Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
Professional ta’lim tizimida ta’lim dasturlari loyihalarining jamoatchilik muhokamasi yo‘lga qo‘yildi

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq professional ta’lim dasturlari loyihalarini jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirish yo‘lga qo‘yildi.

🔸Ta’lim dasturlari loyihalari bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining dastur.edu.uz sayti orqali tanishish mumkin.

🔹Mazkur loyihalar yuzasidan takliflar elektron tarzda yuqoridagi sayt orqali yuborilishi mumkin.

🔸Ta’lim dasturlari bo‘yicha jamoatchilik va ekspertlar, shu jumladan ish beruvchilar, vazirlik va idoralar, uyushmalar va mahalliy ijro hokimiyati organlari vakillarining taklif va tavsiyalari mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#So‘ragan_edingiz

98-SAVOL:
Magistratura ixtisoslik fanlaridan kirish imtihonlariga ruxsatnomani qayerdan olsak bo‘ladi?

JAVOB:
Magistratura ixtisoslik fanlaridan kirish imtihonlari uchun ruxsatnoma talab etilmaydi. Faqat imtihonga kirishda magistr.edu.uz platformasi orqali to‘ldirilgan qayd varaqa va fuqarolikni tasdiqlovchi hujjat so‘raladi.

99-SAVOL:
Men bugun magistratura ixtisoslik fanidan imtihon topshirdim. Imtihon javoblarini qanday bilsam bo‘ladi?

JAVOB:
Magistratura ixtisoslik fanlaridan imtihon javoblari imtihon topshirilgan oliy ta’lim muassasasi rasmiy sayti orqali kunlik e’lon qilib boriladi.

〰️〰️〰️〰️
👉 Bugungacha berilgan savollarga javoblar bilan tanishing
————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Yangi Oʻzbekiston demokratik oʻzgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovning savollariga javoblari
————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#E'LON

⚡️Akademik litseylarga hujjat topshirgan umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

🔰2021/2022-o‘quv yilida akademik litseylarga Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida, shuningdek, koronvirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni inobatga olib, akademik litseylarga hujjat topshirish jarayoniga o‘zgartirishlar kiritilganini ma'lum qilamiz.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar vazirlikning litsey.edu.uz portali orqali o‘zlarining login va paroli bilan shaxsiy kabinetiga kirgan holda 20-avgust soat 24-00ga qadar quyidagi tahrirlash ishlarini amalga oshirishlari:

• tahrirlash tugmasi orqali o‘z shaxsiy ma’lumotlaridagi kamchiliklarni to‘g‘irlashlari;

• xorijiy tilni bilish sertifikati mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish va uni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini yuklashlari;

• hujjat topshirgan o‘quvchi o‘zi tanlagan 1 dan 5 tagacha bo‘lgan akademik litseylarning bir xil ta’lim yo‘nalishlarini ketma-ketlik asosida belgilashi;

• kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun test topshirish hududini belgilashlari mumkin bo‘ladi.

*Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun akademik litseylar va ularga bog‘lanish telefon raqamlari ilova qilinadi. 👇
________________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xizmat_safari

🇺🇿 Mo‘ynoq tuman kasb-hunar maktabi uchun 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib, Mo‘ynoq tumanidagi kasb-hunar maktabida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdi hamda ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

👉 Batafsil
__

🇷🇺 Профессиональному образовательному учреждению Мойнакского района выделено более 1 млрд сумов

Заместитель министра высшего и среднего специального образования по экономическим вопросам Сарвархон Бузрукханов посетил Республику Каракалпакстан и ознакомился с проводимыми реформами в профессионально-техническом образовательном учреждении Мойнакского района, изучил состояние подготовки к предстоящему учебному году.

👉 Подробно
_______________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#So‘nggi_besh_yildagi_islohotlar

⚡️“Oʻzbekiston 24” telekanali orqali “Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” koʻrsatuvining navbatdagi soni efirga uzatildi.

🔸Koʻrsatuv oliy taʼlim sohasidagi Prezident hujjatlarining ijrosi qay darajada bajarilayotganiga bagʻishlandi.

🔹Unda oliy ta’limda so‘nggi 5 yilda amalga oshirilgan ishlar, tahliliy-statistik ma’lumotlar hamda mahalliy va xorijiy ekspertlarning fikr-mulohazalari berildi.

👉 Ko‘rsatuvni to‘liq ko‘rish
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned «#E'LON ⚡️Akademik litseylarga hujjat topshirgan umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga!!! 🔰2021/2022-o‘quv yilida akademik litseylarga Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida o‘quvchilar…»
Prezident so‘nggi 5 yilda oliy ta’lim sohasida erishilgan o‘sish tendensiyalari haqida:

— Keyingi besh yilda oliy taʼlimga qabul kvotasi 3 barobar oshirilib, joriy yilda 182 ming nafar yoshlar uchun talaba boʻlish imkoniyati yaratildi. Bu – umumiy qamrov 28 foizga yetdi, deganidir. Oʻzingiz qiyoslab koʻring, 4 yil avval bu raqam atigi 9 foizni tashkil etardi. Bu borada davlat grantlari 21 mingtadan 47 mingtaga koʻpaytirilgani, oʻtgan yilgi tajribamizni yangi bosqichga koʻtarib, ehtiyojmand oilalarga mansub 2 ming nafar qizlarga bu yil oliygohlarga kirish uchun alohida grantlar ajratilgani yoshlarimiz kelajagini taʼminlashga qaratilgan amaliy eʼtiborimiz namunasidir.

Biz 2030-yilga qadar maktab, litsey va kollej bitiruvchilarini oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini 50 foizga yetkazishni reja qilganmiz va bunga albatta erishamiz.

👉 Maqolani to‘liq o‘qish

————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Magistratura_2021

Imtihonlar jamoatchilik nazorati ostida shaffof tarzda bo‘lib o‘tmoqda

🔰Xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida
magistratura bosqichida tahsil olish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar uchun mutaxassislik fanlardan imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur jarayonlarning shaffof va adolatli o‘tishini ta'minlash maqsadida universitet rahbariyati va Qabul komissiyasi tomonidan barcha tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

🔸Shuning bilan birga, jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida OAV vakillari, ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar imtihon jarayonlarini bevosita kuzatishga taklif etildi. Birinchilardan bo‘lib ushbu taklifni qabul qilgan O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari, huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev imtihon jarayonlarini bevosita kuzatib bordi. Tashrif davomida imtihonlarni tashkil etish borasida o‘z taklif va tavsiyalari haqida TDIU axborot xizmatiga intervyu berdi.

🔹O‘tkazilgan imtihon natijalari abituriyentga shu zahoti ma'lum qilinib, to‘plagan ballari e'lon qilinib borilmoqda. Natijalardan norozi yoki abituriyent tomonidan noto‘g‘ri tuzilgan deb topilgan savollar bo‘yicha apellyatsiya tartibida shikoyat arizalari ham shu yerning o‘zida TDIU qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinmoqda. Murojaatlar abituriyent va mutaxassislar ishtirokida bir kun muddatda ko‘rib chiqiladi.

🎥 Jarayonlar uzluksiz tarzda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining imtihon.edu.uz sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qilib borilmoqda.
________________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿 Komiljon Karimov xizmat safari bilan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida bo‘ldi

🔰 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimov yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini nazorat qilish maqsadida Andijon davlat universiteti hamda Pedagogika institutida bo‘lib, OTMdagi tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

✔️ Xizmat safarining ikkinchi kunida vazirning birinchi o‘rinbosari Farg‘ona davlat universitetida hududdagi aholining murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha sayyor qabul uyushtirdi.

🇷🇺Комилжон Каримов побывал с рабочим визитом в Андижанской и Ферганской областях

🔰Первый заместитель министра высшего и среднего специального образования К.Каримов посетил Андижанский государственный университет и Педагогический институт для ознакомления с процессом подготовки к новому учебному году.

✔️Во второй день визита первый заместитель министра посетил также Ферганский государственный университет, где был организован выездной прием для изучения обращений местного населения.
———
👉 @eduuz
#So'ragan_edingiz

100-SAVOL:
Men Toshkent tibbiyot akademik litseyiga hujjat topshirdim. Kirish imtihonlari qaysi fanlardan o'tkaziladi?

JAVOB:
Ma'lumki, akademik litseylarda 4 ta (aniq, tabiiy, ijtimoiy gumanitar va xorijiy tillar) ta'lim yo'nalishlari mavjud bo'lib, ular o'z navbatida kichik guruhlarga bo'lingan (rasmga qarang👆).

Shundan kelib chiqib, TTA akademik litseyi "Tabiiy fanlar 1" yo'nalishiga topshirgan o'quvchilar biologiya, kimyo, "Tabiiy fanlar 2" yo'nalishiga topshirgan o'quvchilar esa kimyo, matematika fanlaridan test imtihonlarida ishtirok etadi.

Shu va boshqa ta'lim yo'nalishlari bo'yicha fanlar majmuasi ilovada berilgan.

👉 Bugungacha berilgan savollarga javoblar bilan tanishing
————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#E'lon

Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura mutaxassisligiga kirish imtihonlari sanasi aniq bo‘ldi

📆 2021-2022-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga kirish test sinovlari 20-avgust kuni 19:00 da Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari 2 ta — mutaxassislik fani va chet tili (ingliz, nemis, fransuz)dan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 25 tadan jami 75 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

Chet tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga ega talabgorlar chet tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadi va ularga shu fan doirasida olish mumkin bo‘lgan maksimal ball beriladi. Ularga test sinovida 2 ta mutaxassislik fani uchun 1 soat 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida:

— to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 207,5 ball;
— mutaxassislik fanlari bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 ball (jami 155 ball);
— chet tili fani bo‘yicha esa 2,1 ball (jami 52,5 ball) etib belgilandi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 18-avgust kuni 15:00 dan boshlab Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin bo‘ladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

✔️ Ma’lumot uchun, 2020 yildan boshlab TDYuU magistratura mutaxassisliklariga kirish (mutaxassislik va chet tili) imtihonlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonining an’anaviy (oflayn) tarzda boshlanishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan

Ayni kunlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda ta’lim jarayonini an’anaviy (oflayn) tarzda tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra tegishli ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish yuzasidan yakuniy xulosa tasdiqlangandan so‘ng, vazirlik sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali rasmiy tarzda e’lon qilinadi.

Shu o‘rinda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalarni pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini, ularning ota-onalari ham farzandlari sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan qarashlari va, albatta, vaksinatsiya jarayoniga faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

Emlash talabalarning yaxshi bilim olishlari bilan bir qatorda o‘zlari hamda professor-o‘qituvchilarning ham sog‘-salomat bo‘lishini ta’minlaydi.

————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Magistratura_2021

TDTUda magistraturaga kirish imtihonlari o‘z yakuniga yetdi

🔰2021/2022-o‘quv yili uchun Toshkent davlat transport universitetida mavjud 38 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 1389 nafar abituriyentlarning hujjatlari qabul qilindi.

🔹Magistraturada o‘qish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari belgilangan grafik asosida 14—17-avgust kunlari 4 smenada o'tkazildi.

🔹O'tgan 4 kun ichida jami 1033 nafar abituriyent ishtirok etib, natijalar rasmiy sayti orqali berib borildi.

🔹 14—17-avgust kunlari magistratura test sinovlariga COVID-19 sababli kelmagan abituriyentlar 18-avgust 19:00ga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan koronavirus infeksiyasiga PZR tahlili musbatlik xulosasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy boshqarmalar (tibbiyot muassasalari) tibbiy ma’lumotnomasini ilova qilgan holda [email protected] manziliga elektron ariza bilan murojaat qilishlari lozim!
——————
👉 @eduuz
#O‘qishni_ko‘chirish

⚡️ Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirganlar diqqatiga!

📌 Ko‘plab talabgorlarning murojaatlariga asosan xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha Davlat test markazining transfer.dtm.uz sayti orqali onlayn ariza topshirgan va arizasi qabul qilingan, lekin test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarga to‘lovni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda.

Unga ko‘ra xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan talabgorlar 2021-yil 19-avgust kuni 18:00 ga qadar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Bu talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda ular uchun berilayotgan so‘nggi imkoniyatdir.

————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube