#Magistratura_2021
TIQXMMI Qarshi filialida magistratura mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilgan imtihonlar yakunlandi
2021/2022-o‘quv yili uchun Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialida mavjud 6 ta magistratura mutaxassisliklariga 169 nafar abituriyent hujjat topshirgan edi. Shulardan imtihonga 137 nafar talabgor ishtirok etgan bo‘lsa, 32 nafari sababsiz qatnashmadi.
Jarayonlar uzluksiz tarzda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining imtihon.edu.uz/Qashqadaryo/50 sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilib, kirish sinovi natijalari tiiamekb.uz sayti orqali e'lon qilib borildi.
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Telegraph
TIQXMMI Qarshi filialida magistratura mutaxasislik fanlaridan o‘tkazilgan imtihonlar yakunlandi
Magistratura mutaxassislik Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo‘yicha), Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha), Suv tejamkor sug‘orish…
#Rasmiy_bayonot
Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqalgan “Bu videomurojaat ko‘plab talabalar nomidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga!” nomli videomurojaat yuzasidan
Videomurojaatda o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan talabgorlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga murojaat qilib, arizasi rad etilgan va kamchiligi bo‘lgan talabalar arizasini tahrirlash uchun yana bir bor imkon berishlarini so‘rashgan.
Vazirlik mazkur videomurojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Xabaringiz bor, respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida o‘qishni ko‘chirish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining transfer.edu.uz platformasi orqali joriy yilning 15-iyulidan 5-avgustiga qadar amalga oshirildi.
Ushbu davr mobaynida o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq zarur ma’lumotlar, xususan, jarayon boshlanishi, ko‘chirish tartibi, ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati 5-avgust ekanligi haqidagi eslatmalar vazirlik rasmiy veb-sayti va telegramdagi sahifasi orqali muntazam ravishda fuqarolar xabardor qilib borildi.
Ushbu muddatda transfer.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabalar (fuqarolar)ning arizalari komissiya tomonidan to‘liq ko‘rib chiqildi. Ammo ma’lum bir sabablarga ko‘ra ayrimlarning arizalari rad etildi.
Mazkur holatni inobatga olgan holda 11-avgust kuni vazirlik tomonidan rad etilgan arizalarning kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida qo‘shimcha tahrirlash uchun so‘nggi muddat 13-avgust (ya’ni qo‘shimcha 3 kun) etib belgilangani haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar orqali rasman ma’lum qilindi.
Shuningdek, mazkur xabar bilan ushbu muddatdan so‘ng arizalarni tahrirlash imkoni bo‘lmasligi va kamchiliklari bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmasligi haqida ham ogohlantirildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mazkur ogohlantirishlarga qaramasdan kamchiliklarni bartaraf etmaganlar uchun boshqa qo‘shimcha muddat berilmasligini ma’lum qilamiz.
————————
➖ Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#So'ragan_edingiz
❓102-SAVOL:
Assalomu alaykum. Menga litseydan telefon qilib, tanlagan yo‘nalishim yuzasidan akademik litseylarni ustuvorlik bo‘yicha belgilashim kerakligini aytishdi. Ustuvorlikni belgilash tartibi qanday?
✅ JAVOB:
Joriy yilda litsey.edu.uz portal orqali o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha akademik litseylarni ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi.
👉 Bunda o‘quvchi ustuvorlik sifatida:
🔹 litsey.edu.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirib, hujjat topshirgan 5 ta akademik litseylarni fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan yo‘nalishlarni ketma-ketlik asosida belgilaydi.
Masalan, o‘quvchi hujjat topshirgan akademik litseyning aniq fanlar (iqtisodiyot) ta’lim yo‘nalishini tanlasa, qolgan tanlagan ta’lim muassasalari yo‘nalishlari ham aniq fanlar (iqtisodiyot) bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, test topshirish ta’lim tilini (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) va chet tillar sifatida (ingliz, nemis, fransuz) tillardan birini aniq ko‘rsatish kerak bo‘ladi.
❗️Test imtihonlari natijalari o‘quvchi tanlagan akademik litseylarning qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha tanlangan ustuvorlik asosida chiqariladi. Bunda o‘quvchi to‘plagan ball tanlagan ustuvorlik ketma-ketligidagi akademik litseylardan birining o‘tish baliga to‘g‘ri kelsa, faqatgina o‘sha akademik litseyga qabul qilinishda inobatga olinadi.
❓103-SAVOL:
Men Buxoro viloyatidanman. Toshkent shahridagi akademik litseylarga hujjat topshirganman. Imtihonlarni Buxoroda topshirishim mumkinmi? Yoki Toshkentga borib topshiramanmi?
✅ JAVOB:
Joriy yilda tanlagan akademik litseylari joylashuvi qaysi hududda joylashganidan qat’i nazar o‘quvchi test topshirish hududini o‘zining yashash manziliga yaqin bo‘lgan hududda topshirish imkoniyati yaratildi. Buning uchun litsey.edu.uz portalidagi shaxsiy kabinetida ustuvorlikni belgilayotganda test topshiradigan hududni ham aniq ko‘rsatishi lozim.
👉 Bugungacha berilgan savollarga javoblar bilan tanishing

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat
Xalqaro press-klubning "Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda" mavzusidagi sessiyasidan
Komiljon Karimov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Xalqaro press-klubning "Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda" mavzusidagi sessiyasidan
Komiljon Karimov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey
⚡️ESLATMA!
⚠️Akademik litseylarga hujjat topshirgan umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga!!!
🔚 Bugun, 20-avgust litsey.edu.uz portal orqali o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha akademik litseylarni ustuvorlik sifatida belgilashning OXIRGI KUNI.
⏩ Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar vazirlikning litsey.edu.uz portali orqali o‘zlarining login va parollari bilan shaxsiy kabinetga kirgan holda soat 24-00ga qadar quyidagi tahrirlash ishlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi:
• tahrirlash tugmasi orqali o‘z shaxsiy ma’lumotlaridagi kamchiliklarni to‘g‘rilash;
• xorijiy tilni bilish sertifikati mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish va uni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini yuklash;
• hujjat topshirgan o‘quvchi o‘zi tanlagan 1 dan 5 tagacha bo‘lgan akademik litseylarning bir xil ta’lim yo‘nalishlarini ketma-ketlik asosida belgilash;
• kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun test topshirish hududini belgilash.
*Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun akademik litseylar va ularga bog‘lanish telefon raqamlari ilova qilinadi. 👇
________________________

#Qabul_2021
❓Tana harorati 37º C dan yuqoriligi aniqlangan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari qachon o‘tkaziladi?
Ma’lumki, 2021-2022-o‘quv yili uchun OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari 2021-yil 5-avgustdan 16-avgustga qadar 12 kun davomida kuniga 2 smenada bo‘lib o‘tdi.
🌡 Davlat test markazi ma’lumotiga ko‘ra, test sinovlariga kelgan vaqtda 110 nafar abituriyentning tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlangan. Mazkur abituriyentlar uchun tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, test sinovlariga kiritilmagan. Ular uchun 30-avgustga qadar qo‘shimcha test sinovlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
📌 Hozirda test sinovida ishtirok etgan barcha abituriyentlarning test natijalari e’lon qilingan bo‘lib, tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng yakuniy tanlov natijalari hisoblanadi va “mandat” Davlat komissiyasining bayoni bilan e’lon qilinadi.
____________
👉 @eduuz

Edu.uz
#Qabul_2021 ❓Tana harorati 37º C dan yuqoriligi aniqlangan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari qachon o‘tkaziladi? Ma’lumki, 2021-2022-o‘quv yili uchun OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari 2021-yil 5-avgustdan 16-avgustga…
#Qabul_2021
Davlat test markazi tomonidan qo‘shimcha ma’lumot
🔰 Yuqoridagi xabarda qayd etilganidek, test sinoviga kelgan vaqtda 110 nafar abituriyentning tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlanganligi sababli boshqa abituriyentlarning salomatligini o‘ylagan holda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, test sinovlariga kiritilmagan. Ular uchun 30-avgustga qadar qo‘shimcha test sinovlari tashkil etish rejalashtirilgan.
✔️ Bundan tashqari mazkur test sinovlarida koronavirus bilan kasallanganligi sababli test sinovlarida ishtirok eta olmagan va 16-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilgan abituriyentlar ham qatnashishi belgilangan.
☝️ Ma’lumot o‘rnida, 16-avgustga qadar 1 200 nafardan ziyod abituriyent koronavirus bilan kasallanganligi sababli test sinovlarida ishtirok eta olmaganligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan bo‘lib, hozirda ularning ma’lumotlari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.
✅ Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalinib, tuzalib chiqqan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari qaysi sanada o‘tkazilishi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining xulosasi asosida belgilanadi.

📍FOYDALI!
🔰Ma’lumki, joriy o‘quv yili akademik litseylarga kirish imtihonlarida test topshiriladigan fanlar majmuasida ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fandan tashqari o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test topshiriqlari ham mavjud.
✔️Quyida IQ ni aniqlash bo‘yicha test savollari tayyorlanadigan adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishing:
➡️ Drujinin V.N. Психология общих способностей. 3-е изд. - СПб.: Питер, 2007.
➡️ Ayzenk G. Новые IQ тесты. - М.: Изд-во Эксмо, 2003.
➡️ Ayzenk G. Классические IQ тесты. Перевод с англ. К.Савельева. Москва: Изд-во Эксмо, 2011.
➡️ Muxordova O.Ye., Шрейбер Т.В. Прогрессивные матрицы Равена: методические рекомендации. – Ижевск: Изд-во «Удмуртский университет», 2011.
➡️ Simon Martin. IQ: развитие интеллекта и подготовка к тестам: Пер. с нем. - СПб.: БХВ-Петербург, 2010.
➡️ www.testoteka.narod.ru
➡️ www.amthauer-ist.com/ru
➡️ www.treningmozga.com

#Mirziyoyev #uchrashuv #tadbirkorlik #muloqot
Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Bunday shakldagi uchrashuv ilk bor oʻtkazildi va unda jami oʻn mingga yaqin tadbirkor ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari oʻz nutqida sohadagi muammolarni hal qilishga qaratilgan 7 ta muhim yoʻnalishni koʻrsatib oʻtdi, yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Muloqotda tadbirkorlar soʻzga chiqib, faoliyatida duch kelayotgan muammolarni, taklif va mulohazalarini aytdi. Ular tarmoq mutasaddilari va hokimlar ishtirokida muhokama qilindi.
—————
Президент провел открытый диалог с предпринимателями. В мероприятии, впервые прошедшем в таком формате, приняли участие около 10 тысяч представителей бизнеса.
В своем выступлении глава государства обозначил 7 важных направлений решению проблем в сфере и выдвинул новые инициативы.
Выступившие предприниматели рассказали о проблемах в своей деятельности, высказали свои мнения и предложения. Они рассмотрены с участием ответственных лиц и хокимов.
👉 Shavkat Mirziyoyev_press-service

#Professional_ta'lim |#Qabul_2021
⚡️DIQQAT! MUHIM E’LON‼️
❗️Kollejlar va texnikumlarga 2021/2022-o‘quv yili uchun 10-sentabrga qadar (shu kuni ham) o‘qishga qabul qilish uchun ONLAYN ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
👉 Kollejlar uchun elektron platforma — https://kollej.edu.uz.
✔️Abituriyentlar uchun 176 ta kollejda jami 170 dan ortiq kasblar va mutaxassisliklar mavjud.
👉 Texnikumlar uchun elektron platforma — www.texnikum.edu.uz.
✔️Abituriyentlar uchun 197 ta texnikumda jami 138 dan ortiq mutaxassisliklar mavjud.
🔰Elektron platforma orqali quyidagi tartibda ro‘yxatdan o‘tiladi:
1️⃣ Elektron ariza to‘ldiriladi;
2️⃣ Umumta’lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi yuklanadi;
3️⃣ passport ma’lumotlar kiritiladi.
———

Tuhmatning ham chegarasi bor
Ijtimoiy tarmoqda bugungi tadbirkorlar bilan muloqotda Xalq taʼlimi vaziri davlat rahbaridan koʻrsatma olayotgan paytda uning orqa fonida Oliy taʼlim vaziri A. Toshqulovning boshini eggan suratiga „vazir uyquda“ tarzida izoh berish boshlandi.
Foto doim ham holatni toʻliq his qilish imkonini bermaydi. Kadr bilan ishlaydiganlar buni darrov tushunadi. Suratni koʻriboq, vazir boshini egib yozib oʻtirganligini tushunish qiyin emas.
Mutasaddilardan xuddi shu kadrni montajdan xoli „isxodnik materiallar“ olindi. Faktcheking qilinganda vazir uxlamaganligi o‘z tasdig‘ini topdi.
Marhamat, videoda koʻrishingiz mumkin. Oliy taʼlim vaziri xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatovga topshiriq berilayotganda yon daftariga qaydlar qilish bilan band.
Tekshirilmagan, shubhalarga asoslangan axborot tarqatish — eng kamida kasbiy etikaga zid.
Shu o‘rinda, fuqarolarga xususan, xukumat a‘zosiga tuhmat qilish uchun javobgarlik belgilanganligini eslatamiz.