Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#Jarayon

🔰Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Raximjon Xakimov boshchiligidagi mas’ullar O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronikasi ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lishdi.

➡️ Institut direktori Sharifa Utamuradova institut laboratoriyalarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ilmiy tadqiqot natijalari bilan tanishtirdi.

👉 Batafsil

———
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Live stream scheduled for
​​‼️ Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

⚠️ Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX organlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolarni o‘qishga kiritish, o‘qishini ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar va talabani yakuniy nazorat imtihonidan o‘tkazib qo‘ymoqchi bo‘lgan dekan o‘rinbosari ushlanganligi to‘g‘risida Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qildi.

🔰 Ma’lumotga ko'ra, Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.A. va boshqalar fuqaro A. ni Qirg‘iziston Respublikasining tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini Andijon davlat tibbiyot institutiga ko‘chirish masalasini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga oldindan kelishilgan 7 300 AQSh dollari hisobidan 35,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek:

Toshkent viloyatida fuqaro Sh.I. boshqa bir fuqaroni Chirchiq pedagogika institutiga kontrakt asosida ushbu institutda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, oldindan kelishilgan 3 000 AQSh dollari hisobidan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida;

muqaddam 4 marotaba firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro N.T. fuqaro T. ning o‘g‘lini IIV Akademiyasiga tanishlari orali o‘qishga kiritib qo‘yishga ishontirib, evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida;

Buxoro viloyatida fuqaro M.Q. boshqa bir fuqaroning hujjatlarini transfer.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tkazib, Qozog‘iston Respublikasidagi institutga bormasdan turib bir yil o‘qiganligi haqida sertifikat va transkript hujjatlarini tanishlari orqali tayyorlab berishi evaziga 900 AQSh dollarini olgan vaqtida;

Samarqand viloyatida Samarqand davlat chet tillar instituti fakultet dekani o‘rinbosari S.I., fuqaro N. ning ushbu institutda ta’lim olayotgan qizini yakuniy nazorat imtihonidan o‘tkazib berish evaziga 550 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

➡️ Hozirda, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

☝️‼️Hurmatli ota-onalar va abituriyentlarni ogohlikka chaqiramiz! Ogoh bo‘ling, aldanib qolmang!

Shu kabi holatlarga qo‘l urishni niyat qilgan shaxslar ham yuqoridagilardan xulosa chiqarishlarini xohlardik. Zero, sizning noqonuniy harakatlaringiz sha’ningiz va ozodligingizga rahna solishiga sababchi bo‘lmasin.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Live stream started
Live stream finished (53 minutes)
Mahallabay” davlat dasturi doirasida OTM tashabbusi

🔰Toshkent moliya instituti
va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tashabbusi bilan Yashnobod tuman “Shirinobod” mahallasi Marv ko‘chasida joylashgan 5a-uyda istiqomat qilivchi 1-guruh nogironi V.Derkach hamda “Ma’rifat” mahallasi, Baku 1-berk ko‘chasi, 10-uyda yashovchi oilaviy sharoiti og‘ir, 2-guruh nogironi G.Tursunboyevaning xonadonlari to‘liq joriy ta'mirlanib, jihozlandi va hovlilar obodonlashtirildi.

🔸Bugun mazkur xonadonlarning kalitlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov, Toshkent moliya instituti rektori To’lqin Teshabayev va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ulug‘bek Azizov ishtirokida uy egalariga topshirildi.

🔸Ezgu ishlar zamirida yana bir hayrli ish, “Shirinobod” mahalla fuqarolar yig‘ini qoshida kutubxona tashkil etilib, 600 ga yaqin adabiyotlar bilan to’ldirildi.
_____
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook
⚡️⚡️RESPUBLIKA DAVLAT OLIY TAʼLIM MUASSASALARIARO OʻQISHINI KOʻCHIRISH (TIKLASH) BOʻYICHA ROʻYXATDAN OʻTGANLAR DIQQATIGA !!!

🔰 2021/2022-oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat OTMdan boshqa OTMga va bir OTM doirasida oʻqishini koʻchirish (tiklash) maqsadida transfer.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabalar (fuqarolar)ning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi. Ayrim arizalar maʼlum bir sabablarga koʻra rad etildi.

🔚 Rad etilgan arizalarning kamchiliklarini bartaraf etgan holda tahrirlashning
SOʻNGGI MUDDATI 2021-yil 13-avgust kuni soat 23:59.

❗️Ushbu muddatdan soʻng arizalarni tahrirlash imkoni boʻlmaydi.

‼️Ushbu muddat ichida kamchiliklari bartaraf etilmagan ARIZALAR KOʻRIB CHIQILMAYDI.

☝️Roʻyxatdan oʻtgan barcha talabalar (fuqarolar)dan oʻzlarining shaxsiy kabinetlariga kirib (roʻyxatdan oʻtishdagi login va parol orqali), arizalarining koʻrib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari soʻraladi.
———
👉 Eduuz dan yiroqlashmang!
Edu.uz pinned a photo
⚡️ Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha transfer.dtm.uz sayti orqali ariza topshirganlar diqqatiga!

🔖 Davlat test markazi tomonidan xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza topshirgan va arizasi qabul qilingan talabgorlarga test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (122.500 so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshirish uchun invoys shakllantirildi.

📆 Arizasi qabul qilingan talabgorlar transfer.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan invoysni yuklab olishlari va Click, Payme, UPAY, Paynet kabi elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali 14-avgustga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

‼️ Test sinovlari uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan talabgorlarning arizasi inobatga olinmaydi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.
____________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#OTM_raqamlarda

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali 2021/2022-o‘quv yilidan e'tiboran Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti nomi bilan faoliyatini boshlaydi.
________________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from MFaktor.uz
Oliy ta'limda fan va innovatsiyalarni rivojlantirish

🚀 MFaktorning navbatdagi ko'rsatuvida oliy ta'limda innovatsiyalarga bo'lgan e'tibor haqida suhbatlashamiz.

Mehmonimiz: Rahimjon Hakimov - Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining fan va innovatsiyalar bo'yicha o'rinbosari.

Ko'rsatuvimiz davomida:
— Vazirlik tomonidan innovatsiyalar qilishga qanday qulayliklar yaratilmoqda?
— Fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda qanday rejalar mavjud?
— Innovatsiya yaratuvchilar qanday qo'llab-quvvatlanadi?
Shu kabi savollarga javob topamiz.

Jonli efir vaqti:
📆 12-avgust (bugun) 🕐 21:00 da

📝 Mavzuga oid bo'lgan va o'zingizni qiziqtirgan savollarni yozib qoldiring!

YouTubeʼdagi kanalimiz orqali jonli efirda tomosha qiling:
➡️ https://youtube.com/c/MFaktoruz

@MFaktorUz
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.