Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#Dayjest

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘tgan hafta faoliyati to‘g‘risidagi INFOGRAFIKA

————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#So‘ragan_edingiz

88-SAVOL:
Men nomdor stipendiya sohibiman. Magistratura imtihonlariga qatnashamanmi?

JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari, shuningdek “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari talabalari va bakalavr darajasiga ega yoshlar oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassisliklarga tanlovdan tashqari alohida davlat grantlari asosida qabul qilinadi va ular kirish imtihonlarida ishtirok etishmaydi.

89-SAVOL:
Assalomu alaykum, men IELTSdan 5.5 ball olganman. Men DTM o‘tkazadigan test sinovlariga qatnashamanmi?

JAVOB:
Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TD№3), CEFR bo‘yicha kamida B2) yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi B2 yoki C1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.

90-SAVOL:
Bu yil magistratura imtihonlari natijasiga ko‘ra maksimal ball nechchi bo‘ladi?

JAVOB:
Magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball — 250 ni tashkil etadi:

mutaxassislik bo‘yicha maxsus fanlardan — 100 ball;

chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili) fani bo‘yicha — 50 ball;

OTM bitiruvchisining umumiy reytingi yoki o‘zlashtirish ko‘rsatkichi — 100 ball.
〰️〰️〰️〰️
👉 Bugungacha berilgan savollarga javoblar bilan tanishing
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned a photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Innovatsiya

Andijon mashinasozlik instituti talabalarini yangi o‘quv yilida ajoyib yangilik kutmoqda!

👨🏻‍💻 Institut talabalari tana haroratini o‘lchovchi hamda qo‘llarni dezinfeksiya qila oladigan robot yaratdilar.

✔️Yaqin kelajakda ushbu robot takomillashtirilib, institut haqida ma’lumotlar ham berishi mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

📌 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Ravshan Anarbayevich Abduraxmanov O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ravshan Abduraxmanov 1978-yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 1999-yilda Jizzax politexnika instituti hamda 2001-yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini tamomlagan.

Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

👉 Shu kunga qadar O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿 Kaliforniya davlat universiteti: yangi formatdagi hamkorlik aloqalari

... xususan, oliy ta’lim muassasalariga akademik mustaqillik berish, moliyaviy, o‘z-o‘zini boshqaruv hamda ta’limning kredit-modul tizimlarini joriy qilish, onlayn va masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinib, Kaliforniya davlat universiteti tajribasi o‘rtoqlashildi.

👉 Batafsil
——
🇷🇺 Калифорнийский государственный университет: сотрудничество в новом формате

... в частности, внедрение кредитно-модульных механизмов, системы академической, финансовой и управленческой автономии в вузах, онлайн и дистанционного обучения.

👉 Подробно
____
🇬🇧 California State University: cooperation within a new format

... in particular, introduction of academic credit system, academic, financial and management autonomy in local universities, online and distance learning.

👉 Read more
———
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2021

⚡️APELLYATSIYA TARTIBI

Davlat test sinovlari natijalari boʻyicha apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi qanday?

________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ayni kunlarda murojaatlar botimiz orqali magistratura va ikkinchi oliy ma’lumot (mutaxassislik) olish bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Shu bois, kanalimizda mazkur jarayon bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ovozli chatlar tashkil qilib, unga vazirlikning mas’ul rahbarlari va OTMning rektorlarini taklif qilamiz.

Ular mavzu yuzasidan fuqarolarimizning qiziqtirgan savollariga bevosita ovozli chat orqali javob berishadi.

▶️ 11-avgust kuni soat 19:00 dan boshlab kanalimiz orqali Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov bilan ovozli chat tashkil qilinmoqda.

🔰Suhbat davomida quyidagi mavzular haqida suhbatlashiladi:

— magistraturaga qabul;

— ikkinchi oliy ma'lumot (mutaxassislik) olish bo‘yicha qabul;

— magistratura va ikkinchi oliy ma'lumot (mutaxassislik) olish uchun imtihon o'tkazish tartiblari.

❗️ Ovozli chat davomida bevosita savol bermoqchi bo‘lsangiz, unda ushbu postga izoh qoldirishingiz mumkin.
———
Edu.uz pinned a photo
#Qonunchilik_yangiliklari

Professional va oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun imtiyozlar beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

✔️yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar kollej, akademik litsey, texnikum va oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan davrida mahalliy hokimliklar tomonidan ajratilgan uy-joylarda kommunal xizmatlarning me’yoriy ko‘rsatkichlari bo‘yicha foydalanilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarning ellik foizi tegishli tuman va shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan kompensatsiya qilinishi belgilandi.

2021-yil 1-sentabrdan boshlab:

yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular texnikum, kollej, akademik litsey yoki oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan davrida har o‘quv yilida bir marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi;

o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining nodavlat ta’lim tashkilotlarining xorijiy tillar, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun imtihon topshiriladigan 2 ta fan, oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik, kompyuter savodxonligi va o‘zlarining qiziqishlaridan kelib chiqqan holda boshqa mos yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarida o‘qish xarajatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda kompensatsiya qilinadi;

yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishni davlat oliy ta’lim muassasalarida davom ettirganda ularga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiya to‘lovlari 50 foizga oshirilgan holda to‘lanadi;

yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ro‘yxati asosida ularning yirik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida har yili amaliyot o‘tashi tashkil etiladi;

texnikum, kollej yoki oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirmagan hamda kasb egallash istagidagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning o‘z tizimidagi “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari va maskanlarida kasb-hunarga o‘qitilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Oliy ta’lim muassasalariga abiturientlarni qabul qilishning umumiy sonidan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab SOS – bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (yigirma besh yoshga to‘lmagan) uchun ham tatbiq qilinishi belgilandi.

Shuningdek, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi bolalar akademik litsey va oliy ta’lim muassasalariga kirganda, ularning mazkur pensiyani olish huquqini akademik litsey va oliy ta’lim muassasalarida o‘qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lgunga qadar saqlab qolishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

———
👀 Eduuz дан йироқлашманг!
#Jarayon

🔰Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Raximjon Xakimov boshchiligidagi mas’ullar O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronikasi ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lishdi.

➡️ Institut direktori Sharifa Utamuradova institut laboratoriyalarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ilmiy tadqiqot natijalari bilan tanishtirdi.

👉 Batafsil

———
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Live stream scheduled for
​​‼️ Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

⚠️ Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX organlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolarni o‘qishga kiritish, o‘qishini ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar va talabani yakuniy nazorat imtihonidan o‘tkazib qo‘ymoqchi bo‘lgan dekan o‘rinbosari ushlanganligi to‘g‘risida Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qildi.

🔰 Ma’lumotga ko'ra, Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.A. va boshqalar fuqaro A. ni Qirg‘iziston Respublikasining tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini Andijon davlat tibbiyot institutiga ko‘chirish masalasini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga oldindan kelishilgan 7 300 AQSh dollari hisobidan 35,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek:

Toshkent viloyatida fuqaro Sh.I. boshqa bir fuqaroni Chirchiq pedagogika institutiga kontrakt asosida ushbu institutda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, oldindan kelishilgan 3 000 AQSh dollari hisobidan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida;

muqaddam 4 marotaba firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro N.T. fuqaro T. ning o‘g‘lini IIV Akademiyasiga tanishlari orali o‘qishga kiritib qo‘yishga ishontirib, evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida;

Buxoro viloyatida fuqaro M.Q. boshqa bir fuqaroning hujjatlarini transfer.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tkazib, Qozog‘iston Respublikasidagi institutga bormasdan turib bir yil o‘qiganligi haqida sertifikat va transkript hujjatlarini tanishlari orqali tayyorlab berishi evaziga 900 AQSh dollarini olgan vaqtida;

Samarqand viloyatida Samarqand davlat chet tillar instituti fakultet dekani o‘rinbosari S.I., fuqaro N. ning ushbu institutda ta’lim olayotgan qizini yakuniy nazorat imtihonidan o‘tkazib berish evaziga 550 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

➡️ Hozirda, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

☝️‼️Hurmatli ota-onalar va abituriyentlarni ogohlikka chaqiramiz! Ogoh bo‘ling, aldanib qolmang!

Shu kabi holatlarga qo‘l urishni niyat qilgan shaxslar ham yuqoridagilardan xulosa chiqarishlarini xohlardik. Zero, sizning noqonuniy harakatlaringiz sha’ningiz va ozodligingizga rahna solishiga sababchi bo‘lmasin.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Live stream started