Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#E'tirof

🇺🇿 XXVIII Xalqaro matematika olimpiadasi (IMC) g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo'ldi

Xalqaro olimpiada sovrindori bo'lgan talaba-yoshlar O‘zbekiston milliy universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov tomonidan munosib taqdirlandi.

👉 Batafsil
______
🇷🇺 Награждены победители 28-й Международной математической олимпиады (IMC)

Победителей Международной олимпиады наградил министр высшего и среднего специального образования Абдукодир Ташкулов в Национальном университете Узбекистана.

👉 Подробно
___________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#So‘ragan_edingiz

91-SAVOL:
Magistratura imtihonining birinchi bosqichidan o‘tdim, ikkinchi bosqichi qachon bo‘ladi?

JAVOB:
Magistratura imtihonining birinchi bosqichi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi bosqichi esa mazkur imtihon natijalari 20-avgustga qadar Davlat test markazi bazasiga kiritilgandan so‘ng, xorijiy tillardan test sinovlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda talabgorlarga ruxsatnoma taqdim etiladi. Ruxsatnomada sana va manzil ko‘rsatilgan bo‘ladi.

92-SAVOL:
Men Toshkent davlat transport universitetiga magistraturaga topshirganman, imtihonim 15-avgustga belgilangan. Ammo men hozirda Xorazm viloyatida bo‘lib turibman. Shu bois men 15-avgustda bo‘lib o‘tadigan imtihonga Xorazm viloyatidan turib, ishtirok etishim mumkinmi?

JAVOB:
Magistraturaga mutaxassislik fanlaridan imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilangan joyda o‘tkaziladi. Shu sababli ariza topshirganlar belgilangan joyda imtihonda ishtirok etishlari lozim. Aks holda imtihonda ishtirok etilmaganligi tasdiqlanib, keyingi jarayonlarga qatnashishga ruxsat etilmaydi.

〰️〰️〰️〰️
👉 Bugungacha berilgan savollarga javoblar bilan tanishing
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿 Bir necha daqiqadan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi boshlanadi.
———
🇷🇺 Через несколько минут начнется встреча Президента Шавката Мирзиёева со спортсменами, участвовавшими в Токийской Олимпиаде, их родителями и тренерами.

👉 https://yangx.top/Press_Secretary_Uz
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Magistratura_2021

Jizzax politexnika instituti magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun bugun, 13-avgust kuni soat 08:00 da bo‘lib o‘tgan kirish imtihonlarining natijalari eʼlon qilindi:

👉 https://jizpi.uz/abituriyent/magistratura/magistratura-natijalari/

✔️ Ma’lumot o‘rnida, oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan imtihon jarayonlarini yanada shaffof, ochiq va adolatli o‘tkazish maqsadida internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, jarayonlar imtihon.edu.uz platformasi orqali uzatib borilmoqda.

————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev navbatdagi Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish doirasida koʻrilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida:

"Parijda boʻlib oʻtadigan navbatdagi yozgi Olimpiadaga 100 dan ziyod litsenziyani qoʻlga kiritish va medallar boʻyicha yetakchi 15 ta mamlakat qatoridan joy olish uchun hamma imkoniyatlarimiz bor.

Har bir hudud kesimida Olimpiada oʻyinlariga hozirlik koʻrish dasturlarini ishlab chiqib, uni tizimli tashkil etish kerak.

Sport taʼlim muassasalarida Paralimpiya boʻlimlarini tashkil etib, ularga 10 foiz qoʻshimcha kvotalar ajratish yaxshi natija berishi mumkin.

Shuningdek, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosida toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi bosqichga imtihon sinovlarisiz qabul qilish tizimini ham joriy etishimiz kerak".

👉 https://yangx.top/Press_Secretary_Uz
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2021

🇺🇿 ORDINATURA MUTAXASSISLIKLARI UCHUN TALABGORLARNI OʻQISHGA QABUL QILISH DAVOM ETMOQDA

🏛 Andijon davlat tibbiyot instituti Fargʻona vodiysida tibbiyot sohasidagi mutaxassisliklar boʻyicha kadrlarni yetishtirishda asosiy oliy taʼlim muassasasi hisoblangani bois vodiy shahar va tumanlari talabgorlariga Prezident Qaroriga asosan tumanlar kesimida maqsadli 474 ta kvota ajratildi.
〰️〰️〰️
🇷🇺 ПРОДОЛЖАЕТСЯ ПРИЁМ ПО СПЕЦИАЛЬНОСТЯМ ОРДИНАТУРЫ

🏛 Андижанский государственный медицинский институт является основным образовательным учреждением по подготовке специалистов по узким направлениям медицины в Ферганской долине. В связи с этим на основе Постановления Президента выделены 474 квоты для поступающих из городов и районов долины.

AnDTI 👉 https://telegram.me/mediasmi_uz
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Olimpiada gʻolib va sovrindorlariga davlat mukofotlari topshirildi

Prezident farmoniga muvofiq, Tokio Olimpiadasida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimiz hamda ularning murabbiylari davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan mukofotlandi.

Davlatimiz rahbari ana shu mukofotlarni oʻz egalariga topshirdi.

🔘 Farmonga koʻra:

🔹Bahodir Jalolov — “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni;

🔹Akbar Joʻrayev, Ulugʻbek Rashitov — “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni;

🔹Bekzod Abduraxmonov, Davlat Bobonov — “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

✔️ Oksana Chusovitinaga esa “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni topshirildi.
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube