Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#Oʻqishni_koʻchirish_2021

⚡️RASMAN! Madaniyat hamda Qurilish vazirliklari tasarrufidagi OTMga oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti va filiallari uchun — 70.56 ball;

Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutlari uchun — 66.1 ball.

✔️ Kuni kecha,

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti uchun — 100 ball;

Toshkent davlat agrar universiteti hamda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 66,1 ball;

Toshkent davlat agrar universitetining filiallari hamda Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 56,7 ball etib belgilangan edi.

👉 Shuningdek, oʻqishini koʻchirishda hozirga qadar eʼlon qilingan oʻtish ballari
———
Eduuz dan yiroqlashmang!
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Марказий Осиё давлатлари раҳбарларининг учинчи маслаҳат учрашувидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на третьей Консультативной встрече глав государств Центральной Азии

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Jarayon

O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazida qo‘shimcha yangi laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

🔰 Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi
faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov boshchiligidagi rahbar xodimlar markazda bo‘lib, qo‘shimcha barpo etilayotgan yangi laboratoriya imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdilar.

👉 Batafsil
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021

⚡️Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qayta test sinovi tashkil etish tartibi tasdiqlandi

🔰Unga ko‘ra tana harorati 37 C dan yuqori bo‘lgan va test sinovlariga kiritilmagan abituriyentlarga test sinovlari o‘tkazilayotgan hududda Davlat test markazi hamda SEO va JS vakili tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

🔸Davlat test markaziga koronavirus kasalligi tasdiqlanib, davolanayotgan abituriyentlar yoki ularning vakillari tomonidan respublika bo‘yicha test sinovlari to‘liq yakunlangun (16-avgust) ga qadar onlayn ariza va tegishli hujjatlar bilan murojaat qilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng 3 kun ichida SEO va JSga tekshirish uchun taqdim etiladi.

🔸Bunda abituriyentlar yoki ularning vakillari arizani (tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda) [email protected] elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin.

🔸SEO va JS tomonidan arizalar o‘rganilib, haqiqatdan kasalligi tasdiqlangan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat test markaziga 3 kun muddatda qayta taqdim etiladi.

🔸Test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng 14 kun ichida mazkur toifadagi abituriyentlar uchun qayta test sinovlari tashkil etiladi.

🔸Bunda o‘rnatilgan tartibda ariza bilan murojaat qilgan va to‘liq sog‘aygan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar SEO va JS tomonidan test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kundan 4 kun avval Davlat test markaziga taqdim etiladi.

Qayta tashkil etilgan test sinovlarida tana harorati 37 C dan yuqori bo‘lgan va test sinovlariga qadar to‘liq sog‘aymagan abituriyentlar uchun boshqa test sinovlari tashkil etilmaydi.

————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿 Vazir o‘rinbosari Farg‘ona viloyatidagi OTMning yangi o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdi

👉 Batafsil
〰️〰️〰️
🇷🇺 Заместитель министра ознакомился с подготовкой вуза Ферганской области к новому учебному году и осенне-зимнему сезону

👉 Подробно
〰️〰️〰️〰️
🇬🇧 The deputy minister visited Fergana region institutes to learn about preparations for the new academic year and the autumn-winter season

👉 Read more
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xizmat_safari

🇺🇿 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Yusuf Absoatov Jizzax politexnika institutida bo‘lib, institutning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.

👉Batafsil
〰️〰️〰️

🇷🇺 Заместитель министра высшего и среднего специального образования Юсуф Абсоатов посетил Джизакский политехнический институт и ознакомился с процессом подготовки к новому учебному году.

👉 Подробно
〰️〰️〰️

🇬🇧 The deputy minister of higher and secondary specialized education Yusuf Absoatov visited the Jizzakh Polytechnic Institute and got acquainted with the preparation process for the new academic year.

👉 Read more
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Saylov_2021

O‘zLiDeP prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda joriy yilning 24-oktabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyaning ishtiroki, Prezidentlik saylovida partiyadan koʻrsatiladigan boʻlajak nomzod hamda navbatdagi qurultoy kun tartibidan oʻrin olgan masalalar atroflicha muhokama etildi.

Muhokama so‘nggida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi aʼzolari xalqimizni yangi marralarga yetaklashga qodir boʻlgan, oʻzining butun hayoti va mehnat faoliyatini Oʻzbekistonimizning yanada taraqqiy topishiga bagʻishlagan, yurtdoshlarimiz orasida juda katta hurmat, obroʻ-eʼtibor qozongan inson – Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlajak nomzod sifatida koʻrsatishni bir ovozdan qoʻllab-quvvatladilar.
_______
👉 @eduuz
#Soʻragan_edingiz

📢 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri hamda vazir oʻrinbosarlarining murojaatlar platformasi orqali kelib tushgan savolga javob

85-SAVOL:
Magistratura ta’lim bosqichidagi kirish imtihonlarida, ya’ni mutaxassislik yo‘nalishi imtihoniga homiladorlik sababli (tug‘ruq bo‘lganligi) belgilangan kuni qatnasha olmagan taqdirda imtihon uchun qo‘shimcha kun ajratilishi mumkinmi?

JAVOB:
Normativ-huquqiy hujjatlarda mazkur holat bo‘yicha ma’lum bir tartib belgilanmagan. Ammo bu holatda talabgor tegishli OTMga uzrli sababini ma’lum qilgan holda imtihonni (faqat) oldinroq kunga o‘tkazishni so‘rab, rasmiy tarzda murojaat qilish tavsiya etiladi (tug‘ruq jarayonidan avval).

86-SAVOL:
Test imtihonlari javoblari e’lon qilinganidan so‘ng, yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan kontraktni to‘lash uchun qayerga murojaat qilishlari kerak?

JAVOB:
Test sinovlaridan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni amalga oshrish uchun qaysi oliy ta’lim muassasiga hujjat topshirgan bo‘lsalar, o‘z tanlovlariga ko‘ra tanlagan oliy o‘quv yurtlariga bevosita murojaat qilishlari mumkin.

87-SAVOL:
Oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kira olmasam test sinovlarida toʻplagan ball bilan texnikumga kirish imkoniyati mavjudmi?

JAVOB:
Texnikumlarga joriy yilda oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etib, tegishli ball toʻplagan abituriyentlarga texnikumlardagi kasblar va mutaxassisliklarning test fanlari majmuasi hamda ketma-ketligi mos kelganda toʻplagan bali bilan tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi. Mazkur toifadagi abituriyentlar texnikumlarga oʻqishga kirish uchun oʻtkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishi mumkin.
Bunda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun oʻtkazilgan test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar texnikumlardagi test sinovida ishtirok etishi yoki etmasligini texnikumga hujjat topshirishda maʼlum qiladi.
〰️〰️〰️〰️
🔄 Quyida bugungacha berilgan savollarga javoblar bilan tanishing👇
1-4 | 5-7 | 8-11 | 12-15 | 15-20 | 21-23 | 24-27 | 28-31 | 32-35 | 36-39 | 40-43 | 44-47 | 48-52 | 53-57 | 58 | 59-60 | 61-63 | 64-66 | 67-69 | 70-72 | 73-74| 75-76 | 77-78 | 79-81 | 82| 83-84 |

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tokio_2020 | #Bahodir_Chempion

+91 kg vaznda oʻzbekistonlik Bahodir JALOLOV finalda Richard Torres (AQSH)ga qarshi ringga koʻtarilib, ishonchli gʻalabaga erishdi.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti magistranti, o‘zbek BAHODIRI bu orqali yurtimizga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.

———
👀 Eduuz dan yiroqlashmang!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tokio_2020 | #Bahodir_Chempion

Olimpia o‘yinlari g‘olibi, Olimpiada chempioni, o‘zbek BAHODIRI — Bahodir Jalolov sharafiga O‘zbekiston madhiyasi yangradi va yurtimiz bayrog‘i eng yuqoriga ko‘tarildi

Jangdan soʻng Bahodir ushbu gʻalabani Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlaganini taʼkidladi.

Gʻalaba muborak boʻlsin!

———
👀 Eduuz dan yiroqlashmang!