovlarida koronavirus bilan kasallanganligi sababli test sinovlarida ishtirok eta olmagan va 16-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilgan abituriyentlar ham qatnashishi belgilangan.

☝️ Ma’lumot o‘rnida, 16-avgustga qadar 1 200 nafardan ziyod abituriyent koronavirus bilan kasallanganligi sababli test sinovlarida ishtirok eta olmaganligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan bo‘lib, hozirda ularning ma’lumotlari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalinib, tuzalib chiqqan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari qaysi sanada o‘tkazilishi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining xulosasi asosida belgilanadi.
________________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey

📍FOYDALI!

🔰Ma’lumki, joriy o‘quv yili akademik litseylarga kirish imtihonlarida test topshiriladigan fanlar majmuasida ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fandan tashqari o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test topshiriqlari ham mavjud.

✔️Quyida IQ ni aniqlash bo‘yicha test savollari tayyorlanadigan adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishing:

➡️ Drujinin V.N. Психология общих способностей. 3-е изд. - СПб.: Питер, 2007.

➡️ Ayzenk G. Новые IQ тесты. - М.: Изд-во Эксмо, 2003.

➡️ Ayzenk G. Классические IQ тесты. Перевод с англ. К.Савельева. Москва: Изд-во Эксмо, 2011.

➡️ Muxordova O.Ye., Шрейбер Т.В. Прогрессивные матрицы Равена: методические рекомендации. – Ижевск: Изд-во «Удмуртский университет», 2011.

➡️ Simon Martin. IQ: развитие интеллекта и подготовка к тестам: Пер. с нем. - СПб.: БХВ-Петербург, 2010.

➡️ www.testoteka.narod.ru

➡️
www.amthauer-ist.com/ru

➡️
www.treningmozga.com
____________
👉 @eduuz
#Mirziyoyev #uchrashuv #tadbirkorlik #muloqot

Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Bunday shakldagi uchrashuv ilk bor oʻtkazildi va unda jami oʻn mingga yaqin tadbirkor ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari oʻz nutqida sohadagi muammolarni hal qilishga qaratilgan 7 ta muhim yoʻnalishni koʻrsatib oʻtdi, yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Muloqotda tadbirkorlar soʻzga chiqib, faoliyatida duch kelayotgan muammolarni, taklif va mulohazalarini aytdi. Ular tarmoq mutasaddilari va hokimlar ishtirokida muhokama qilindi.
—————
Президент провел открытый диалог с предпринимателями. В мероприятии, впервые прошедшем в таком формате, приняли участие около 10 тысяч представителей бизнеса.

В своем выступлении глава государства обозначил 7 важных направлений решению проблем в сфере и выдвинул новые инициативы.

Выступившие предприниматели рассказали о проблемах в своей деятельности, высказали свои мнения и предложения. Они рассмотрены с участием ответственных лиц и хокимов.

👉 Shavkat Mirziyoyev_press-service
#Professional_ta'lim |#Qabul_2021

⚡️DIQQAT! MUHIM E’LON‼️

❗️Kollejlar va texnikumlarga 2021/2022-o‘quv yili uchun 10-sentabrga qadar (shu kuni ham) o‘qishga qabul qilish uchun ONLAYN ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

👉 Kollejlar uchun elektron platformahttps://kollej.edu.uz.

✔️Abituriyentlar uchun 176 ta kollejda jami 170 dan ortiq kasblar va mutaxassisliklar mavjud.

👉 Texnikumlar uchun elektron platformawww.texnikum.edu.uz.

✔️Abituriyentlar uchun 197 ta texnikumda jami 138 dan ortiq mutaxassisliklar mavjud.

🔰Elektron platforma orqali quyidagi tartibda ro‘yxatdan o‘tiladi:

1️⃣ Elektron ariza to‘ldiriladi;

2️⃣ Umumta’lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi yuklanadi;

3️⃣ passport ma’lumotlar kiritiladi.
———
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Tuhmatning ham chegarasi bor

Ijtimoiy tarmoqda bugungi tadbirkorlar bilan muloqotda Xalq taʼlimi vaziri davlat rahbaridan koʻrsatma olayotgan paytda uning orqa fonida Oliy taʼlim vaziri A. Toshqulovning boshini eggan suratiga „vazir uyquda“ tarzida izoh berish boshlandi.

Foto doim ham holatni toʻliq his qilish imkonini bermaydi. Kadr bilan ishlaydiganlar buni darrov tushunadi. Suratni koʻriboq, vazir boshini egib yozib oʻtirganligini tushunish qiyin emas.

Mutasaddilardan xuddi shu kadrni montajdan xoli „isxodnik materiallar“ olindi. Faktcheking qilinganda vazir uxlamaganligi o‘z tasdig‘ini topdi.

Marhamat, videoda koʻrishingiz mumkin. Oliy taʼlim vaziri xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatovga topshiriq berilayotganda yon daftariga qaydlar qilish bilan band.

Tekshirilmagan, shubhalarga asoslangan axborot tarqatish — eng kamida kasbiy etikaga zid.

Shu o‘rinda, fuqarolarga xususan, xukumat a‘zosiga tuhmat qilish uchun javobgarlik belgilanganligini eslatamiz.
#Bilasizmi

Tuhmat uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik mavjud
———
👉 @eduuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21-avgust — umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari kuni

🔰 “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori
ostida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan ushbu xayrli tashabbus doirasida:

▫️ mahallalar;
▫️ aholi yashash xonadonlari;
▫️ koʻp qavatli uy atroflari;
▫️ guzar va xiyobonlar;
▫️ ziyoratgoh va qabristonlar;
▫️koʻcha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.

Shuningdek, 2021-yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi munosabati bilan kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, yolgʻiz yashovchi hamda nogironli mavjud yurtdoshlarimiz holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari yaxshilanib, uy-joylarini taʼmirlashga koʻmaklashiladi.
————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Umumxalq hashari koʻtarinki ruhda boshlandi

🔰 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan bugun yurtimizda “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari oʻtkazilmoqda.

🌅 Bugun erta tongdan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi barcha taʼlim muassasalarida xalqimizga xos boʻlgan qadriyat – hashar ishlari koʻtarinki ruhda boshlandi.

🔸 Professor-oʻqituvchilari hamda talabalari tomonidan taʼlim muassasalari hududi va atrofidagi maydonlar tozalanib, oʻquv binolari, sport inshootlari, talabalar turar joylarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🔹 Vazirlik hovlisida jamoa tomonidan hashar oʻtkazilib, daraxtlarning tagi tozalandi, ularga shakl berilib, oqlandi, ariqlar tozalandi. Hashar ishlari vazirlik hududida olib borilib, ishtirokchilar uchun osh tashkil etildi.

✔️ Oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim tizimida umumxalq hashari davom etmoqda.
———
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Toshkent shahridagi Amiti universiteti dunyo bo‘ylab eng yetuk mutaxassis olimlarni jalb etgan holda tadqiqotchi va professor-o‘qituvchilar uchun “Xalqaro professor-o‘qituvchilar muhokamalari forumi” turkum dasturlarini e’lon qiladi.

Birinchi mehmon-dokladchi dunyoga mashhur NASA kompaniyasining yuqori malakali dasturchilari rahbari – Maykl Gerard Xinchey.

Maykl Gerard Xinchey – irlandiyalik kompyuter muhandisi. Irlandiyaning ko‘p universitetli tadqiqot markazi bo‘lgan “Irlandiya dasturiy muhandislik tadqiqot markazi”ning direktori.

Uning hozirgi kungacha qo‘lga kiritgan quyidagi yutuqlari va mukofotlari tahsinga loyiq:

• NASA dasturiy ta’minotni ta’minlash tadqiqotiga qo‘shgan hissasi uchun 2012-yilgi "NASA" mukofoti;
• “NASA Kerley” mukofoti–2009 – Yil tadqiqotchisi;
• “NASA” faxriy mukofoti–2008;
• Buyuk Britaniyaning “Yetuk matematik” mukofoti;
• Buyuk Britaniyaning “Yetuk muhandis” mukofoti;
• Buyuk Britaniyaning “Yetuk professional muhandis” mukofoti;
• Buyuk Britaniyaning “Axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis” mukofoti;
• Avstraliya muhandislar instituti, ilmiy xodim faxriy unvoni;
• Buyuk Britaniya kompyuter jamiyati, ilmiy xodim faxriy unvoni;
• Elektrotexnika va elektronika muhandislari instituti, katta a’zosi;

Mazkur tadbir joriy yilning 26-avgust kuni 14:30 da universitet binosida tashkil etiladi.

Ishtirok etish bepul.

Manzil:
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani , Labzak ko‘chasi 70-uy.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👉 amity-edu.zoom.us

Shuni ta’kidlash joizki, Toshkent shahridagi Amiti universitetining bu kabi dasturlarni yo‘lga qo‘yishidan asosiy maqsadi respublikada olimlar faoliyatini rag‘batlantirish va ularning dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan mutaxassis olimlari bilan uchrashuvlarini tashkil etish, ilmiy-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malaka darajasini yanada oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi Amiti universiteti 80% ilmiy salohiyatga ega bo‘lib, 100% chet ellik mutaxassislar faoliyat olib borishadi.