Edu.uz
142K subscribers
21.5K photos
4.65K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#So'ragan_edingiz

95-SAVOL:
Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga 2.6 ball yetmay qoldi. Shu ko‘rsatkich bilan o‘qishga qabul qilinishim uchun qancha miqdorda kontrakt to‘lashim kerak bo‘ladi?

JAVOB:
Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari qo‘shimcha qabulni Davlat komissiyasi qarori bilan belgilangan ko‘rsatkichlarga muvofiq to‘plagan ballari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam bo‘lmagan va asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar orasidan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

Oshirilgan to‘lov-kontrakt amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilangan.

Тo‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,1
balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,1
balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,1
balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Demak, Siz o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 2,5 barobar to‘lashingiz kerak bo‘ladi.

96-SAVOL:
Men ta’limning sirtqi shaklida o‘qiyman. Men ham ta’lim kreditini olsam bo‘ladimi?

JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab respublikadagi barcha oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shaklida hamda magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Bunda, ta'limning sirtqi, kechki shakllarida va ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha tahsil oladigan talabalar yoki xorijiy davlatlar fuqarolari nazarda tutilmagan.

〰️〰️〰️〰️
👉 Bugungacha berilgan savollarga javoblar bilan tanishing
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Magistratura_2021

NamDUda magistraturaga kirish imtihonlari davom etmoqda

🔰2021/2022-o‘quv yili uchun Namangan davlat universitetida mavjud 31 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 2863 nafar abituriyentlarning hujjatlari qabul qilindi.

🔹Magistraturada o‘qish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun mutaxassislik (ixtisoslik) fanlaridan kirish imtihonlari belgilangan grafik asosida 13—18-avgust kunlari 4 smenada soat:

🕰 1-smena 8:00 da; 2-smena 11:00 da;
🕰 3-smena 14:00 da; 4-smena 17:00 da o‘tkazilmoqda.

📹 Imtihon jarayonlarini toʻgʻridan toʻgʻri onlayn rejimda adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida imtihon jarayonlari uzluksiz imtihon.edu.uz/Namangan/54 platformasi orqali uzatib borilmoqda.

NamDU Matbuot xizmati
————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Jarayon

Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari universitetga biriktirilgan viloyatning Qamashi tumanidagi 4-sonli Mehribonlik uyida bo‘lib, u yerdagi tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xizmat_safari

Vazir o'rinbosari Samarqanddagi OTMda amalga oshirilayotgan loyihalar hamda islohotlar bilan yaqindan tanishdi

🔰Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Yusuf Absoatov Samarqand davlat chet tillar va Samarqand iqtisodiyot va servis institutlarida bo‘lib, institutlarda amalga oshirilayotgan loyihalar hamda islohotlar bilan yaqindan tanishdi, shuningdek, oliygohlarning yangi 2021/2022-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

👉 https://edu.uz/uz/news/view/2725

————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mfaktor

— Xususiy kapitalni jalb qilmasak, universitetlarda ilm-fanda yuqori rivojlanish bo'lmaydi.

🎞 To‘liq ko‘rish...
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#So‘ragan_edingiz

97-SAVOL:
Magistratura bosqichiga kirish imtihonlari qachon yakunlanadi?

JAVOB:

2021/2022-oʻquv yili magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlari ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda birinchi bosqich mutaxassislik (ixtisoslik) fanidan imtihon oliy taʼlim muassasalarida joriy yilning 20-avgust kuniga qadar oʻtkaziladi. Ikkinchi bosqich imtihonlari chet (ikkinchi chet) tili fanidan Davlat test markazi tomonidan belgilangan muddatlarda birinchi bosqich imtihonlari tugallangandan soʻng tashkil etiladi.

✔️Maʼlumot uchun, joriy oʻquv yilida 85 ta OTMda magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlari tashkil etilgan boʻlib, jarayonlarni onlayn imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli kuzatib borish mumkin.

〰️〰️〰️〰️
👉 Bugungacha berilgan savollarga javoblar bilan tanishing
————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Magistratura_2021

Magistraturaga kirish imtihonlarining yettinchi kuni boshlandi

🔰Bugun, 2021/2022-oʻquv yili magistratura mutaxassisliklariga mutaxassislik (ixtisoslik) fanidan 13 ta davlat oliy taʼlim muassasasida kirish imtihoni oʻtkazilmoqda:

🔸Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

🔹Namangan muhandislik-qurilish instituti;

🔸Namangan muhandislik-texnologiya instituti;

🔹Fargʻona politexnika instituti;

🔸Samarqand veterinariya meditsinasi instituti;

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi;

🔸Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;

🔹Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali;

🔸TDTU Termiz filiali;

🔹TDIU Samarqand filiali;

🔸TDAU Samarqand va Termiz filiallari;

🔹TIQXMMI Qarshi filiali.

✔️OAV xodimlari, ijtimoiy tarmoq faollari va blogerlarni ushbu jarayonlarning shaffof va adolatli tarzda oʻtkazilishini taʼminlash, jamaot nazoratini oʻrnatish maqsadida kirish sinovlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga taklif etiladi.
———
➡️ @eduuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biz vaksina oldik. Sizchi?

Dunyo olimlarining eʼtirof etishicha, COVID-19 ga qarshi kurashning yagona najot yoʻli bu vaksina olishdir!

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tavsiya etadi

————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Jarayon

Yangi O‘zbekiston farzandlari har tomonlama sog‘lom bo‘lib voyaga yetadi

Rostini aytish kerak, shu paytgacha Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini, ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalarni ijtimoiy himoya qilayapmiz, deb yurdigu lekin amalda hech ifodasini ko‘rmadik.

Prezidentimizning “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan ana shu fojiali manazaraga ham barham beriladigan bo‘ldi.

Mahmudjon BOLTABOEV, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori

————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Anons

⚡️Ayni daqiqalarda “Oʻzbekiston 24” telekanali orqali “Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” koʻrsatuvining navbatdagi soni efirga uzatilmoqda.

Koʻrsatuv oliy taʼlim sohasidagi Prezident hujjatlarining ijrosi qay darajada bajarilayotganiga bagʻishlangan.
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Nuqtayi_nazar

Saylovlarda fuqarolar faolligi muhimdir

Yangi O‘zbekistonda fuqarolarning siyosiy faolligi, yaratuvchanlik ruhida yashashi hayot taqozosi, ijtimoiy zaruratga aylanib ulgurdi. Bugungi kunda fuqarolarimiz nafaqat islohotlar ishtirokchisi, balki tashabbuskoriga ham aylanib bormoqda.

Q.Yusupov, Navoiy davlat konchilik instituti, Nukus filiali direktori o‘rinbosari

————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MFaktor

Oliy ta'limni isloh qilish va rivojlantirish uchun qaysi rivojlangan davlat tajribasidan foydalangan ma'qul?

🎞 To‘liq ko‘rish...
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Бўлажак журналистлар учун медиа оромгоҳ ташкил этилди
#16aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#Magistratura_2021

Vazir Surxondaryo viloyatidagi OTMda o‘tkazilayotgan imtihon jaryonlari bilan tanishmoqda

🔰 Ma’lumot o‘rnida, viloyatdagi 5 ta OTMda 2021/2022-o‘quv yili magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi ixtisoslik fanidan o‘tkazilmoqda.

🔸Bugun vazir Abduqodir Toshqulov xizmat safari davomida Termiz davlat universitetidagi imtihon jarayonlarini kuzatdi.
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube