#Xalqaro_hamkorlik
🇺🇿 Kaliforniya davlat universiteti: yangi formatdagi hamkorlik aloqalari
... xususan, oliy ta’lim muassasalariga akademik mustaqillik berish, moliyaviy, o‘z-o‘zini boshqaruv hamda ta’limning kredit-modul tizimlarini joriy qilish, onlayn va masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinib, Kaliforniya davlat universiteti tajribasi o‘rtoqlashildi.
👉 Batafsil
——
🇷🇺 Калифорнийский государственный университет: сотрудничество в новом формате
... в частности, внедрение кредитно-модульных механизмов, системы академической, финансовой и управленческой автономии в вузах, онлайн и дистанционного обучения.
👉 Подробно
____
🇬🇧 California State University: cooperation within a new format
... in particular, introduction of academic credit system, academic, financial and management autonomy in local universities, online and distance learning.
👉 Read more
———
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2021
⚡️APELLYATSIYA TARTIBI
Davlat test sinovlari natijalari boʻyicha apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi qanday?
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️APELLYATSIYA TARTIBI
Davlat test sinovlari natijalari boʻyicha apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi qanday?
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ayni kunlarda murojaatlar botimiz orqali magistratura va ikkinchi oliy ma’lumot (mutaxassislik) olish bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushmoqda.
Shu bois, kanalimizda mazkur jarayon bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ovozli chatlar tashkil qilib, unga vazirlikning mas’ul rahbarlari va OTMning rektorlarini taklif qilamiz.
Ular mavzu yuzasidan fuqarolarimizning qiziqtirgan savollariga bevosita ovozli chat orqali javob berishadi.
▶️ 11-avgust kuni soat 19:00 dan boshlab kanalimiz orqali Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov bilan ovozli chat tashkil qilinmoqda.
🔰Suhbat davomida quyidagi mavzular haqida suhbatlashiladi:
— magistraturaga qabul;
— ikkinchi oliy ma'lumot (mutaxassislik) olish bo‘yicha qabul;
— magistratura va ikkinchi oliy ma'lumot (mutaxassislik) olish uchun imtihon o'tkazish tartiblari.
❗️ Ovozli chat davomida bevosita savol bermoqchi bo‘lsangiz, unda ushbu postga izoh qoldirishingiz mumkin.

#Qonunchilik_yangiliklari
Professional va oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun imtiyozlar beriladi
✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
✔️yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar kollej, akademik litsey, texnikum va oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan davrida mahalliy hokimliklar tomonidan ajratilgan uy-joylarda kommunal xizmatlarning me’yoriy ko‘rsatkichlari bo‘yicha foydalanilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarning ellik foizi tegishli tuman va shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan kompensatsiya qilinishi belgilandi.
2021-yil 1-sentabrdan boshlab:
➖ yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular texnikum, kollej, akademik litsey yoki oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan davrida har o‘quv yilida bir marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi;
➖ o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining nodavlat ta’lim tashkilotlarining xorijiy tillar, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun imtihon topshiriladigan 2 ta fan, oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik, kompyuter savodxonligi va o‘zlarining qiziqishlaridan kelib chiqqan holda boshqa mos yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarida o‘qish xarajatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda kompensatsiya qilinadi;
➖ yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishni davlat oliy ta’lim muassasalarida davom ettirganda ularga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiya to‘lovlari 50 foizga oshirilgan holda to‘lanadi;
➖ yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ro‘yxati asosida ularning yirik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida har yili amaliyot o‘tashi tashkil etiladi;
➖ texnikum, kollej yoki oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirmagan hamda kasb egallash istagidagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning o‘z tizimidagi “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari va maskanlarida kasb-hunarga o‘qitilishi yo‘lga qo‘yiladi.
⏩ Oliy ta’lim muassasalariga abiturientlarni qabul qilishning umumiy sonidan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab SOS – bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (yigirma besh yoshga to‘lmagan) uchun ham tatbiq qilinishi belgilandi.
⏭ Shuningdek, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi bolalar akademik litsey va oliy ta’lim muassasalariga kirganda, ularning mazkur pensiyani olish huquqini akademik litsey va oliy ta’lim muassasalarida o‘qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lgunga qadar saqlab qolishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
———
👀 Eduuz дан йироқлашманг!

Uza.uz
Етим болалар ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган болаларни давлат томонидан қўллаб-қувватлашнинг янги тизимини жорий этиш чора…
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қ а р о р и
#Jarayon
🔰Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Raximjon Xakimov boshchiligidagi mas’ullar O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronikasi ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lishdi.
➡️ Institut direktori Sharifa Utamuradova institut laboratoriyalarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ilmiy tadqiqot natijalari bilan tanishtirdi.
👉 Batafsil
———
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔰Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Raximjon Xakimov boshchiligidagi mas’ullar O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronikasi ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lishdi.
➡️ Institut direktori Sharifa Utamuradova institut laboratoriyalarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ilmiy tadqiqot natijalari bilan tanishtirdi.
👉 Batafsil
———
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
‼️ Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!
⚠️ Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX organlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolarni o‘qishga kiritish, o‘qishini ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar va talabani yakuniy nazorat imtihonidan o‘tkazib qo‘ymoqchi bo‘lgan dekan o‘rinbosari ushlanganligi to‘g‘risida Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qildi.
🔰 Ma’lumotga ko'ra, Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.A. va boshqalar fuqaro A. ni Qirg‘iziston Respublikasining tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini Andijon davlat tibbiyot institutiga ko‘chirish masalasini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga oldindan kelishilgan 7 300 AQSh dollari hisobidan 35,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek:
➖ Toshkent viloyatida fuqaro Sh.I. boshqa bir fuqaroni Chirchiq pedagogika institutiga kontrakt asosida ushbu institutda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, oldindan kelishilgan 3 000 AQSh dollari hisobidan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida;
➖ muqaddam 4 marotaba firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro N.T. fuqaro T. ning o‘g‘lini IIV Akademiyasiga tanishlari orali o‘qishga kiritib qo‘yishga ishontirib, evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida;
➖ Buxoro viloyatida fuqaro M.Q. boshqa bir fuqaroning hujjatlarini transfer.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tkazib, Qozog‘iston Respublikasidagi institutga bormasdan turib bir yil o‘qiganligi haqida sertifikat va transkript hujjatlarini tanishlari orqali tayyorlab berishi evaziga 900 AQSh dollarini olgan vaqtida;
➖ Samarqand viloyatida Samarqand davlat chet tillar instituti fakultet dekani o‘rinbosari S.I., fuqaro N. ning ushbu institutda ta’lim olayotgan qizini yakuniy nazorat imtihonidan o‘tkazib berish evaziga 550 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
➡️ Hozirda, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
☝️‼️Hurmatli ota-onalar va abituriyentlarni ogohlikka chaqiramiz! Ogoh bo‘ling, aldanib qolmang!
❌ Shu kabi holatlarga qo‘l urishni niyat qilgan shaxslar ham yuqoridagilardan xulosa chiqarishlarini xohlardik. Zero, sizning noqonuniy harakatlaringiz sha’ningiz va ozodligingizga rahna solishiga sababchi bo‘lmasin.

“Mahallabay” davlat dasturi doirasida OTM tashabbusi
🔰Toshkent moliya instituti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tashabbusi bilan Yashnobod tuman “Shirinobod” mahallasi Marv ko‘chasida joylashgan 5a-uyda istiqomat qilivchi 1-guruh nogironi V.Derkach hamda “Ma’rifat” mahallasi, Baku 1-berk ko‘chasi, 10-uyda yashovchi oilaviy sharoiti og‘ir, 2-guruh nogironi G.Tursunboyevaning xonadonlari to‘liq joriy ta'mirlanib, jihozlandi va hovlilar obodonlashtirildi.
🔸Bugun mazkur xonadonlarning kalitlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov, Toshkent moliya instituti rektori To’lqin Teshabayev va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ulug‘bek Azizov ishtirokida uy egalariga topshirildi.
🔸Ezgu ishlar zamirida yana bir hayrli ish, “Shirinobod” mahalla fuqarolar yig‘ini qoshida kutubxona tashkil etilib, 600 ga yaqin adabiyotlar bilan to’ldirildi.
_____
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook

⚡️⚡️RESPUBLIKA DAVLAT OLIY TAʼLIM MUASSASALARIARO OʻQISHINI KOʻCHIRISH (TIKLASH) BOʻYICHA ROʻYXATDAN OʻTGANLAR DIQQATIGA !!!
🔰 2021/2022-oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat OTMdan boshqa OTMga va bir OTM doirasida oʻqishini koʻchirish (tiklash) maqsadida transfer.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabalar (fuqarolar)ning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi. Ayrim arizalar maʼlum bir sabablarga koʻra rad etildi.
🔚 Rad etilgan arizalarning kamchiliklarini bartaraf etgan holda tahrirlashning SOʻNGGI MUDDATI 2021-yil 13-avgust kuni soat 23:59.
❗️Ushbu muddatdan soʻng arizalarni tahrirlash imkoni boʻlmaydi.
‼️Ushbu muddat ichida kamchiliklari bartaraf etilmagan ARIZALAR KOʻRIB CHIQILMAYDI.
☝️Roʻyxatdan oʻtgan barcha talabalar (fuqarolar)dan oʻzlarining shaxsiy kabinetlariga kirib (roʻyxatdan oʻtishdagi login va parol orqali), arizalarining koʻrib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari soʻraladi.
———
👉 Eduuz dan yiroqlashmang!