Milliy sertifikat
2.15K subscribers
129 photos
16 videos
12 files
156 links
Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar
加入频道
42 —43.pdf
564.6 KB
2025-yil 14-yanvar kuni kimyo fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatda foydalanilgan taqdimotning pdf shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2025-yil 19-yanvar kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 6,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 5 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 20-yanvardan 31-yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2025-yil 12-yanvar kuni turk tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 2025-yil 13-yanvardan 22-yanvarga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

Izoh: Test sinovi natijalari 29-yanvarda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 21–22-dekabr kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 26-dekabrdan 2025-yil 17-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 27–29-yanvar kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

🏢 BILIM VA MALAKALARNI BAHOLASH AGENTLIGI HUZURIDAGI ILMIY - O‘QUV AMALIY MARKAZI TOMONIDAN “OXFORD TEST OF ENGLISH” HAMDA “OXFORD TEST OF ENGLISH ADVANCED” XALQARO IMTIHONLARI TASHKIL ETILMOQDA


👤 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Oxford Test of English” hamda “Oxford Test of English Advanced” imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

🔎 Ma’lumot uchun: Oksford ingliz tili imtihonlari dunyoning bir qator nufuzli ta’lim muassasalari tomonidan, xususan, Oksford universiteti tomonidan tan olingan adaptiv test hisoblanadi. Adaptiv test (moslashuvchan test) – bu nomzodning javoblariga qarab savollarning darajasini moslashtiruvchi baholash usuli. Bu imtihon nomzodlarga o‘z bilim darajasini aniqroq baholash imkonini beradi.

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish my.uzbmb.uz sayti “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 10-fevral soat 10:00 ga qadar davom etadi.

🖥 Imtihon 20-fevral kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy, Mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.

“Oxford Test of English” hamda “Oxford Test of English Advanced” imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga “Oxford University Press” tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.

❗️Ushbu sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar jahonning nufuzli OTMlarida tahsil olishlari mumkin!

💰 Imtihon topshirish narxi - 1 300 000 so‘m.

🔽 Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:
➡️ USTIGA BOSING

🔽 Test namunalari:
➡️ Oxford Test of English Advanced

☎️ Murojaat uchun:
- (95) 515-68-68

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy sertifikat
⭕️⭕️⭕️ 🏢 BILIM VA MALAKALARNI BAHOLASH AGENTLIGI HUZURIDAGI ILMIY - O‘QUV AMALIY MARKAZI TOMONIDAN “OXFORD TEST OF ENGLISH” HAMDA “OXFORD TEST OF ENGLISH ADVANCED” XALQARO IMTIHONLARI TASHKIL ETILMOQDA 👤 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi…
⚡️Mazkur e'lon bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot

📚 Oxford Test of English va Oxford Test of English Advanced:
Afzalliklari:
• test natijalari dunyodagi nufuzli universitetlar va ish beruvchilar tomonidan qabul qilinadi.
CEFR darajalarini qamrab oladi:
o Oxford Test of English: A2, B1, B2 darajalarini;
o Oxford Test of English Advanced: B2 va C1 darajalarini baholaydi.
• Moslashuvchan test: test har bir ishtirokchining bilim darajasiga moslashadi, bu esa yanada aniq natijalarni beradi.
• Tezkor va qulay: test sinovi 2 soat davom etadi va uni yil davomida Agentlikda istalgan vaqtda topshirish mumkin.
📝 Formati:
Listening (Tinglab tushunish)
Reading (O‘qib tushunish)
Writing (Yozish)
Speaking (So‘zlashish)
🏢 Qaysi tashkilot tomonidan tashkil etiladi?
Oxford Test of English va Advanced versiyasi Oxford University Press tomonidan ishlab chiqilgan va butun dunyo bo‘ylab tan olingan.
🌟 Nega bu testni tanlash kerak?
• CEFRga mos ravishda qamrab oluvchi darajalar.
• natijalar ishonchli va tezkor.
• moslashuvchan va arzon narxda.
📖 Tayyorlanish uchun qo'shimcha resurslar:
• namuna testlar: Demo testlar va tayyorlanish resurslari

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 12-yanvardan 22-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan turk tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 30-yanvardan 3-fevralga qadar my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2025-yil 19-yanvar kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 2025-yil 20-yanvardan 31-yanvarga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda 11 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: Test sinovi natijalari 7-fevralda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#natija_chet tili

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 19-yanvardan 31-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 812-fevral kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM