Milliy sertifikat
2.14K subscribers
128 photos
16 videos
12 files
155 links
Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar
加入频道
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi
#turk_tili
2025-yil 2-mart kuni turk tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 2025-yil 3-martdan 14-martga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda 4 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: Test sinovi natijalari 24-martda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 2025-yil 15–16-mart (shanba-yakshanba) kunlari kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 31 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 39 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 “Dolzarb bir oylik” – obodonlashtirish va yashil muhit sari muhim qadam!

😎 Bilimni baholash agentligi va uning hududiy bo‘limlari “Dolzarb bir oylik” obodonlashtirish safarbarligida faol ishtirok etmoqda. Ushbu tashabbus doirasida atrof-muhitni tozalash, hududlarni obodonlashtirish va yashillikni ko‘paytirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

✍️ Tashabbus doirasida quyidagi ishlar olib borilmoqda:

Daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, yashil maydonlarni kengaytirish;
Chiqindilarni saralash va tozalash tadbirlarini amalga oshirish;
Hududlarni tozalash, qurigan shox-shabbalarni yig‘ishtirish va chiqindilarni olib chiqish;
Ish joylarida ekologik madaniyatni shakllantirish va energiya tejash choralarini ko‘rish.

🌿 Obodonlashtirish faqatgina tashqi ko‘rinishni yaxshilash emas, balki jamiyatimiz kelajagiga qo‘shilgan muhim hissa hamdir!

Atrof-muhitni asrash va yashil makon yaratish orqali nafaqat shahar va qishloqlarimizni go‘zallashtiramiz, balki ekologik muhitni yaxshilashga ham katta hissa qo‘shamiz. Har bir ekilgan ko‘chat kelajak avlodlar uchun sof havo va sog‘lom muhit demakdir.

Tabiat bizdan e’tibor kutadi! Har birimiz o‘z atrofimizni obodonlashtirishga hissa qo‘shishimiz kerak. Keling, birgalikda toza, yashil va ozoda muhit yaratamiz!

📢 Siz ham ushbu tashabbusga qo‘shiling va tabiatni asrash yo‘lida o‘z hissangizni qo‘shing!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM