Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
🇺🇿 Vazir o‘rinbosari Farg‘ona viloyatidagi OTMning yangi o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdi

👉 Batafsil
〰️〰️〰️
🇷🇺 Заместитель министра ознакомился с подготовкой вуза Ферганской области к новому учебному году и осенне-зимнему сезону

👉 Подробно
〰️〰️〰️〰️
🇬🇧 The deputy minister visited Fergana region institutes to learn about preparations for the new academic year and the autumn-winter season

👉 Read more
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xizmat_safari

🇺🇿 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Yusuf Absoatov Jizzax politexnika institutida bo‘lib, institutning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.

👉Batafsil
〰️〰️〰️

🇷🇺 Заместитель министра высшего и среднего специального образования Юсуф Абсоатов посетил Джизакский политехнический институт и ознакомился с процессом подготовки к новому учебному году.

👉 Подробно
〰️〰️〰️

🇬🇧 The deputy minister of higher and secondary specialized education Yusuf Absoatov visited the Jizzakh Polytechnic Institute and got acquainted with the preparation process for the new academic year.

👉 Read more
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Saylov_2021

O‘zLiDeP prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda joriy yilning 24-oktabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyaning ishtiroki, Prezidentlik saylovida partiyadan koʻrsatiladigan boʻlajak nomzod hamda navbatdagi qurultoy kun tartibidan oʻrin olgan masalalar atroflicha muhokama etildi.

Muhokama so‘nggida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi aʼzolari xalqimizni yangi marralarga yetaklashga qodir boʻlgan, oʻzining butun hayoti va mehnat faoliyatini Oʻzbekistonimizning yanada taraqqiy topishiga bagʻishlagan, yurtdoshlarimiz orasida juda katta hurmat, obroʻ-eʼtibor qozongan inson – Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlajak nomzod sifatida koʻrsatishni bir ovozdan qoʻllab-quvvatladilar.
_______
👉 @eduuz
#Soʻragan_edingiz

📢 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri hamda vazir oʻrinbosarlarining murojaatlar platformasi orqali kelib tushgan savolga javob

85-SAVOL:
Magistratura ta’lim bosqichidagi kirish imtihonlarida, ya’ni mutaxassislik yo‘nalishi imtihoniga homiladorlik sababli (tug‘ruq bo‘lganligi) belgilangan kuni qatnasha olmagan taqdirda imtihon uchun qo‘shimcha kun ajratilishi mumkinmi?

JAVOB:
Normativ-huquqiy hujjatlarda mazkur holat bo‘yicha ma’lum bir tartib belgilanmagan. Ammo bu holatda talabgor tegishli OTMga uzrli sababini ma’lum qilgan holda imtihonni (faqat) oldinroq kunga o‘tkazishni so‘rab, rasmiy tarzda murojaat qilish tavsiya etiladi (tug‘ruq jarayonidan avval).

86-SAVOL:
Test imtihonlari javoblari e’lon qilinganidan so‘ng, yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan kontraktni to‘lash uchun qayerga murojaat qilishlari kerak?

JAVOB:
Test sinovlaridan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni amalga oshrish uchun qaysi oliy ta’lim muassasiga hujjat topshirgan bo‘lsalar, o‘z tanlovlariga ko‘ra tanlagan oliy o‘quv yurtlariga bevosita murojaat qilishlari mumkin.

87-SAVOL:
Oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kira olmasam test sinovlarida toʻplagan ball bilan texnikumga kirish imkoniyati mavjudmi?

JAVOB:
Texnikumlarga joriy yilda oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etib, tegishli ball toʻplagan abituriyentlarga texnikumlardagi kasblar va mutaxassisliklarning test fanlari majmuasi hamda ketma-ketligi mos kelganda toʻplagan bali bilan tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi. Mazkur toifadagi abituriyentlar texnikumlarga oʻqishga kirish uchun oʻtkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishi mumkin.
Bunda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun oʻtkazilgan test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar texnikumlardagi test sinovida ishtirok etishi yoki etmasligini texnikumga hujjat topshirishda maʼlum qiladi.
〰️〰️〰️〰️
🔄 Quyida bugungacha berilgan savollarga javoblar bilan tanishing👇
1-4 | 5-7 | 8-11 | 12-15 | 15-20 | 21-23 | 24-27 | 28-31 | 32-35 | 36-39 | 40-43 | 44-47 | 48-52 | 53-57 | 58 | 59-60 | 61-63 | 64-66 | 67-69 | 70-72 | 73-74| 75-76 | 77-78 | 79-81 | 82| 83-84 |

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tokio_2020 | #Bahodir_Chempion

+91 kg vaznda oʻzbekistonlik Bahodir JALOLOV finalda Richard Torres (AQSH)ga qarshi ringga koʻtarilib, ishonchli gʻalabaga erishdi.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti magistranti, o‘zbek BAHODIRI bu orqali yurtimizga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.

———
👀 Eduuz dan yiroqlashmang!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tokio_2020 | #Bahodir_Chempion

Olimpia o‘yinlari g‘olibi, Olimpiada chempioni, o‘zbek BAHODIRI — Bahodir Jalolov sharafiga O‘zbekiston madhiyasi yangradi va yurtimiz bayrog‘i eng yuqoriga ko‘tarildi

Jangdan soʻng Bahodir ushbu gʻalabani Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlaganini taʼkidladi.

Gʻalaba muborak boʻlsin!

———
👀 Eduuz dan yiroqlashmang!
Namangan davlat universitetida “SALOMATLIK MARKAZI” tashkil etildi

🔰Markaz koronavirus infeksiyasidan saqlanish boʻyicha tavsiyalar berish, professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida mazkur infeksiyaga qarshi vaksina bilan emlanish holatlarini monitoring qilib boradi.

👩‍⚕Markazga malakali va tajribali professor-oʻqituvchilar hamda tibbiyot xodimlari koʻngilli tarzda jalb etildi. Markaz tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar universitet oʻquv binolari, talabalar turar joylari hamda shaharning aholi gavjum joylariga oʻrnatilmoqda.

🔹Shu bilan birga ushbu tavsiyalar viloyatdagi 775 ta mahalla fuqarolar yigʻinlariga ham yetkazib berilishi va targʻibot ishlari olib borilishi rejalashtirildi.

🤳Telegramda @NamSU_HealthCenter guruhi ham oʻz faoliyatini boshladi.

Ushbu guruhda jahonda va mamlakatimizda koronavirus bilan bogʻliq soʻnggi vaziyat, universitet professor-oʻqituvchilari va talabalarining vaksina bilan emlanish holati statistikasi koʻrsatkichlari eʼlon qilib borilmoqda.

Eduuz dan yiroqlashmang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Andijon davlat universitetida xorijiy tillar oromgohi faoliyat boshladi

🔰 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117-sonli qarori bilan belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Andijon davlat universitetining chet tillar fakultetida “Summer English Learning Camp (Ingliz tilini oʻrganish yozgi oromgohi)” tashkil qilindi.

Ushbu oromgohga chet tillar fakulteti professor-oʻqituvchilarining farzandlari hamda fakultet atrof-hududidagi mahallalarda til oʻrganishga ishtiyoqi boʻlgan, lekin imkoniyati boʻlmagan
12 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan tinglovchilar jalb qilingan.

📣 Oromgoh faoliyatini kelgusida maktablardagi chorak taʼtillari davrida ham davom ettirish rejalashtirilmoqda.

📹 Batafsil videolavhada 👆

———
👀 Eduuz dan yiroqlashmang!
#XUSHXABAR

🇺🇿 O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGIGA MATEMATIK TALABALARIMIZDAN MUNOSIB SOVG‘A!!!

🔰 2021-yilning 2-8 avgust kunlari universitet talabalari o‘rtasidagi 28-Xalqaro Matematika Musobaqasi (IMC - International Mathematics Competition) onlayn bo‘lib o‘tdi. Ushbu olimpiadada 55 dan ortiq davlatlardan 592 nafar talabalar ishtirok etdi.

🏛 Jumladan, Massachusetts Institute of Technology, Stanford University, Carnegie Mellon University (AQSH), Saint-Petersburg State University, Moscow Institute of Physics and Technology (Rossiya), Rheinische Friedrich-Wilhelms-Universität Bonn, Georg-August-Universität Göttingen (Gemaniya), University of Cambridge, University College London, Imperial College London, University of Manchester, (Buyuk Britaniya) va boshqa nufuzli universitetlardan talabalar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi nomidan saralangan 17 nafar talaba ham ushbu olimpiadada munosib ishtirok etib, 💯% lik natija ko‘rsatdi.

🏆 Talabalarimiz Xalqaro Matematika olimpiadasida 5 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza medal va 2 ta faxriy yorliq qo'lga kiritishdi!

🔰G‘olib talabalarimiz bilan tanishing.

🥇Oltin medal:

1⃣ O‘zbekiston milliy universiteti talabasi — Abdushukur AHADOV;

2⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Jasurbek IMOMOV;

3⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Maftuna SAMATBOYEVA;

4⃣ Urganch davlat universiteti talabasi — Islombek ISMOILOV;

5⃣ Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi — Kamal SADIKOV.

🥈Kumush medal:

1⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Shahzod QUROQBOYEV;

2⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Doniyor YAZDONOV;

3⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Jahongir TURAYEV;

4⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Jahongir NORBOYEV;

5⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Davrbek OLTIBOYEV;

6⃣ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi — Abdumalik ABDUQAYUMOV.

🥉Bronza medal:

1⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Laziz ABDULLAYEV;

2⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Nilufar RAJABOVA;

3⃣ Guliston davlat universiteti talabasi — Olimjon JALILOV;

4⃣ O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi — Jahongir TURSUNBOYEV.

✔️ Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari Javohir ISKANDAROV va Nodirbek G‘AFFOROVlar faxriy yorliqqa sazovor bo‘lishdi.

✔️ Bundan tashqari, Qarshi davlat universiteti talabalari ham yakka tartibda mustaqil ishtirok etib, Asror JABBOROV bonza medal, Jahongir XOLMONOV va Sardor SAIDOVlar maxsus sertifikatga ega bo‘lishdi.

🎉 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalarni mazkur yutuq bilan qutlab, ularni xalqaro olimpiadaga tayyorlagan ustozlar Behzod Qurbonboyev (Matematika instituti) va Farhod Haydarovlarga (O‘zMU) o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
——————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube