Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi
1.53K subscribers
18.2K photos
1.86K videos
1 file
6.08K links
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi rasmiy telegram kanali

Murojaat uchun👇👇
+998976148850
Sherali Iskandarov
加入频道
🚯 QACHON CHIQINDI TASHLASH MADANIYATINI O‘RGANAMIZ?

Toyloq tumanidagi aholi yashash manzillari yaqiniga Bulung‘ur tumanida yashovchi fuqaro M.B o‘z boshqaruvida bo‘lgan yuk tashish texnika vositasida kundalik turmush jarayonida hosil bo‘lgan qattiq va maishiy chiqindilarni keltirib tashlash holati kuzatildi.

Mazkur holat Toyloq tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan hududda olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.Bga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismiga muvofiq 1 million 650 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga
qo‘shiling👇👇

🕊
Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
Biz korrupsiyaga qarshimiz!

Insonni qiyin ahvolga tushiradigan, ruhan ezadigan holatlar ichida eng og‘iri adolatsizlik hisoblanadi, deyish mumkin. Uning bir ildizi korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lib, bu shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqedan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishida ifodalanadi.

Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi S.Ya.Gaffarov Payyariq tumani davlat inspektorlari o‘rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

Jamiyatga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat qaror toptirish o‘ta dolzarb masala bo‘lib, garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan.

Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga
qo‘shiling👇👇

🕊
Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
🚯OQDARYODA YANA BIR NOQONUNIY CHIQINDIXONA BARTARAF ETILDI

Oqdaryo tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan "Sug'onchi" mahallasi hududida mahalliy aholi tomonidan turli chiqindilarni tashlab ketilishi oqibatida hosil bo‘lgan noqonuniy chiqindixona yo‘q qilindi.

O‘zimiz yashayotgan hududni toza saqlashga beparvolik, mas’uliyatsizlik bilan qarashimiz tufayli yo‘l chetlarida, ko‘cha-ko‘ylarda suv havzalarida paydo bo‘layotgan noqonuniy chiqindixonalar inson salomatligi uchun qanchalik xavfli ekanini bilasizmi?

Inson o‘zi istiqomat qiladigan mahalla, atrof-muhit, uy-joylarni ozoda, saranjom-sarishta saqlashi zarur emasmi?

🔶 Hurmatli yurtdoshlar UNUTMANG! Atrof-muhit muhofazasiga, uning orastaligiga barchamiz birdek mas’ulmiz.

Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga
qo‘shiling👇👇

🕊
Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
Samarqandda "Obodonlashtirish oyligi" uyushqoqlik bilan o'tkazilmoqda

👉Batafsil

Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga
qo‘shiling👇👇

🕊
Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
#jarayon
#Obodonlashtirish_oyligi

Tozalik va ozodalik bor joyda xayr-baraka, ishda unum bo‘ladi. Hukumat farmoyishi bilan 2023-yil avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi deb belgilandi. Shu munosabat bilan viloyatimizdagi har bir tuman qishloqlarida, mahalla ko‘chalarida, korxona, tashkilot hududlarida xalq hashari o‘zaro ahillik va jipslik bilan ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda.

Erta tongdan Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi nazorat inspeksiyasi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi va “Toza hudud” DUK xodimlari tumanlar hududidan o‘tuvchi yo‘li yoqalari va mahallalarda hashar ishlari olib borildi.

Mazkur hashar davomida atrofda to‘planib qolgan chiqindilar bartaraf etilib, hududidagi daraxtlarga suv quyildi, atrofda obodonlashtirish ishlari bajarildi.

Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga
qo‘shiling👇👇

🕊
Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram