Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#O‘qishni_ko‘chirish

⚡️ Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirganlar diqqatiga!

📌 Ko‘plab talabgorlarning murojaatlariga asosan xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha Davlat test markazining transfer.dtm.uz sayti orqali onlayn ariza topshirgan va arizasi qabul qilingan, lekin test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarga to‘lovni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda.

Unga ko‘ra xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan talabgorlar 2021-yil 19-avgust kuni 18:00 ga qadar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Bu talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda ular uchun berilayotgan so‘nggi imkoniyatdir.

————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (527-son, 18.08.2021-y.) bilan Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📌 Nizomga ko‘ra, ta’lim kreditlari oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

☑️ Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbayiga ega oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.

🔄 Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

🔘 Ta’lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

✔️ ariza;

✔️ to‘lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;

✔️ ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;

✔️ “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);

✔️birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot.

Hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

📝 Ta’lim krediti shartnomasi to‘lov-kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.

🏦 Ta’lim krediti kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

⚠️ Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.

Mazkur tartib:

chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga;

tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan ta’lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

🚫 Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilmaydi.

————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xizmat_safari

🇺🇿 Toshkent shahridagi bir qator OTMning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Rahimjon Xakimov Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Xalqaro islom akademiyasi va Toshkent farmasevtika institutida bo‘lib, muassasalarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdi va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

👉 Batafsil
————
🇷🇺 Изучена готовность ряда вузов Ташкента к новому учебному году

Заместитель министра высшего и среднего специального образования Рахимжон Хакимов посетил Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы, Международную исламскую академию и Ташкентский фармацевтический институт. В ходе визита он ознакомился с проводимыми в этих учреждениях реформами, изучил состояние подготовки к новому учебному году.

👉 Подробно
————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Dayjest

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘tgan hafta faoliyati to‘g‘risida INFOGRAFIKA

————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#E'lon

⚡️ OTMda kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

📌 Ma’lumki, alohida iqtidor talab etiladigan yoki fanlar majmuasida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markaziga taqdim etildi va mazkur natijalar Davlat test markazining maxsus tizimlariga joylashtirildi.

Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari va test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limi orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xizmat_safari

Qoraqalpog‘istondagi OTMda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov xizmat safari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi.

Safar doirasida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, xususan, kuz-qish mavsumiga o‘quv binolari va talabalar turar-joylarini tayyorlash, issiqlik tizimlarining ta’mirlanganlik holati hamda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishildi.
—————
Изучены условия, созданные для студентов в университете Каракалпакстана

Заместитель министра высшего и среднего специального образования по экономическим вопросам Сарвархон Бузрукханов посетил с рабочим визитом Республику Каракалпакстан.

В ходе визита он ознакомился с подготовкой к новому учебному году, в частности, учебных корпусов и общежитий к осенне-зимнему сезону, состоянием ремонта систем отопления и ходом строительно-ремонтных работ.
———
Telegram | Instagram | Facebook
#So‘ragan_edingiz

101-SAVOL:
Men Qarshi shahridagi Nuriston akademik litseyiga hujjat topshirdim. Kirish imtihonida nechta fandan test topshiraman?

JAVOB:
Joriy o‘quv yili kirish imtihonlarida test topshiruvchilar uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha 20 tadan (jami 40 ta) hamda o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha 20 ta (jami 60 ta) test topshiriqlari bajarilishi belgilangan.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball:

— 1- va 2- fanlar bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball);

— IQni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21-avgust — umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari kuni

🔰 “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik”
ostida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan ushbu xayrli tashabbus doirasida:

▫️ mahallalar;
▫️ aholi yashash xonadonlari;
▫️ koʻp qavatli uy atroflari;
▫️ guzar va xiyobonlar;
▫️ ziyoratgoh va qabristonlar;
▫️koʻcha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.

Shuningdek, 2021-yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi munosabati bilan kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, yolgʻiz yashovchi hamda nogironli mavjud yurtdoshlarimiz holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari yaxshilanib, uy-joylarini taʼmirlashga koʻmaklashiladi.
————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🗣 Xalqaro press-klub O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusiga bag‘ishlangan o‘zining navbatdagi sessiyasini tashkil etmoqda.

📍Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Adliya vaziri o‘rinbosari va boshqa qator vazirlik mutasaddilari ishtirok etishi kutilmoqda.

🎥 Efirni siz to‘g‘ridan to‘g‘ri bugun sanoqli daqiqalardan so‘ng, soat 11:15 da "O‘zbekiston 24" va "UzReport" telekanallari orqali tomosha qilishingiz mumkin.

O‘tkazib yubormang!

@IPCUzbekistan
#Prezident_granti

Prezident granti uchun da’vogarlik qiladigan abituriyentlar ro‘yxati e’lon qilindi

🔰DTMning mandat saytidagi ro‘yxatda Prezident granti uchun da’vogarlik qiladigan abituriyentlar ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 185,85 balldan yuqori ko‘rsatkichga erishgan 233 nafar abituriyent Prezident grantiga da’vogarlik qiladigan bo‘ldi.

🔘 Bunda 200-o‘rindagi abituriyent bilan bir xil ball to‘plagan barcha abituriyentlar ushbu grantga da’vogarlik qilishadi. Natijalarga ko‘ra, 185-o‘rindan 233-o‘ringacha abituriyentlar bir xil 185,85 ball to‘plashgan, shu sababli barchasi Prezident grantiga da’vogarlik qilishadi.

Shuningdek, respublika bo‘ylab jami 75 nafar abituriyent eng maksimal 189 ball to‘plashdi.

☝️Eslatib o‘tamiz, Prezident grantini olganlar garchi kontraktga kirgan bo‘lsa ham davlat granti asosida o‘qishadi.

➡️ Prezident grantiga da’vogarlik qilayotgan abituriyentlarning 73 nafari Toshkent davlat yuridik universitetiga to‘g‘ri keladi.

Ma'lumot o‘rnida, ushbu natijalar koronavirusga chalingan yoki test kuni isitmasi yuqori bo‘lgan abituriyentlar uchun o‘tadigan qo‘shimcha test sinovlaridan keyin o‘zgarishi mumkin.

————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube