Milliy sertifikat
2.14K subscribers
129 photos
16 videos
12 files
156 links
Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar
加入频道
#Ovozli_chat
Kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat

📆
Ertaga (12-mart kuni) soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga javob beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni (ko‘zi ojizlar) uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

🔔 Ko‘zi ojiz talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari 2025-yil 14-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❗️Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kimyo va biologiya milliy sertifikat
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat

2025-yil 12-mart kuni kimyo va biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from NSFLA | Rasmiy kanal
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2025-yil 15-16-fevral kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 2025-yil 17-fevraldan 12-martga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda 63 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: Test sinovi natijalari 19-martda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diagnostik test xizmati elektron shaklda yo‘lga qo‘yildi

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari o‘tkaziladi.

🖥 Mazkur xizmat hozirga qadar qogʻoz shaklida ko‘rsatilgan boʻlib, endilikda ushbu xizmatdan elektron shaklda foydalanish mumkin.

Bunda barcha "Diagnostik test materiallarini elektron shaklda olish" xizmati orqali diagnostik test sinovi topshirib, uning natijasini "Diagnostik test sinovlari natijasini onlayn tekshirish" xizmati orqali tekshirishlari mumkin.

📚 Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimini sinovdan o‘tkazish va OTMlarga kirish test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi
#turk_tili
2025-yil 2-mart kuni turk tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 2025-yil 3-martdan 14-martga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda 4 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: Test sinovi natijalari 24-martda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 2025-yil 15–16-mart (shanba-yakshanba) kunlari kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 31 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 39 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 “Dolzarb bir oylik” – obodonlashtirish va yashil muhit sari muhim qadam!

😎 Bilimni baholash agentligi va uning hududiy bo‘limlari “Dolzarb bir oylik” obodonlashtirish safarbarligida faol ishtirok etmoqda. Ushbu tashabbus doirasida atrof-muhitni tozalash, hududlarni obodonlashtirish va yashillikni ko‘paytirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

✍️ Tashabbus doirasida quyidagi ishlar olib borilmoqda:

Daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, yashil maydonlarni kengaytirish;
Chiqindilarni saralash va tozalash tadbirlarini amalga oshirish;
Hududlarni tozalash, qurigan shox-shabbalarni yig‘ishtirish va chiqindilarni olib chiqish;
Ish joylarida ekologik madaniyatni shakllantirish va energiya tejash choralarini ko‘rish.

🌿 Obodonlashtirish faqatgina tashqi ko‘rinishni yaxshilash emas, balki jamiyatimiz kelajagiga qo‘shilgan muhim hissa hamdir!

Atrof-muhitni asrash va yashil makon yaratish orqali nafaqat shahar va qishloqlarimizni go‘zallashtiramiz, balki ekologik muhitni yaxshilashga ham katta hissa qo‘shamiz. Har bir ekilgan ko‘chat kelajak avlodlar uchun sof havo va sog‘lom muhit demakdir.

Tabiat bizdan e’tibor kutadi! Har birimiz o‘z atrofimizni obodonlashtirishga hissa qo‘shishimiz kerak. Keling, birgalikda toza, yashil va ozoda muhit yaratamiz!

📢 Siz ham ushbu tashabbusga qo‘shiling va tabiatni asrash yo‘lida o‘z hissangizni qo‘shing!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#natija_chet_tili

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 15-fevraldan 12-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube